blog

Maslahatlar • 4 Iyun

Faqatgina Budda ikki marta kechiradi

BAA bojxona qonunlari murakkab boʻlib, rasmiy ravishda faqat arab tilida nashr qilinga. Centrum Air kompaniyasi oʻz yoʻlovchilariga gʻamxoʻrlik qilish, ularni bojxonadan oʻtishda muammolarga duch kelmasliklari uchun Dubayga olib kirish ruxsat etilgan va taqiqlangan narsalarning roʻyxatini tayyorladi.



Olib kirish taqiqlangan narsalar


Birlashgan Arab Amirliklari  hayoti diniy etika va axloqqa asoslangan davlat boʻlgani uchun, u yerda diniy qonun-qoidalarga zid boʻlgan narsalarga jiddiy munosabatda boʻlinadi.


Bagajingizni hozirlashdan avval quyida keltirilgan narsalarga alohida eʼtibor bering, chunki ular mamlakatga kirishingizga imkon bermaydi:

- erotik mazmundagi kitoblar va jurnallar;

- poker fishkalari toʻplami, oʻyin toshlari va qartalar hamda boshqa qimor atributlari.


Agar Dubayda kim bilandir hazillashmoqchi boʻlsangiz, ehtiyot boʻlganingiz maʼqul, chunki qalbaki pul va hujjatlarni, umuman olganda — har qanday shakldagi qalbakilashtirilgan narsani olib kirish taqiqlanadi.


Eksklyuziv sovgʻalarga toʻxtaladigan boʻlsak, bu yerda ham oʻziga xos xususiyatlar mavjud boʻlib, muzlatilgan parranda goʻshti, fil suyagi va karkidon shoxidan yasalgan buyum, dekorativ qurol, sigareta shaklidagi konfetlarni oʻtkaza olmaysiz.



Olib kirishga ruxsat berilgan narsalar


BAA Turizm vazirligi mamlakat mehmonlari uchun maxsus ayrim kichik istisnolarni joriy etgan: tamaki mahsulotlari — 400 donagacha sigaret yoki 500 grammgacha trubka tamakisi yoki 50 dona sigara; 4 litrgacha pivo yoki ikki quti spirtli ichimliklarni olib kirishga ruxsat beriladi. Bunda, har bir qutida 355 millilitrgacha boʻlgan 24 donadan ortiq banka boʻlmasligi kerak.


BAA shaharlarida spirtli ichimliklarni olib kirish qoidalari bir-biridan farq qiladi:

* Abu-Dabiga 4 litrgacha yoki 1 quti pivo olib kirish mumkin. Har bir bunday qutida 24 tagacha banka boʻlishi mumkin.

* Sharjaga 4 litrgacha spirtli ichimliklar olib kirish mumkin, oʻtkirligi muhim emas.


Doʻstlaringiz va yaqinlaringizni sovgʻalar bilan xursand qilishni istasangiz, eʼtiborli boʻling, chunki, ularning umumiy qiymati 3000 dirham (taxminan 800 dollar) dan ortiq bo’lishi kerak emas.


Yaqindan buyon sayyohlar dori-darmon, ichimlik yoki oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida giyohvand moddalarni olib oʻtishga urinishda jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadigan bo’ldi. Ushbu tuzatish sayyohlar BAAning qatʼiy qonunlaridan kamroq qoʻrqishi uchun aynan turizm sohasi manfaatini ko’zlab qabul qilingan. Biroq, bagajdagi barcha narsalar «shaxsiy va notijorat maqsadlarda foydalanish uchun» tushunchasiga mos kelishi muhim, aks holda, ularni bojsiz olib oʻtish taqiqlanadi.



Dori-darmonlar


BAAda taqiqlangan va nazorat qilinadigan dorilar roʻyxatida yuzlab dorilarning nomlari mavjud. Dori-darmonlarni olib kirishga ruxsat olish uchun BAA Sogʻliqni saqlash vazirligining veb-saytidagi shaklni toʻldirishingiz kerak. Agar siz biror dori taqiqlanmaganiga ishonch hosil qilishni istasangiz, ushbu saytdan foydalaning:

mohap.gov.ae



Uy hayvonlari


Uy hayvonlari, qushlar, baliqlar, oʻsimliklar va urugʻlar, shuningdek, dronlar, bosma va taqdimot uskunalarini olib oʻtish uchun BAA Tabiiy resurslar vazirligidan maxsus ruxsatnoma olishingiz kerak boʻladi: eservices.moccae.gov.ae



Deklaratsiya talab qilinadigan narsalar


- kitoblar, videokassetalar, fotosuratlar, CD va DVD disklar. Bu diniy ekstremizmning tarqalishiga qarshi qaratilgan choralardir;

- qiymati 3000 dirhamdan (taxminan 800 dollar) oshadigan sovgʻalar;

- har qanday dori-darmon;

- pichoq va boshqa kesuvchi-sanchiluvchi buyumlar.



Deklaratsiya talab qilinmaydi


- naqd pul, sayohat cheklari, umumiy qiymati 60 000 dirhamgacha (taxminan 16.000 dollar) boʻlgan zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallarni deklaratsiyasiz olib oʻtish mumkin.



Yodda tuting, olib kirishga qoʻyilgan taqiqlarning hatto bitta bandining buzilishi jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin. Eʼtiborli boʻling va oʻzingizni ehtiyot qiling.