Istanbul – har bir ko‘chasi tarix bilan nafas oladigan, ziravorlar va yangi pishirilgan simit hidi ufurib turadigan butun bir dunyo. Bu yerda zamonaviy tramvaylar qadimiy masjidlar yonidan yelib o‘tadi, Bosfor to‘lqinlari esa minglab tabassumlarni qarshi oladi. Tovushlar, ta’mlar va taassurotlar kaleydoskopiga sho‘ng‘ing: bizning gidimiz sizga bu yorqin, ko‘p qirrali shaharda o‘tkazib yubormaslik kerak bo‘lgan hamma narsani ko‘rsatadi.
Nimalar qilish mumkin?
1. Bosfor bo‘ylab kemada sayr qilish va chagʻalaylarga non tashlash.
2. Istiqlol ko‘chasi boʻylab qizil tramvayda sayr qilish.
3. Mumtoz yo‘nalish: shahar ramzi – Galata minorasi + doimo baliqchilar turadigan Galata ko‘prigini oʻzlashtirish.
4. Moviy masjid, Ayya Sofiya yoki Sulaymaniye kabi mashhur masjidlarga tashrif buyurish.
5. Yer osti suv omborlariga tushish: eng mashhurlaridan – Yerebatan va Nakkash.
6. Istanbuldagi eng katta yangi masjid – Chamlija masjidini ziyorat qilish.
7. Grand Bazar bozorida xarid qilish.
8. Topkapı yoki Dolmabahçe saroylariga tashrif buyurish.
9. Gulhane bog‘ida sayr qilish – ayniqsa bahorda, lolalar festivali paytida.
10. Miniturk bog‘ida mashhur obidalar nusxalarini tomosha qilish.
11. Istiqlol koʻchasi yaqinidagi Mandabatmaz yoki Grand Bazardagi Ethem Tezçakar Kahveci kabi tarixiy qahvaxonalarga nazar tashlash.
12. Chamlija tepaligida (Çamlica Hill) yoki boshqa manzarali joylarda quyosh botishini tomosha qilish.
13. Tarixiy liboslarda chagʻalaylar bilan hamda tomlardan birida Bosfor manzarasida fotosessiya tashkil etish.
14. Shahzoda orollariga bir yoki ikki kunlik sayohat uyushtirish.
15. Hordiq chiqarish uchun hammomga borish.
16. Sohil bo‘ylarida, masalan, Salajak yoki Uskudar sihillarida sayr qilish.
17. Zamonaviy san’at makonlari, masalan, SALT Galata bilan tanishish.
18. Kitob do‘konlarini kezish – Istanbulda ular juda koʻp.
19. Faqat markazdagi emas, boshqa: Fanar, Balat, Kadikoy, Kuzgunchuk mahallalarini ham kashf qilish.
20. Mahalliy, masalan Kadikoʻyda ko‘cha san’ati namunalari bilan tanishish.
Nimalarni tatib ko‘rish kerak - Turkcha nonushta; - Hafız Mustafa shirinliklari, Baylan’dagi rahat-lokum, KOSKA shirinliklari; - Simit – kunjutli teshikkulcha; - Balık ekmek – qovurilgan baliqli sendvich; - Dondurma – cho‘ziluvchan turkcha muzqaymoq. Nimalarni olib kelish kerak - Hafız Mustafa do‘konlaridan sharqona shirinliklar; - Turk choyi; - Vanna uchun ipakdan tayyorlangan kese piling qo‘lqopi; - Tekstil, masalan, sochiqlar; - Nazar tegishiga qarshi bonjuk koʻzmunchoqlari.