. UZS

Centrum Air aviakompaniyasi yangi Airbus A321neo samolyotini qabul qilib oldi. Mazkur layner aviatashuvchi parkidagi 14-havo kemasi boʻldi. Ro‘yxat raqami UK32133 bo‘lgan samolyot 17-yanvar kuni Lyublyanadan (Sloveniya) uchib keldi va Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
Airbus A321neo — yangi avlodga mansub zamonaviy o‘rta masofali samolyot bo‘lib, Airbus A320 oilasining avvalgi modellariga qaraganda yuqori yoqilg‘i tejamkorligi va parvoz masofasining uzaytirilganligi bilan ajralib turadi. Yangi dvigatellar va takomillashtirilgan aerodinamikadan foydalanish yoqilg‘i sarfi hamda zararli chiqindilar darajasini kamaytirish imkonini beradi, bu esa aviakompaniyaning barqaror rivojlanish strategiyasiga mos keladi.
Samolyotning to‘liq ekonom-klass tipidagi 221 yo‘lovchi o‘rniga mo‘ljallangani uni yuqori talabga ega bo‘lgan reyslarni amalga oshirish uchun maqbul yechimga aylantiradi. Airbus A320 bilan solishtirganda uzaytirilgan parvoz masofasi yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish va havo kemasidan uzoqroq yo‘nalishlarda foydalanish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochadi.
Centrum Air kompaniyasi Airbus A321neo samolyotidan Uzoq Sharq, Yevropa va yuqori sig‘im hamda parvoz masofasi talab etiladigan boshqa xalqaro yo‘nalishlarda foydalanishni rejalashtirmoqda.
Yangi samolyotning qabul qilib olinishi aviakompaniyaning barqaror o‘sish va faol rivojlanish strategiyasi doirasidagi navbatdagi qadam bo‘ldi. Centrum Air izchil ravishda flotini kengaytirib, zamonaviy va samarali havo kemalariga investitsiya kiritmoqda, bu esa operatsion samaradorlikni va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkonini beradi.

Yo‘lovchilar qulayligi va xavfsizligi uchun Centrum Air reyslarida samolyot saloniga qo‘l yukini olib kirish bo‘yicha yagona me’yorlar amal qiladi.Har bir yo‘lovchi vazni 8 kg gacha bo‘lgan bir dona qo‘l yukini bortga bepul olishi mumkin.Umumiy o‘lchamlar 115 sm dan oshmasligi kerak, tavsiya etilgan o‘lcham – 55 × 35 × 25 sm. Hisob-kitobga barcha elementlar: cho‘ntaklar, tutqichlar va g‘ildiraklar kiritiladi.Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida qo‘l yukiga maxsus birka yopishtiriladi.Aeroportda qo‘l yuki kalibrator yordamida tekshirilishi mumkin: sumka uning ichiga erkin sig‘ishi lozim. Samolyotga chiqish vaqtida ham takroriy tekshiruv amalga oshirilishi mumkin.Salonda qo‘l yuki oldindagi o‘rindiq ostiga yoki yuk tokchasiga joylashtiriladi. Standart qo‘l yuki o‘rniga ixcham buklanadigan bolalar aravachasini (trost-kolyaska) tashishga ruxsat beriladi.Belgilangan me’yordan tashqari, yo‘lovchilar qo‘shimcha ravishda quyidagilarni o‘zlari bilan olishlari mumkin:kichikroq ryukzak, ayollar sumkasi yoki noutbuk sumkasi (30 × 40 × 10 sm gacha),yopinchiq,mutolaa uchun materiallar,bolalar taomi,soyabon yoki hassa,Duty Free do‘koni xaridlari solingan bitta paket.Ushbu buyumlar asosiy qo‘l yukini o‘lchashda hisobga olinmaydi.Qo‘l yuki belgilangan miqdor, vazn yoki o‘lcham me’yorlaridan oshsa, uni ro‘yxatdan o‘tish peshaxonasida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagaj sifatida rasmiylashtirish lozim. Bunday holda tariflarga muvofiq qo‘shimcha to‘lov talab qilinishi mumkin.Qo‘l yuki o‘lchamlari va vazniga rioya qilish — barcha yo‘lovchilarning qulayligi hamda reyslarni o‘z vaqtida amalga oshirishning muhim shartidir.Bagaj va qo‘l yukini tashish me’yorlari haqida batafsil ma’lumotlar elektron marshrut kvitansiyangiz, shuningdek, Centrum Air rasmiy saytida mavjud.
16 Fevral, 2026

Centrum Air aviakompaniyasi ichki reyslar uchun ro‘yxatdan o‘tishni yopish va bortga chiqishni yakunlash vaqtlarini o‘zgartirdi.Ro‘yxatdan o‘tish parvozga 45 daqiqa qolganida yopiladi;Samolyotga chiqish parvozga 25 daqiqa qolganida yakunlanadi.O‘zgarishlar reyslar punktualligini oshirish va jadvalning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashga qaratilgan. Yangi qoidalar mahalliy yo‘nalishlarga, jumladan, Urganch (Xiva), Nukus, Buxoro va Termiz shaharlariga amalga oshiriladigan parvozlarga taalluqlidir. Yo‘lovchilarga barcha parvozoldi jarayonlaridan xotirjam o‘tishlari uchun aeroportga vaqtliroq kelish tavsiya etiladi.Centrum Air o‘z yo‘lovchilari uchun parvozlar jadvali barqarorligi, qulaylik va yuqori darajadagi xizmatni ta’minlash maqsadida operatsion jarayonlarni takomillashtirishda davom etadi.
26 Yanvar, 2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqinda Pokistonga amalga oshirgan tashrifi doirasidagi nutqida ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni kengaytirish masalasini alohida ta’kidlab, joriy yil aprel oyidan boshlab Centrum Air Lahor yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘yishini, My Freighter esa Karachiga yuk tashuvlarini ochishini qayd etdi.Yangi yo‘nalishlar ishbilarmonlik, turizm va logistika aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.«Centrum Air va My Freighter loyihalari davlatlararo kun tartibining bir qismiga aylanayotgani hamda mintaqaning transport bog‘liqligini rivojlantirishga hissa qo‘shayotgani biz uchun katta sharaf. O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash jarayonining bir qismi bo‘layotganimizdan chin dildan xursandmiz. Yangi yo‘nalishlarning ochilishi bu shunchaki parvozlar geografiyasini kengaytirish emas, balki biznes, turizm va hududlarimizning qo‘shma rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydigan barqaror “havo ko‘prigi”ni shakllantirish hamdir», – dedi Centrum Holding asoschisi va bosh direktori Abdulaziz Abdurahmanov.
9 Fevral, 2026
© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan