2025-yil 3-oktyabr kuni Centrum Air aviakompaniyasi muvaffaqiyatli tarzda Dehliga o‘zining birinchi reysini amalga oshirdi va shu tariqa O‘zbekiston hamda Hindiston poytaxtlari o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarga start berdi.
Parvozlar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari — yo‘lovchilarga qulaylik va yuqori darajadagi servisni taʼminlovchi zamonaviy Airbus A320neo laynerlarida amalga oshiriladi.
New Delhi aeroportida ilk reysni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi elchisi Sardor Rustambayev, aeroport rahbariyati, shuningdek, Centrum Air aviakompaniyasi vakillari ishtirok etdi. Birinchi reys yo‘lovchilari uchun bayramona furshet va tort tayyorlanishi yangi yo‘nalishning boshlanishini yanada samimiy va esda qolarli boʻlishiga xizmat qildi.
Toshkent — Dehli to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishining ochilishi O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi transport va madaniy hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, turizm, biznes va ikki davlatning iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Mening bronlarim
Qo'llab-quvvatlash