Jennifer Lopesning "Up All Night – LIVE IN 2025" jahon gastrollari bu yilgi eng yorqin musiqiy tadbirlardan biri bo‘lishini va’da qilmoqda. Afsonaviy pop-diva o‘z muxlislari uchun bir necha qit’alarni, jumladan, Sharq va Markaziy Osiyoni qamrab oladigan ajoyib shou tayyorladi.
2025-yilning 4-iyulidan 10-avgustiga qadar Jey Lo muxlislari uning chiqishlarini o‘n bir mamlakatda tomosha qilishlari mumkin bo‘lib, u yerda eng yirik stadion va maydonlarda unutilmas lahzalar yaratiladi. Ushbu ulkan shouning bir qismi bo‘lish uchun esa Centrum Air qanotlarida sayohat qilish kifoya - o‘zingiz uchun qulay va shinam parvozni ta’minlang. 29-iyul – Abu-Dabi, BAA Stadion: Etihad Arena, Yas Island Boshlanish vaqti: 19:00 (GMT+4) 5-avgust – Istanbul, Turkiya (Istanbul festivali doirasida) Maydon: Yenikapı bog‘i Boshlanish vaqti: 16:00 (GMT+3) 7-avgust – Toshkent, O‘zbekiston Maydon: "Milliy" ("Bunyodkor") Boshlanish vaqti: 19:00 (GMT+5) 10-avgust – Olmaota, Qozog‘iston Maydon: Central Stadium Boshlanish vaqti: 19:00 (GMT+6) Jennifer Lopesni jonli ko‘rish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Bu butun dunyo bo‘ylab muxlislar uchun Jey Lo sehridan bahramand bo‘lish, uning mashhur xitlarini tinglash va san’atkorning tashrif qog‘oziga aylangan ajoyib raqs chiqishlarini ko‘rish uchun noyob imkoniyat bo‘ladi. Abu-Dabi, Istanbul, Toshkent va Olmaotadagi konsertlarga chiptalar allaqachon sotuvga chiqdi va ularga talab juda yuqori. Yangilanishlarni kuzatib boring va ushbu ulkan tadbirning bir qismi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!