2025-yil 22-iyundan Centrum Air aviakompaniyasi Namangan va Moskva (Domodedovo aeroporti) o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Ushbu yangi yo‘nalish O‘zbekiston sharqini Rossiya poytaxti bilan bevosita bog‘lab, transport aloqalarini mustahkamlash hamda mintaqa aholisi uchun sayohatlarni osonlashtiradi.
Reyslar haftasiga uch marta – dushanba, payshanba va yakshanba kunlari – zamonaviy va qulay Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Parvozning o‘rtacha davomiyligi 4 soat 20 daqiqani tashkil etib, shaharlar o‘rtasida tez va qulay aloqani taʼminlaydi.
Reyslar jadvali (mahalliy vaqt bilan):
Namangan – Moskva (C407 reysi):
Payshanba, yakshanba: Namangandan jo‘nash – 12:40, Moskvaga yetib borish – 15:00
Dushanba (23-iyundan):
jo‘nash – 18:40,
yetib borish – 21:00.
Moskva – Namangan (C408 reysi):
Payshanba, yakshanba: Moskvadan jo‘nash – 16:00, Namanganga yetib borish – 22:05
Dushanba (23-iyundan):
jo‘nash – 22:00,
Namanganga yetib borish – 04:05 (ertasi kuni)
Yangi reysning ishga tushirilishi yo‘lovchilarga xizmat safarlarini yoki yaqinlarinikiga tashriflarni qulay rejalashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, yo‘nalish sayyohlar uchun ham qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi va mintaqaviy turizm rivojiga hissa qo‘shadi.
Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Aloqaga chiqing
Onlayn murojaat
Mening bronlarim
Qo'llab-quvvatlash