. UZS

Centrum Air O‘zbekistonning yosh paraatletlari bilan maxsus reysni amalga oshirdi va yangi Toshkent Humo xalqaro aeroportiga birinchi qo‘nishni amalga

Centrum Air O‘zbekistonning yosh paraatletlari bilan maxsus reysni amalga oshirdi va yangi Toshkent Humo xalqaro aeroportiga birinchi qo‘nishni amalga

13 Dekabr, 2025

Centrum Air Dubay – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha C6352 reysini muvaffaqiyatli amalga oshirgan holda Dubayda o‘tkazilgan 2025-yilgi V Osiyo o‘smirlar Parao‘yinlarida g‘alabali ishtirok etgan O‘zbekistonning yosh paraatletlarini Vatanga olib qaytdi. O‘zbekiston terma jamoasi 197 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 35 davlat orasida birinchi o‘rinni egalladi.

Sportchilarning kelishi nafaqat mamlakat sport jamoatchiligi, balki aviatsiya sohasi uchun ham muhim voqea bo‘ldi: reys yangi Tashkent Humo (TVT) xalqaro aeroportida muntazam yo‘lovchi samolyotining birinchi qo‘nishi bilan yakunlandi. Samolyot aviatsiya an’analariga muvofiq tantanali tarzda kutib olindi.

Ko‘kraklari medallarga to‘la yosh paraatletlarning O‘zbekiston bayroqlari bilan kutib oluvchilar olqishlari ostida terminaldan o‘tishlari ular yutug‘ining ahamiyati va hodisaning tarixiy xarakterini yanada yaqqol ifodalaydi.

Centrum Air xalqaro maydonda yurtimiz sha’nini munosib himoya qilgan sportchilar, murabbiylar shtabi va tashkilotchilarga chuqur minnatdorlik bildiradi. Aviakompaniya milliy terma jamoaning vatanga qaytishida ishtirok etganidan faxrlanadi hamda O‘zbekistonda sport sohasining va xalqaro tashabbuslarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.




Barcha so'nggi yangiliklar bilan tanish bo'lish uchun bizning Instagram sahifamizga obuna bo'ling.

Boshqa yangiliklar:

Centrum Air reyslarida qo‘l yukini tashish qoidalari

Centrum Air reyslarida qo‘l yukini tashish qoidalari

Yo‘lovchilar qulayligi va xavfsizligi uchun Centrum Air reyslarida samolyot saloniga qo‘l yukini olib kirish bo‘yicha yagona me’yorlar amal qiladi.Har bir yo‘lovchi vazni 8 kg gacha bo‘lgan bir dona qo‘l yukini bortga bepul olishi mumkin.Umumiy o‘lchamlar 115 sm dan oshmasligi kerak, tavsiya etilgan o‘lcham – 55 × 35 × 25 sm. Hisob-kitobga barcha elementlar: cho‘ntaklar, tutqichlar va g‘ildiraklar kiritiladi.Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida qo‘l yukiga maxsus birka yopishtiriladi.Aeroportda qo‘l yuki kalibrator yordamida tekshirilishi mumkin: sumka uning ichiga erkin sig‘ishi lozim. Samolyotga chiqish vaqtida ham takroriy tekshiruv amalga oshirilishi mumkin.Salonda qo‘l yuki oldindagi o‘rindiq ostiga yoki yuk tokchasiga joylashtiriladi. Standart qo‘l yuki o‘rniga ixcham buklanadigan bolalar aravachasini (trost-kolyaska) tashishga ruxsat beriladi.Belgilangan me’yordan tashqari, yo‘lovchilar qo‘shimcha ravishda quyidagilarni o‘zlari bilan olishlari mumkin:kichikroq ryukzak, ayollar sumkasi yoki noutbuk sumkasi (30 × 40 × 10 sm gacha),yopinchiq,mutolaa uchun materiallar,bolalar taomi,soyabon yoki hassa,Duty Free do‘koni xaridlari solingan bitta paket.Ushbu buyumlar asosiy qo‘l yukini o‘lchashda hisobga olinmaydi.Qo‘l yuki belgilangan miqdor, vazn yoki o‘lcham me’yorlaridan oshsa, uni ro‘yxatdan o‘tish peshaxonasida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagaj sifatida rasmiylashtirish lozim. Bunday holda tariflarga muvofiq qo‘shimcha to‘lov talab qilinishi mumkin.Qo‘l yuki o‘lchamlari va vazniga rioya qilish — barcha yo‘lovchilarning qulayligi hamda reyslarni o‘z vaqtida amalga oshirishning muhim shartidir.Bagaj va qo‘l yukini tashish me’yorlari haqida batafsil ma’lumotlar elektron marshrut kvitansiyangiz, shuningdek, Centrum Air rasmiy saytida mavjud.

16 Fevral, 2026

Centrum Air ichki reyslar uchun ro‘yxatdan o‘tish va bortga chiqish qoidalarini yangiladi

Centrum Air ichki reyslar uchun ro‘yxatdan o‘tish va bortga chiqish qoidalarini yangiladi

Centrum Air aviakompaniyasi ichki reyslar uchun ro‘yxatdan o‘tishni yopish va bortga chiqishni yakunlash vaqtlarini o‘zgartirdi.Ro‘yxatdan o‘tish parvozga 45 daqiqa qolganida yopiladi;Samolyotga chiqish parvozga 25 daqiqa qolganida yakunlanadi.O‘zgarishlar reyslar punktualligini oshirish va jadvalning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashga qaratilgan. Yangi qoidalar mahalliy yo‘nalishlarga, jumladan, Urganch (Xiva), Nukus, Buxoro va Termiz shaharlariga amalga oshiriladigan parvozlarga taalluqlidir. Yo‘lovchilarga barcha parvozoldi jarayonlaridan xotirjam o‘tishlari uchun aeroportga vaqtliroq kelish tavsiya etiladi.Centrum Air o‘z yo‘lovchilari uchun parvozlar jadvali barqarorligi, qulaylik va yuqori darajadagi xizmatni ta’minlash maqsadida operatsion jarayonlarni takomillashtirishda davom etadi.

26 Yanvar, 2026

Centrum Air va My Freighter O‘zbekiston hamda Pokiston o‘rtasidagi aviaaloqalarni kengaytirmoqda

Centrum Air va My Freighter O‘zbekiston hamda Pokiston o‘rtasidagi aviaaloqalarni kengaytirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqinda Pokistonga amalga oshirgan tashrifi doirasidagi nutqida ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni kengaytirish masalasini alohida ta’kidlab, joriy yil aprel oyidan boshlab Centrum Air Lahor yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘yishini, My Freighter esa Karachiga yuk tashuvlarini ochishini qayd etdi.Yangi yo‘nalishlar ishbilarmonlik, turizm va logistika aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.«Centrum Air va My Freighter loyihalari davlatlararo kun tartibining bir qismiga aylanayotgani hamda mintaqaning transport bog‘liqligini rivojlantirishga hissa qo‘shayotgani biz uchun katta sharaf. O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash jarayonining bir qismi bo‘layotganimizdan chin dildan xursandmiz. Yangi yo‘nalishlarning ochilishi bu shunchaki parvozlar geografiyasini kengaytirish emas, balki biznes, turizm va hududlarimizning qo‘shma rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydigan barqaror “havo ko‘prigi”ni shakllantirish hamdir», – dedi Centrum Holding asoschisi va bosh direktori Abdulaziz Abdurahmanov.

9 Fevral, 2026

Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari