O‘zbekistonning Centrum Air aviakompaniyasi Hindiston poytaxti – Dehliga muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishini e’lon qildi. Dastlabki parvozlar 2025-yil 3-oktyabrda amalga oshiriladi, reyslar haftasiga ikki marta zamonaviy va qulay Airbus A320 laynerlarida bajariladi.
Reyslar jadvali (mahalliy vaqt bilan)
Seshanba va juma kunlari
Toshkent 06:55 – Dehli 10:55
Dehli 12:10 – Toshkent 14:50
Centrum Air asoschisi va bosh direktori Abdullaziz Abdurahmonov shunday ta’kidladi:
«Biz uchun ushbu yo‘nalish – nafaqat yangi imkoniyatlar, balki mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga jiddiy hissa hamdir. Hindiston – bu turizm, biznes, tibbiyot, madaniyat. Centrum Air esa yurtdoshlarimiz va qoʻshni davlatlar fuqarolariga mintaqaning eng muhim hamkorlaridan biriga yanada yaqinroq boʻlishga koʻmaklashuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovni ochmoqda».
Qulay tranzit yo‘nalishlar
Boshqa davlatlar va shaharlardan kelayotgan yo‘lovchilar ham Toshkent orqali yangi yo‘nalishdan foydalanishlari mumkin boʻladi. Centrum Air Dehliga Olmaota, Moskva, Novosibirsk, Istanbul, Dubay, Tel-Aviv va Kopengagendan tutashuvchi qatnovlarni ham ta’minlaydi.
Hindiston bugungi kunda asosiy tibbiy turizm yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Hindiston Turizm vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil (yanvar–aprel) davrida mamlakat 131 856 nafar xorijiy sayyohni tibbiy vizalar bilan qabul qilgan, bu ko‘rsatkich shu davrda xalqaro vizalarning qariyb 4,1 foizini tashkil etgan. Davlatlar orasida O‘zbekiston ham bor: so‘nggi yillardagi o‘sish davomida 8 921 nafar turist tibbiy xizmat olish uchun tashrif buyurgan.
Chipta narxlari
Toshkent — Dehli: BASE — 2,3 mln so'mdan, OPTIMAL — 2,6 mln so'mdan
Dehli — Toshkent: BASE — 2,3 mln so'mdan, OPTIMAL — 2,6 mln so'mdan
Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Mening bronlarim
Qo'llab-quvvatlash