intro

Ga sayohat qilish Toshkentga

Siz bilishingiz kerak bo'lgan hamma narsa

Qayerdan
Qayerga
Yo'lovchilar soni
Ketish
Qaytish

Toshkent - kontrastlar shahri

Boy tarix, mazali taomlar va samimiy mehmondo‘stlikni o‘zida mujassam etgan shahar. Sizni rang-barang arxitektura, boy madaniy meros, qadimiy bozorlar yoki jonli poytaxt hayoti qiziqtiradimi - Toshkentda har bir sayohatchiga taklif qiladigan nimadir mavjud.

Nima uchun Toshkent?

Agar Toshkentni ta’riflash uchun birgina so‘z kerak bo‘lsa, bu “xilma-xillik” bo‘lardi. Bu yerda siz tarixiy obidalar, zamonaviy ko‘ngilochar markazlar va haqiqiy gastronomik jannatni topasiz. Uning ko‘chalari bo‘ylab sayr qilib, o‘tmish va bugunning bir-biriga qorishib, o‘ziga xos muhit yaratganini his qilasiz. Va o‘zbek oshxonasidan: palov, somsa va lag‘monlardan tatib ko‘rishni unutmang!

Parvoz chiptalari narxlari bilan tanishing Toshkentga

Ob-havo Toshkentga

Asosiy diqqatga sazovor joylar:

Toshkent me’morchiligi o‘zining rang-barangligi bilan ajralib turadi. U sizni davrlar bo‘ylab sayohatga olib boradi va har bir tarixiy obidada saqlanadigan hikoyalar bilan tanishtirib, shahar qanday paydo bo‘lganini so‘zlab beradi. Sovet modernizmi va Turkiston arxitekturasidan tortib, yozgi ayvon va butiklarga ega Yevropa uslubidagi zamonaviy majmualar, qadimiy aholi manzillaridan tortib, muzey va teatrlargacha.

Sharq me’morchiligi

Oʻzbekistondagi eng muhim va moʻtabar maskanlardan biri - Xast Imom diniy majmuasidir. Majmua bir necha qadimiy madrasa, masjid va maqbaralardan iborat bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos tarix va me’moriy xususiyatlarga ega.

Ansambl hududida laylaklar uya qurgan, an’anaviy yaxna ichimlik – quritilgan mevalardan tayyorlangan “sharbat” nafasingizni rostlab, tor ko‘chalar va loydan yasalgan qadimiy uylar bo‘lgan eski shahar bo‘ylab sayr qilishingizga yordam beradi. O’ymakor yog’och eshiklar sizni o’tmish hayotiga qaytaradi.

Koʻkaldosh madrasasi Toshkentdagi eng yirik va ahamiyatga ega madrasalardan biridir. U Xast Imom majmuasiga yaqin bo‘lib, rivoyatlar bilan o‘ralgan. Madrasa ko‘p asrlar davomida diniy ta’lim va ma’rifat markazi bo‘lib xizmat qilgan, bu yerda yoshlar Qur’on, islom huquqi va boshqa ilmlarni o‘rgangan. Fasad an’anaviy mozaika va oʻymakorlik naqshlari bilan bezatilgan qariyb 20 metr balandlikdagi nafis kirish darvozasi bilan ochilib, unga ulugʻvor va sirli koʻrinish beradi. Oquv xonalari va masjid bilan o’ralgan hovli sizni osoyishtalik va xotirjamlik muhitiga cho‘mdiradi.

Sovet modernizmi

1981-yilda qurilgan Xalqlar do‘stligi saroyi bugungi kunda turli tadbirlar, konsert va anjumanlar o‘tkaziladigan madaniyat markazi, 1974-yilda bunyod etilgan “O‘zbekiston” mehmonxonasi esa “Moskva Kosmos” mehmonxonasiga juda o‘xshash.

Turkiston me’morchiligi

1912-yilda Toshkentdagi birinchi dizel stansiyasi joylashgan, shahar tramvay tarmog‘ini quvvat bilan ta’minlagan, hozir esa Zamonaviy san’at markazi bo‘lgan binoda bugungi kunda zamonaviy rassomlar ijodini yaqindan tanish mumkin. Shahzoda Romanov saroyiga ham e’tibor bering - o‘ymakor panjaralar, g‘ayrioddiy shakldagi derazalar, minoralar va boshqa bezak elementlari bilan bezatilgan oqlangan bino.

Isoning muqaddas yuragi katolik sobori: Yevropa cherkovlari uchun klassik gotika uslubidagi Oʻzbekistonning asosiy katolik cherkovi. U Rim-katolik Apostol ma'muriyatiga tegishli va ayni paytda ham faoliyat ko‘rsatadi.

Mustaqillik maydoni: shaharning bosh maydoni, sayr qilish va shahar tadbirlarini o‘tkazish joyi.

