Avvalgi reys qo‘nishi vaqtida havo kemasi qush urilishi oqibatida shikastlandi. Xalqaro aviatsiya standartlariga muvofiq, mutaxassislar rejalashtirilmagan texnik ko‘rik va qo‘shimcha ishlarni amalga oshirdi, bu esa 2025-yil 19-sentyabrga mo‘ljallangan C6511 Toshkent — Guanchjou reysi uchish vaqtining kechikishiga olib keldi.
Qo‘shimcha tartib-taomillar zarurligi inobatga olinib, parvoz qariyb sakkiz soat kechikish bilan amalga oshirildi. Umumiy kutish vaqtini qisqartirish maqsadida reys zaxira havo kemasida yangilangan jadval bo‘yicha amalga oshirildi. Kutish vaqtida barcha yo‘lovchilarga ovqatlanish va zaruriy xizmatlar taqdim etildi.
Centrum Air doimo safety first tamoyiliga amal qiladi: barcha qarorlar qatʼiyan yoʻlovchilar xavfsizligi va qulayligi yo‘lida qabul qilinadi.
Qo‘shimcha maʼlumot uchun kall-markazga murojaat qiling:
📞 (+998) 55-518-88-88
Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Mening bronlarim
Qo'llab-quvvatlash