Maxsus ovqatlanish
O‘zingizning didingiz yoki individual ovqatlanish ehtiyojlaringizga mos maxsus taomni tanlang va parvozingizni yanada qulayroq qiling.
Tanlash

Osiyocha vegetarian taom (AVML)
Makaron, brokkoli va pishirilgan pomidor garnirli do‘lma, pishloqli gazak, sabzavotli salat, ziravorli bulochka. Desert – limonli sutli pirojnoe.

Bolalar taomi (CHML)
Tovuq ruleti, «Yangilik» go‘sht delikatesi, pishloq, grek salati, tovuq tayoqchalari, sabzavotli guruch, pomidorlar, smetanali sous, bulochka. Desertlar — «Brauni» keksi, meva bo‘lagi (olma), limon.

Diabetik taom (DBML)
«Parvoz» go‘shtli gazagi, tovuq ruleti, pishloqli gazak, «Sezar» salati, parranda filesi, grechka, pishirilgan pomidorlar, glyutensiz non, limonli desert.

Mevali assorti (FPML)
Yangi pishgan kruassan, olma va apelsin bo‘laklari, quritilgan mevalar (turshak, mayiz, yong‘oq), konfityur va limon.

Glyutensiz taom (GFML)
«Yangilik» mol va parranda go‘shtidan delikates, sabzavotli salat, individual qadoqlangan saryog‘, issiq taom — mol go‘shtli bayramona palov, limon bo‘lagi bilan mavsumiy mevalardan tayyorlangan desert, ziravorlar va dressing.

Hindcha novegetarian taom (HNML)
Parranda go‘shti, ikki xil pishloq, saryog‘, sabzavotli salat, «Chicken Chili», tovuq filesi solingan qatlamali pirojnoe va bulochka, ziravorlar. Desert — «Brauni» keksi va limon bo‘lagi.

Qat’iy vegan taom (RVML)
Yangi sabzavotli salat, meva bo‘lagi, quritilgan mevalar (turshak, mayiz, bodom, yong‘oqlar), ziravorlar.

Laktozasiz taom (VGML)
Yangi sabzavotli salat, issiq taom – «Hind» sabzavotli ragu, mavsumiy mevalardan tayyorlangan desert, quritilgan mevalar (turshak, mayiz, bodom, tozalangan yong‘oqlar), limon bo‘lagi, bulochka, ziravorlar va dressing.

Kosher taom (KSML)
Yumshoq xumus, javdar bulochka, yangi sabzavotli salat, saryog‘ hamda issiq taom – qaynatilgan guruch bilan tovuq filesi.
Premium taom
Premium to‘plam sovuq gazaklar, salat va somsadan iborat bo‘lib, go‘sht va pishloq assortisi bilan to‘ldirilgan. Asosiy taom sifatida grilda pishirilgan losos, «Smak» tovug‘i yoki garnir hamda grilda pishirilgan sabzavotlar bilan tortiladigan mol go‘shti medalyonlaridan birini tanlashingiz mumkin. Shuningdek, yangi pishirilgan non mahsulotlari, desert, quruq mevalar va yong‘oqlar, konfitur, sariyog‘ hamda ziravorlar ham taqdim etiladi.
Sotib olish




