Centrum Air aviakompaniyasi parvozlar geografiyasini kengaytirishda davom etadi va O‘zbekistonning madaniy poytaxtini Rossiyaning eng mashhur kurortlaridan biri bilan bog‘laydigan yangi yo‘nalishni ochmoqda. 2025-yil 23-iyuldan boshlab Samarqand – Sochi yo‘nalishida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi.
Parvozlar haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari zamonaviy va qulay Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Reyslar jadvali (mahalliy vaqt bilan):
Samarqand → Sochi: 05:05 – 06:50
Sochi → Samarqand: 08:00 – 13:15
O‘rtacha parvoz davomiyligi — 3 soat 15 daqiqa atrofida.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaaloqa O‘zbekiston fuqarolariga iliqqina Qora dengiz sohillariga yetib olishni osonlashtiradi. Sochi — bu faqat kurort va Rossiyaning yozgi dam olish poytaxti emas, balki rivojlangan infratuzilma, termal buloqlar, tog‘ manzaralari va butun oila uchun ko‘plab ko‘ngilochar joylarga ega shahar.
Qulay reys jadvali va Samarqandning qulay geografik joylashuvi tufayli yo‘nalish qo‘shni hududlardan boʻlgan sayyoh va yo‘lovchilar uchun ham ayni muddao bo‘ladi. Centrum Air barcha yo‘lovchilar toifasi uchun sifatli xizmat, moslashuvchan shartlar va qulay sayohatni taqdim etishga intilibbkelmoqda.
Aviachiptalar allaqachon aviakompaniyaning rasmiy centrum-air.com sayti hamda roʻyxatdan oʻtgan agentliklarda mavjud.
Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Mening bronlarim
Qo'llab-quvvatlash