Chorsu bozori: uning nomi fors tilidan “to‘rt yo‘l” deb tarjima qilingan – Buyuk ipak yo‘li davrida Sharqning barcha savdo yo‘llari aynan shu yerda kesishgan. Bugungi kunda u Markaziy Osiyodagi eng qadimiy va yirik bozorlardan biri bo‘lib, bu yerda milliy noz-ne’matlarni tatib ko‘rish, suvenirlar xarid qilish mumkin.

Tasviriy san’at muzeyi: Muzey kolleksiyasida 50 000 dan ortiq eksponatlar mavjud. Ulardan eng qadimiylari qadimiy madaniyat asarlari va qadimiy aholi punktlarining arxeologik ashyolaridir. O‘zbekiston dekorativ-amaliy san’ati bo‘limida esa O‘zbekiston tarixi va qadimiy madaniy an’analarini aks ettiruvchi kulolchilik, yog‘och va ganch o‘ymakorligi, badiiy kashta va gazlama, o‘yma naqsh, zargarlik, gilamdo‘zlik mahsulotlari namoyish etilmoqda. Shuningdek, Italiya, Ispaniya, Germaniya, Gollandiya, Fransiya va Angliyaning tasviriy va dekorativ san’at asarlarini ham ko‘rasiz.

Toshkent teleminorasi: shahar ramzi va Toshkentning hayratlanarli manzaralarini taqdim etuvchi Markaziy Osiyodagi eng baland inshootlardan biri.

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri: 1939-yilda qurilgan meʼmoriy va madaniyat yodgorligi, koʻplab rang-barang gulzorlar, daraxtlar va musiqali favvorali jamoat bogʻi hamda Art Nouveau uslubidagi haykallari boʻlgan kulolchilik bogʻi bilan oʻralgan. U Oʻzbekistonning yetakchi opera va balet teatri boʻlib, milliy va Yevropa uslublari uygʻunligining ajoyib namunasidir.

“Ilhom” teatri: 1976-yilda sovet modernizmi uslubida qurilgan Yoshlar uyi binosida faoliyat ko‘rsatuvchi Oʻzbekistondagi birinchi mustaqil teatr. Teatr foyesida zamonaviy va ijtimoiy san'at ko‘rgazmalari o‘tkaziladi va repertuar zamonaviylik prizmasi orqali tarixga sho‘ng‘ish imkonini beradi.

Mingo‘rik muzeyi: noyob tepalik. Milodiy I asrga oid qadimiy aholi punktining mo‘jizaviy tarzda saqlanib qolgan qismi shahar markazida joylashgan bo‘lib, Toshkentdagi so‘nggi antik va ilk o‘rta asrlarga oid eng yirik arxeologik yodgorliklardan biri hisoblanadi.

Tashkent City: Oʻzbekistondagi eng katta park hududi. Zamonaviy binolar, kongress-xoll va Hilton mehmonxonasi orasida sayr qilish uchun yashil maydonlar, mamlakatdagi eng katta favvora, planetariy va shopping ishqibozlari uchun Tashkent City Mall bor. Yevropa, turk va o‘zbek taomlarining xilma-xilligi va har qanday ta’mga mos muassasalarning keng tanlovi har qanday gurman tomonidan qadrlanadi.

Qachon borish kerak?

Toshkentga tashrif buyurish uchun eng yaxshi vaqt bahor (mart-may) va kuz (sentyabr-noyabr) fasllaridir, bu vaqtda ob-havo sayr va ekskursiyalar uchun eng qulay bo‘ladi. Yozda juda issiq, qishda esa juda sovuq bo‘lishi, bu sizning shaharni kashf qilish imkoniyatlaringizni cheklashi mumkin.

Toshkentdan qayerlarga borish kerak?

Samarqand, Buxoro va Xiva sizni ko‘p asrlik obidalar o‘tmishiga eltib, tarix sirlarini ochadi. Gidlar va mahalliy aholi sizni qadimiy shaharlar va islom arxitekturasi atmosferasiga singdiradi, mamnuniyat bilan yashirin joylarga olib boradi, ko‘chalar, kundalik hayot haqida hikoya qiladi, madaniy va an'anaviy xususiyatlarni tushuntiradi. O‘zbekiston bo‘ylab sayohat rejangizga tarixiy shaharlarga tashrifni kiritish yoqimli xotiralar qoldiradigan va ta’tilingizni unutilmas taassurotlar bilan yorituvchi eng yaxshi yechimdir.

Toshkentda nimaдфк qilishingiz kerak:

O‘zbekistonning boy taomlari bilan tanishishni “Besh Qozon” osh markazidan boshlang va sig‘imi uch tonnadan ortiq bo‘lgan qozonlarda choyxona va to‘y oshini tayyorlash jarayonini kuzatish imkoniga ega bo‘lasiz.

