Centrum Holding tarkibiga kiruvchi Centrum Air aviakompaniyasi rasman Eurasian Creative Guild (London) — madaniyat, sanʼat, adabiyot va Yevroosiyo hududida xalqaro madaniy hamkorlikni rivojlantirishni maqsad qilgan ijodiy birlashmaga aʼzo boʻldi.
Eurasian Creative Guild nima
Eurasian Creative Guild — bu yozuvchilar, rassomlar, shoirlar, publitsistlar, festival va madaniy tashabbuslar tashkilotchilarini birlashtiruvchi madaniy platforma. Gildiya adabiy almanaxlar chiqarish, madaniy va turistik loyihalar tashkil etish, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida madaniy va ijtimoiy dialogni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Faoliyat yo‘nalishlari orasida — nashrlar, festivallar, madaniy meros va zamonaviy ijodiyotni taʼkidlovchi loyihalar bor.
Yevroosiyo Ijodiy Gildiyasiga aʼzolik Centrum Air uchun aviatsiyadan tashqarida yangi ufqlarni ochadi. Aviakompaniya uchun bu nafaqat madaniy imidjini mustahkamlash va ijtimoiy masʼuliyatli tashkilot maqomini tasdiqlash imkoniyati, balki sanʼat arboblari bilan hamkorlik o‘rnatish, xalqaro festivallar va nashrlarda ishtirok etish, shuningdek, turli mamlakatlardagi rassomlar, yozuvchilar va madaniy menejerlar bilan aloqalar oʻrnatish orqali hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish imkoniyati hamdir. Shu tariqa, aʼzolik korporativ ijtimoiy masʼuliyat strategiyasining muhim qismiga aylanadi, Centrum Air’ning madaniyat, muloqot va kross-madaniy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga intilishini taʼkidlaydi.
«Biz uchun aviatsiya va madaniyat kesishadigan yo‘nalishni rivojlantirish juda muhim. Eurasian Creative Guild’ga aʼzolik — bu Centrum Air’ga odamlarni tashish bilangina cheklanmasdan, balki madaniyatlarni bog‘lash, ijod va ilhomni parvozlar, yo‘nalishlar va hayotda qo‘llab-quvvatlash imkonini beradigan qadamdir. Ushbu hamkorlikdan faxrlanamiz va kelajakka yangi g‘oyalar bilan boqamiz», — dedi Centrum Air marketing direktori Andrey Osinsev.
2025-yil 1-oktyabrdan Centrum Air Yevroosiyoning madaniy hayotida ijodiy hamjamiyat aʼzosi sifatida rasmiy ishtirok etadi. Yaqin vaqt ichida aviakompaniya Gildiya bilan hamkorlikda qator tashabbuslar: nashrlar, madaniy tadbirlarga homiylik qilish, aviatsiya hamda madaniy merosni namoyish etuvchi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Mening bronlarim
Qo'llab-quvvatlash