news cover
10 Iyul, 2025

Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi

Centrum Air aviakompaniyasi 2025-yil 25-iyuldan Toshkent – Seul (Incheon) yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Mazkur aviaqatnovlar kompaniyaning xalqaro miqyosdagi ishtirokini kengaytirib, O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida sayohat qilayotgan yo‘lovchilar uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.

Parvozlar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari — zamonaviy va qulay Airbus A321neo samolyotlarida amalga oshiriladi. Bir tomonga chipta narxi bagaj bilan birga 1 900 000 so‘mdan boshlanadi.

 Yo‘lovchilar qulayligini hisobga olgan holda quyidagi jadval belgilangan:

Toshkent – Seul: jo‘nab ketish — 00:45, Incheonga yetib borish — 10:55 (mahalliy vaqt bilan)

Seul – Toshkent: Incheondan jo‘nab ketish — 12:15, Toshkentga yetib kelish — 15:40 (mahalliy vaqt bilan)

Bunday parvoz vaqtlari ayniqsa sayyohlar hamda ishbilarmonlar uchun qulay: ular qo‘shimcha tunash yoki xarajatlarsiz safar qilish, joylashish va ish uchrashuvlarini rejalashtirish imkonini beradi.

Toshkent — Seul yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar turizm, ta’lim va ishbilarmonlik aloqalari uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi.

Janubiy Koreya O‘zbekistonning mintaqadagi asosiy hamkorlaridan biri bo‘lib qolmoqda, koreyalik fuqarolarning Markaziy Osiyoga qiziqishi esa barqaror o‘sib bormoqda.

Toshkent — Yevrosiyo markazida joylashgan strategik havo tuguni sifatida Seuldan uchadigan yo‘lovchilarga quyidagi shaharlarga qulay tarzda yetib borish imkonini beradi:

Rossiya: Moskva (DME), Qozon (KZN), Novosibirsk (OVB)

Markaziy Osiyo: Olmaota (ALA), Bishkek (FRU)

Kavkaz: Boku (GYD), Batumi (BUS), Tbilisi (TBS)

Yaqin Sharq: Tel-Aviv (TLV), Dubay (DXB)

Turkiya va G‘arbiy Osiyo: Istanbul (IST)

Centrum Air yo‘lovchilarga arzon tariflar, puxta ishlab chiqilgan jadval va yuqori sifatli xizmatni taklif etishga intilmoqda. Toshkent – Seul yo‘nalishidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys ikki mamlakat o‘rtasidagi transport va madaniy aloqalarni mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim qadamdir.