. UZS

Chiptani xarid qilishdan oldin, 'Kirish' tugmasini bosib saytdan ro'yhatdan o'ting (Bu sizga chiptangizga o'zgartirish kirgizishga imkon beradi).

news cover
18 October, 2025

Centrum Air Rossiyaga yangi yo‘nalishlarni ochmoqda

Qishki reyslar jadvaliga o‘tish doirasida Centrum Air aviakompaniyasi yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ygan holda Rossiyaga parvozlar geografiyasini kengaytirmoqda.

Toshkent — Sankt-Peterburg

27-oktabrdan boshlab Toshkentdan Sankt-Peterburgga muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Parvozlar haftasiga uch marta – seshanba, juma va yakshanba kunlari zamonaviy va qulay Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Bir tomonga bagaj bilan aviachipta narxi 2,6 mln so‘mdan boshlanadi.

Bundan tashqari, hozirda Urganchdan ham Sankt-Peterburgga chorshanba va shanba kunlari reyslar bajarilmoqda. Ushbu yo‘nalish Toshkent orqali Urganchdan tranzit tarzda amalga oshiriladi, bu esa parvozni poytaxt va O‘zbekistonning g‘arbiy hududlari aholisi uchun yanada qulay va arzon qiladi.

Sankt-Peterburg — Rossiyaning madaniy poytaxti va mamlakatdagi eng go‘zal shaharlaridan biri. Neva daryosi bo‘yidagi hashamatli sohillar, Ermitaj, «oq tunlar» manzarasi va XIX asr meʼmoriy ansambllari uni muhim turistik va ishbilarmonlik markaziga aylantiradi.

Toshkent — Grozniy

Centrum Air 28-oktabrdan boshlab Toshkentdan Grozniyga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar haftasiga ikki marta – chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Bir tomonga bagaj bilan aviachipta narxi 2,2 mln so‘mdan boshlanadi.

Grozniy — Checheniston Respublikasi poytaxti, boy tarix va o‘ziga xos madaniyatga ega zamonaviy shahar. Bugungi kunda u keng ko‘lamli o‘zgarishlar, mehmondo‘st aholisi hamda anʼanaviy va zamonaviy meʼmoriy uyg‘unligi bilan mashhur.

Buxoro — Vladivostok

5-noyabrdan boshlab Centrum Air 2025/26-yilgi qishki reyslar jadvali doirasida Buxoro — Vladivostok yo‘nalishini ochadi. Parvozlar haftasiga bir marta – chorshanba kuni Buxorodan va payshanba kuni Vladivostokdan amalga oshiriladi.

Yangi yo‘nalish O‘zbekistonning tarixiy durdonasi boʻlmish Buxoroni Rossiyaning Uzoq Sharqidagi eng yirik port shahri hisoblangan Vladivostok bilan bog‘laydi.

Vladivostok — Yapon dengizi sohilidagi yirik iqtisodiy va madaniy markaz bo‘lib, go‘zal tabiat, dengiz muhiti va faol ishbilarmonlik hayotini o‘zida mujassam etgan.

Bir tomonga bagaj bilan aviachipta narxi 5,1 mln so‘mdan boshlanadi.

Centrum Air O‘zbekiston hamda MDHning muhim mintaqalari o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlab, sayohatlarni yanada qulay va hamyonbop qigan holda yo‘nalishlar tarmo‘g‘ini kengaytirishda davom etadi.