. UZS

Centrum Air WTM London’da: aviakompaniya xalqaro turistik ko‘rgazmada ishtirok etdi

Centrum Air WTM London’da: aviakompaniya xalqaro turistik ko‘rgazmada ishtirok etdi

6 Noyabr, 2025

Centrum Air’ning 3–5-noyabr kunlari WTM London ko‘rgazmasidagi ishtiroki xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, O‘zbekistonning turistik salohiyatini targ‘ib qilish va turoperatorlar hamda aviatsiya agentliklari bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Forum doirasida aviakompaniya yo‘lovchilar va hamkorlar uchun yangi yo‘nalish va imkoniyatlarni taqdim etdi, shuningdek, Yevropaga parvozlar tarmog‘ini kengaytirish rejalari hamda qo‘shma turistik tashabbuslarda ishtirok etish masalalarini muhokama qildi.


Shu tariqa, Centrum Air G‘arb va Sharqni bog‘lab, Toshkentning Markaziy Osiyoning dinamik rivojlanayotgan aviatsiya xabi sifatidagi mavqeini mustahkamlagan holda o‘z xalqaro tarmog‘ini strategik ravishda kengaytirishda davom etmoqda.

Ishtirokning asosiy maqsadi — Centrum Air brendining xalqaro miqyosdagi tanilish darajasini oshirish, ishonchli va zamonaviy tashuvchi imidjini mustahkamlash hamda O‘zbekistonning aviatsiya va turizm sektorini rivojlantirishga hissa qo‘shishdan iboratdir.


WTM London — dunyo turizm sanoatidagi yirik yillik tadbirlardan biri bo‘lib, aviakompaniyalar, turoperatorlar, agentliklar, mehmonxonalar va davlat turizm tashkilotlari vakillarini birlashtiradi. Forum an’anaviy ravishda Buyuk Britaniya poytaxtida o‘tkazilib, biznes aloqalarni o‘rnatish, tajriba almashish hamda yangi yo‘nalish va mahsulotlarni taqdim etish uchun muhim maydon vazifasini bajaradi.

Barcha so'nggi yangiliklar bilan tanish bo'lish uchun bizning Instagram sahifamizga obuna bo'ling.

Boshqa yangiliklar:

Centrum Air floti yangi Airbus A321neo bilan to‘ldirildi

Centrum Air floti yangi Airbus A321neo bilan to‘ldirildi

Centrum Air aviakompaniyasi yangi Airbus A321neo samolyotini qabul qilib oldi. Mazkur layner aviatashuvchi parkidagi 14-havo kemasi boʻldi. Ro‘yxat raqami UK32133 bo‘lgan samolyot 17-yanvar kuni Lyublyanadan (Sloveniya) uchib keldi va Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.Airbus A321neo — yangi avlodga mansub zamonaviy o‘rta masofali samolyot bo‘lib, Airbus A320 oilasining avvalgi modellariga qaraganda yuqori yoqilg‘i tejamkorligi va parvoz masofasining uzaytirilganligi bilan ajralib turadi. Yangi dvigatellar va takomillashtirilgan aerodinamikadan foydalanish yoqilg‘i sarfi hamda zararli chiqindilar darajasini kamaytirish imkonini beradi, bu esa aviakompaniyaning barqaror rivojlanish strategiyasiga mos keladi.Samolyotning to‘liq ekonom-klass tipidagi 221 yo‘lovchi o‘rniga mo‘ljallangani uni yuqori talabga ega bo‘lgan reyslarni amalga oshirish uchun maqbul yechimga aylantiradi. Airbus A320 bilan solishtirganda uzaytirilgan parvoz masofasi yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish va havo kemasidan uzoqroq yo‘nalishlarda foydalanish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochadi.Centrum Air kompaniyasi Airbus A321neo samolyotidan Uzoq Sharq, Yevropa va yuqori sig‘im hamda parvoz masofasi talab etiladigan boshqa xalqaro yo‘nalishlarda foydalanishni rejalashtirmoqda.Yangi samolyotning qabul qilib olinishi aviakompaniyaning barqaror o‘sish va faol rivojlanish strategiyasi doirasidagi navbatdagi qadam bo‘ldi. Centrum Air izchil ravishda flotini kengaytirib, zamonaviy va samarali havo kemalariga investitsiya kiritmoqda, bu esa operatsion samaradorlikni va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkonini beradi.

16 Yanvar, 2026

Centrum Air aviakompaniyaning uch yilligi munosabati bilan aviachiptalarga 18% chegirma eʼlon qiladi

Centrum Air aviakompaniyaning uch yilligi munosabati bilan aviachiptalarga 18% chegirma eʼlon qiladi

O‘zbekistonning yirik xususiy aviatashuvchisi hisoblangan Centrum Air o‘zining uch yilligi munosabati bilan maxsus aksiyani ishga tushirayotganini eʼlon qiladi.2026-yil 17–19-yanvar kunlari yo‘lovchilarga aviakompaniyaning barcha muntazam yo‘nalishlari bo‘yicha aviachiptalarga 18% chegirma taqdim etiladi. Chegirma aksiya muddati davomida aviachiptalarni xarid qilish jarayonida avtomat tarzda qo‘llaniladi. Parvoz sanalari cheklanmagan, yo‘lovchilar sayohat uchun istalgan qulay vaqtni tanlashlari mumkin.Chegirmali aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy centrum-air.com sayti va rasmiy Telegram Mini App orqali xarid qilish mumkin.Aksiya cheklangan muddatlarda davom etadi – 2026-yil 17–19-yanvar kunlari.Centrum Air tashkil topganining uch yilligini nishonlar ekan, ushbu voqeani o‘z yo‘lovchilari bilan baham ko‘radi va qulay shartlarda sayohatni oldindan rejalashtirish imkonini taqdim etadi.

16 Yanvar, 2026

Centrum Air ekipaji «Yoqimli mushuklar» boshpanasiga tashrif buyurib, yilni ezgu ishlar bilan boshladi

Centrum Air ekipaji «Yoqimli mushuklar» boshpanasiga tashrif buyurib, yilni ezgu ishlar bilan boshladi

Ketma-ket ikkinchi yil Centrum Air jamoasi yangi yilni ezgu ishlar — Toshkentdagi boshpanaga tashrif bilan boshlamoqda. Uchuvchi va bort kuzatuvchilari Centrum xoldingi nomidan boshpanaga yem, dori-darmonlar hamda uning paxmoq parvarishlanuvchilari uchun zarur bo‘lgan boshqa buyumlarni topshirdi. Bunday uchrashuvlar jamoamiz uchun ezgu anʼanaga va nafaqat koʻmak koʻrsatish, balki har kuni uysiz qolgan jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilayotganlarni shaxsan qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ham aylandi. Zero, har bir shunday tashabbus kichik doʻstlarimizga nisbatan yanada g‘amxo‘r va masʼuliyatli munosabatni shakllantirishga qo‘shilgan hissadir. Centrum Air barcha befarq bo‘lmaganlarni ushbu ezgu tashabbusga qo‘shilishga chorlab qoladi. Yordam berishning turli yoʻllari mavjud: toʻrt oyoqli do‘stlardan biriga uy sovg‘a qilish, boshpanani moliyaviy jihatdan, yem yoki vaksinalar bilan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ushbu loyiha haqida ijtimoiy tarmoqlarda ulashib, undan imkon qadar ko‘proq odam xabardor bo‘lishiga hissa qo‘shish mumkin. Keling, yilni birgalikda ezgu ishlar bilan boshlaylik, chunki aynan ular dunyoni yanada goʻzalroq qiladi.

13 Yanvar, 2026

Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari