Centrum Air aviakompaniyasi Yevropaga birinchi muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yishini e’lon qildi. Ilk Yevropa yo‘nalishi Daniya poytaxti — Kopengagen bo‘lib, yo‘lovchilar uchun ramziy ma’noda O‘zbekistondan «Yevropaga darcha» ochmoqda.
Parvozlar haftasiga ikki marta zamonaviy va qulay Airbus A320 laynerlarida amalga oshiriladi:
Reyslar jadvali (mahalliy vaqt bilan):
Seshanba
Toshkent 19:00 – Kopengagen 23:30
Kopengagen 00:30 – Toshkent 08:15 (Chorshanba)
Payshanba
Toshkent 09:30 – Kopengagen 13:45
Kopengagen 14:45 – Toshkent 22:30
Kopengagenga parvozlarning yo‘lga qo‘yilishi aviakompaniya uchun tarixiy voqea hisoblanadi: Centrum Air’ning Yevropaga birinchi muntazam parvozlari yo‘lovchilar uchun yangi imkoniyatlarni ochishi bilan birga, O‘zbekiston va dunyoning muhim poytaxtlari bilan transport bog‘liqligini ham mustahkamlaydi.
Centrum Air asoschisi va bosh direktori Abdulaziz Abdurahmonov shunday ta’kidladi:
«Yevropa bozoriga chiqish — aviakompaniyamiz rivojidagi muhim bosqich. Centrum Airʼning Yevropaga parvozlarni amalga oshirayotgan birinchi shahri Kopengagen bo‘lishidan faxrlanamiz. Bu biz uchun nafaqat yangi geografiyaning boshlanishi, balki odamlar va mamlakatlarni bog‘lash, O‘zbekistonni Yevropaga va Yevropani O‘zbekistonga ochish borasidagi intilishimiz ramzi hamdir».
Toʻgʻridan-toʻgʻri reyslardan tashqari, Centrum Air Daniyadan keladigan yo‘lovchilarga Toshkent orqali Bangkok, Seul, Guanchjou, Pxuket, Tel-Aviv, Olmaota, Dushanbe, Bishkek va boshqa qulay tranzit yo‘nalishlarini ham taklif etadi. Bu esa Kopengagenni aviakompaniyaning kengayib borayotgan yoʻnalishlar tarmog‘ining bir qismiga aylantirib, Toshkentning Markaziy Osiyodagi tranzit xab sifatidagi rolini kuchaytiradi.
Yaqin istiqbolda Centrum Air o‘zining Yevropadagi yoʻnalishlar tarmog‘ini kengaytirishda davom etadi. Allaqachon Yevropaning muhim shaharlari — Manchester, Frankfurt, Madrid, Barselona va Rimga yangi yo‘nalishlar ishlab chiqilmoqda. Shu tariqa aviakompaniya o‘zining xalqaro tashuvchi sifatidagi o‘rnini mustahkamlash, O‘zbekistonni Yevropaning yetakchi ishbilarmonlik va turistik markazlari bilan bog‘lash sari dadil qadam tashlamoqda.
Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Mening bronlarim
Qo'llab-quvvatlash