2025-yil 24-iyundan Centrum Air aviakompaniyasi yangi yo‘nalish — Toshkentdan Bishkekka to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yoʻlga qoʻyadi. Parvozlar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Parvozlar jadvali:
✈️ Toshkent — Bishkek: jo‘nab ketish 10:30, yetib borish 13:10
✈️ Bishkek — Toshkent: jo‘nab ketish 14:15, yetib borish 14:35
Yangi reys yo‘lovchilarga nafaqat xizmat safari, balki dam olish kunlari qisqa sayohatlarni qulaygina rejalashtirish imkonini ham beradi. Bishkek oʻzining goʻzal tog‘ manzaralari, milliy taomlari va tabiiy diqqatga sazovor joylariga yaqinligi bilan azaldan sayyohlar orasida mashhur.
“Toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar orqali Markaziy Osiyoning muhim shaharlarini bogʻlagan holda Centrum Air parvozlar xaritasini kengaytirishda davom etmoqdamiz. Toshkent — Bishkek yo‘nalishining ochilishi — mintaqa davlatlari o‘rtasida qulay va arzon aviatashuvlarni rivojlantirish yo‘lidagi yana bir qadamdir”, — dedi Centrum Air asoschisi va kuzatuv kengashi raisi Abdullaziz Abdurahmonov.
Chiptalar aviakompaniya rasmiy saytida allaqachon mavjud: centrum-air.comRasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Aloqaga chiqing
Onlayn murojaat
Mening bronlarim
Qo'llab-quvvatlash