Mashhur Toshkent metrosiga tashrif buyuring, ayniqsa Kosmonavtlar, Alisher Navoiy, Paxtakor, G‘afur G‘ulom bekatlariga albatta boring.

"Toshkent so‘zlaydi" audioekskursiyasida shahar va uning noyob hikoyalari bilan tanishing.

Xast Imom maydoni va tor ko‘chalar orqali sizni “Toshkent Venetsiyasi” bo‘ylab sayohatga olib boradigan eski shahar mahallalari bo‘ylab sayr qilib, o‘tmish qa'riga sho‘ng‘ing.

Minor masjidi, katolik cherkovi, nemis cherkovi, buddistlar ibodatxonasi, arman apostol cherkovi va sobor cherkovini ziyorat qiling - Toshkent rang-barang va barcha dinlarni mujassam etgan.

Toshkentgacha parvoz vaqti

Quyida yirik shaharlardan parvozlarning taxminiy vaqtlari keltirilgan:

Dubay – Toshkent: 3 soat 30 daqiqa

Tbilisi-Toshkent: 3 soat

Tel-Aviv – Toshkent: 4 soat 30 daqiqa

Guanchjou – Toshkent: 6 soat

Doha – Toshkent: 3 soat 30 daqiqa

Salala – Toshkent: 4 soat

Toshkentga uchish uchun viza talablari

Toshkentga uchishdan oldin barcha kerakli hujjatlarga ega ekanligingizga ishonch hosil qiling:

90 ta davlat fuqarolari Oʻzbekistonga vizasiz kirishlari mumkin, lekin roʻyxatdan oʻtishlari shart. Buni qolishni rejalashtirgan mehmonxona, mehmon uyi yoki yotoqxonada amalga oshirishingiz mumkin. Chiqib ketish kuni jarima toʻlamaslik uchun qonuniy roʻyxatdan oʻtish kerak.

Sayyohlik vizasi: Koʻpgina mamlakatlar fuqarolariga 30 kungacha vizasiz sayohat qilish huquqi beriladi.

Tranzit vizasi: Agar reysingiz Toshkentda besh kundan ortiq toʻxtasa va siz shaharga chiqmoqchi boʻlsangiz, sizga tranzit vizasi kerak boʻlishi mumkin. Fuqarolari ushbu tartibni talab qiladigan mamlakatlar roʻyxatini koʻrib chiqing.

Biznes vizasi: Ish tashriflari uchun ish beruvchi yoki mezbon kompaniya orqali olinishi mumkin boʻlgan biznes vizasi talab qilinadi.

Agar siz soddalashtirilgan tartibda viza olishga imkon beruvchi davlatda boʻlsangiz, Oʻzbekiston E-viza portali orqali onlayn tarzda turistik yoki ishbilarmonlik vizasiga murojaat qiling va kerak boʻlganda vizalarning amal qilish muddatlarini tekshiring.

Viza olish uchun ariza topshirish, hujjatlar roʻyxati va chet elga chiqish tartibi haqida batafsil maʼlumot olish uchun Oʻzbekistonning mamlakatingizdagi elchixonasiga murojaat qiling.

Ishonchimiz komilki, Toshkentdagi ta’til tarix bo‘ylab haqiqiy sayohatga aylanadi va sizni ham maftunkor o‘tmish, ham zamonaviy hayot hamda o‘ziga xos madaniy kod, go‘zal tabiat va mehmondo‘stlik bilan tanishtiradi, bu sizni uzoq vaqt davomida yorqin taassurot va tuyg‘ularga cho‘mdiradi.

Tez-tez so'raladigan savollar

O'zbekistonga uchish mumkinmi?

Ha, siz ko'plab xalqaro manzillardan O'zbekistonga uchishingiz mumkin. Asosiy aviakompaniyalar Toshkentga muntazam reyslar taqdim etadilar, bu esa uni dunyoning deyarli istalgan nuqtasidan kirish imkonini beradi.

Toshkent, O'zbekistonga to'g'ridan-to'g'ri parvozlar bormi?

Ha, Centrum Air kabi bir nechta aviakompaniyalar Toshkentga turli xalqaro shaharlardan to'g'ridan-to'g'ri parvozlarni taklif etadilar.

Toshkent, O'zbekistonga to'g'ridan-to'g'ri parvozlar bormi?

Ha, Centrum Air kabi bir nechta aviakompaniyalar Toshkentga turli xalqaro shaharlardan to'g'ridan-to'g'ri parvozlarni taklif etadilar.

big plane

Centrum air bilan mashinangizni ijaraga oling

big plane

Centrum Air-da o'yin-kulgi va ekskursiyalarni ajoyib narxda bron qiling

Eng mashhur 10 ta shahar

Dubay

Dubay

Toshkentdan Dubayga borish

Tbilisi

Tbilisi

Toshkentdan Tbilisiga borish

Istanbul

Istanbul

Toshkendan Istanbulga borish