blog

Joylar • 9 Iyun

Siz – Dombay markazidasiz

Mineralniye Vodi aeroportidan Dombaygacha bor-yo‘g‘i 210 km bo‘lib, uni avtobus, avtomobil yoki taksida osongina bosib o‘tish mumkin. Mana, siz bulutlar orasida g‘oyib bo‘lgan tog‘ cho‘qqilari orasida musaffo tog‘ havosidan nafas olasiz va quvvat oqimini his qilasiz. Haqiqiy sarguzashtlarga tayyormisiz? Har bir qadami yangi kashfiyotlarga olib boradigan Do‘mbayga xush kelibsiz!



Nimalar bilan shug‘ullanish mumkin?


1. Gumbashi dovoni manzarasidan bahramand bo‘lish.




2. Dombay posyolkasidagi osma ko‘prikdan yurib o‘tish.




3. 14 ta yo‘nalishdan biri boʻylab bir kunlik piyoda yurishga chiqish va cho‘qqini zabt etish.




4. Kanat yo‘li orqali eng baland nuqtaga – 3168 metrga koʻtarilish.




5. Teberda qo‘riqxonasi boʻylab sayr qilish.




6. Maftunkor Tumanli-Koʻl, Baduk, Qora-Koʻl koʻllarini tomosha qilish.




7. Sufrujskiy, Shumka, Alibek, Chuchxur yoki «Jodugar tegirmoni» sharsharalari fotokolleksiyasini toʻplash.




8. Haqiqiy muzliklarga qo‘l tekkizish.




9. 1000 yildan oshgan Shoan ibodatxonasini ko‘rish.




10. Dombay bozoridan suvenirlar xarid qilish.




11. Mussa-Achitara tog‘i yonbag‘rida «osmon argʻimchoqlari»da uchish.




12.«Uchar likopcha» ko‘rinishidagi noodatiy mehmonxonani ko‘rish.




13. Panoramali manzaraga ega qahvaxonada o‘tirish.




14. Teberda qishlog‘iga ekskursiyaga borish.




15. Tog‘ velosipedi, kvadrotsikl yoki jipda yoʻlsiz joylar boʻylab yurish.




16. Tajribali instruktor bilan birgalikda paraplanda uchish.




17. Amanauz, Gonachxir, Teberda daryolarida rafting qilish.




18. Rezavorlar – chernika, brusnika va malina terishga chiqish.




19. Tog‘ hammomida par qabul qilib, soʻngra muzdek hovuzga sakrash.




20. Qishda tog‘ chang‘i kurortida uchish.




Nimalarni tatib ko‘rish kerak?


1. Turli nachinkali: go‘shtli, pishloqli, lavlagi bargli xichinlar.

2. Qo‘y go‘shtidan taomlar.

3. Tog‘ foreli.

4. Kaboblar, qoʻtos go‘shtidan kabob uchrab qoladi.

5. Tog‘ choyi.



Nimalarni olib ketish kerak?


1. Dombay o‘simlik choyi.

2. Tog‘ manzaralari tushirilgan emalli krujka.

3. Qo‘lda to‘qilgan buyumlar.

4. Asal va murabbo, masalan, qarag‘ay gʻoʻddasidan.

5. «Balxam» – qarag‘ay smolasi, asal va eritilgan uy saryog‘idan iborat kavkazcha aralashma.