Centrum Air aviakompaniyasi 2025 yil 28 aprel sanasidan 1 maygacha Dubay shahrida (BAA) bo‘lib o‘tadigan dunyodagi eng yirik turistik ko‘rgazmalardan biri — Arabian Travel Market (ATM) 2025da ishtirok etadi. Tadbir an’anaviy tarzda Dubai World Trade Centre ko‘rgazma majmuasida o‘tkaziladi.
ATM — bu Yaqin Sharq mintaqasida turizm va sayohat yo‘nalishlarini rivojlantirishga qaratilgan yetakchi platforma bo‘lib, har yili 150 mamlakatdan 2 000 dan ortiq ishtirokchi va 30 000 dan ziyod soha mutaxassislarini bir joyga jamlaydi. Centrum Air uchun ushbu xalqaro maydon o‘z yo‘nalishlari va xizmatlarini taqdim etish, turoperatorlar, hamkorlar hamda davlat tashkilotlari bilan munosabatlarni mustahkamlash imkoniyatini taqdim etadi.
"Arabian Travel Market ko‘rgazmasida ishtirok etish — biz uchun O‘zbekistonning turizm va biznes salohiyatini xalqaro miqyosda taqdim etish, shuningdek, global hamkorlar bilan strategik aloqalar o‘rnatish imkoniyatidir", — dedi Centrum Air aviakompaniyasi asoschisi va Kuzatuv kengashi raisi Abdulaziz Abdurahmonov.
Aviakompaniyaning stendi ko‘rgazma davomida faol bo‘ladi va u biznes uchrashuvlari, muzokaralar hamda taqdimotlar uchun ochiq maydon sifatida xizmat qiladi. Bizni 7-zalda, AS8117-raqamli stendda topishingiz mumkin.
Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Aloqaga chiqing
Onlayn murojaat
Mening bronlarim
Qo'llab-quvvatlash