blog

Madaniyat • 3 Iyun

Tabiat bilan birlashish

Tabiat qoʻyniga sayr va qulaylik bir-biriga mutlaqo mos kelmaydigan narsalardek tuyuladi. Ammo, qulaylikka intiladigan kishilar tabiatda hordiq chiqarishga nisbatan yangicha yondashuvni topishdi. Uning nomi – glemping.



Glemping bu – turizmning tabiat va hashamatni birlashtirgan muqobil turi. Uning nomi «glamorous» va «camping» soʻzlarining yigʻindisidan paydo boʻlgan. U ilk bor 2005 yilda Buyuk Britaniyada qoʻllangan, 2016 yilda esa, Oksford lugʻatiga kiritilgan.


Kempingni chodirlardan iborat lager bilan adashtirmang.


Glemping tushunchasining kirib kelshi uzoq oʻrta asrlarga, safarlarda davlat rahbarlari va zodagonlar uchun barcha qulaylik va sharoitlarga ega chodirlar hozirlangan paytga borib taqaladi. Aslida, bu tabiat qoʻynidagi haqiqiy eng kichik saroylar boʻlgan. Bizga kelib, turizmning bu turi XX asr oxirida yirik musiqa festivallari oʻtkazilishi bilan rivojlana boshladi. Mashhur ijrochilarning muxlislari tunni mashina va chodirlarda oʻtkazardi va albatta, bundan hammaning ham koʻngli toʻlmas edi. Noqulaylik hissi - taraqqiyotning asosiy omili boʻlgani bois, yaxshiroq sharoitlarni taqdim qiluvchi joylar paydo boʻla boshladi.


Bugungi kunda, glamping oʻz hayotini issiq vannasiz tasavvur qila olmaydigan, ammo, vaqtini shahar shovqinidan uzoqroqda oʻtkazishni istaganlar uchun ochiq havoda dam olishning eng maqbul turiga aylandi. Unga boʻlgan katta talab oddiy safari-tentlardan tortib, hashamatli chodirlar va har xil geometrik konstruksiyalargacha boʻlgan turli talqinlarning paydo boʻlishiga turtki berdi. 


Ularning asosiy turlarni koʻrib chiqamiz:

 

1) Bell tent – tayanch ustuniga oʻrnatilgan odatdagi mato chodirlar. Lyuks variant emas, ammo, qulay krovat va yashash uchun zarur bo’lgan eng kam sharoitlarga ega.



2) Safari tent – xuddi yuqorida aytib otilgan sharoitlar, lekin yogʻoch taxtasupaga oʻrnatilgan va odatda chiroyli ayvonga ega chodirlar.



3) Chodir, oʻtov va boshqa anʼanaviy turar joylar. Ular chodirlarga qaraganda kengroq va mustahkamroq boʻlib, yil davomida yashash imkonini beradi. 



4) Yogʻochdan yasalgan kulbalar - katta derazalari boʻlgan odatdagi imoratlar. Koʻpincha A-Frame uslubidagi – taxtasupaga oʻrnatilgan «A» harfi shaklidagi yogʻoch uylar uchraydi. Odatda, tom ostidagi ikkala tomoni ham oynavand boʻlib, bunda sayyoh tabiiy yorugʻlik va keng atrof manzaralaridan bahra olishi mumkin.



5) Geometriya – zamonaviy va gʻayrioddiy, baʼzan hatto futuristik koʻrinadigan shar, kub va boshqa konstruksiyalar. Eng ommabop shakl – geogumbaz.



6) Transport – bizga pop madaniyati tufayli tanilgan, vagoncha va avtouylar bilan ifodalanadigan glemping turi. Biroq, kema yoki samolyotlar shaklida yaratilgan gʻayrioddiy koʻrinishlariga ham duch kelish mumkin. 



Shuningdek, izbing – yogʻochdan yasalgan kulbalardagi hordiq ham mavjud.


Glemping faqatgina sanab o’tilgan turlari bilan cheklanib qolmaydi, barchasi ijodkorning tasavvuriga bogʻliq. Turli mamlakatlarda tik qoyaga oʻrnatilgan shaffof kapsula-xonalar; daraxtlardagi oynavon uylar; shimol yogʻdushini tomosha qilish uchun qulay shisha oʻtovlar; oʻrmon ichida joylashgan pufak-xonalarni uchratish mumkin. Asosiy talab – elektr energiyasi, santexnika va baʼzan kecha-yu kunduz xizmat koʻrsatish bilan qulaylik yaratish.


Hordiq chiqarishning bu turini tanqid qiluvchilar ham topilishi mumkin, chunki unda tabiat qo’ynida vaqt oʻtkazishning asosiy gʻoyasi – hayotning tabiiy boshiga qaytish yoʻqoladi. Ammo, shahar hayotining joʻshqin oqimida yashaydigan va oʻz qoʻli bilan olov yoqishi talab qilinqdigan bunday dam olishga moslashmagan odamlarning aksariyatiga, glemping shovqin surondan dam olish uchun yagona imkoniyatdir. Axir, hamma ham oʻz ixtiyori bilan baliq ovlash uchun odatlangan qulay sharoitlaridan voz kechadimi? Nima boʻlganda ham, glemping zamonaviy odam uchun tabiat bilan «hashamatli» tarzda yolgʻiz qolish va eksklyuziv taassurotlar olish imkonini beradigan istiqbolli biznesga aylanmoqda.