blog

O‘zbekiston • 22 May

O‘zbekiston kutilmagan tomondan

Har bir mamlakat haqida g‘ayrioddiy ma’lumotlarni bilib olish mumkin, O‘zbekiston ham bundan mustasno emas. Ajoyib yurtimizni yangi, kutilmagan tomondan ko‘rishga yordam beradigan tafsilotlar bilan tanishishni taklif etamiz.

 


Mintaqaning eng qadimiy va yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Toshkent nafaqat tarixi, balki ko’lami bilan ham hayratda qoldiradi. Bugungi kunda uning maydoni 334 kvadrat kilometrni tashkil qiladi, aholisi esa 3 million kishidan oshadi. U aholi soni bo‘yicha MDH shaharlari orasida faxrli 4-o‘rinni egallaydi. 2009-yilda toshkentliklar shaharning 2200 yilligini nishonladilar, ayni vaqtda esa, 2750 yoshli Samarqand Rim bilan tengdosh hisoblanadi.

 

O‘zbekiston hududida eng qadimgi odamlar manzilgohlarining izlari topilgan. Masalan, yoshi kamida 50 ming yil bo‘lgan neandertal qoldiqlari va eng qadimgi topilgan petrogliflar mezolit davriga (miloddan avvalgi 15000-6000-yillar) oid.

 

O‘zbekistonda Navoiy, Jizzax va Angren sanoat zonalari mavjud. Biroq bu bilan cheklanib qolmaydi - ufqda Qo‘qon, Urgut va G‘ijduvonda yangi zonalar paydo bo‘lmoqda.

 

O‘zbekiston – ochiq eshiklar mamlakati: 2023-yilda respublikamizga 6,6 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi. Asosan MDH mamlakatlari: Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyadan, shuningdek, Turkiya, Hindiston, Xitoy va Yevropadan keluvchilar soni tobora ortib bormoqda.

 


Sirdaryo – Markaziy Osiyoning eng uzun daryosi bo‘lib, bir necha davlatlar: Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Qozog‘iston hududidan oqib o‘tadi. Bu hayot arteriyasining uzunligi 2200 kilometrdan oshadi.





Chorsu bozori – shunchaki savdo maydoni emas, balki VIII asrdayoq boshlangan jonli tarix. Bundan tashqari, u Markaziy Osiyodagi eng yirik bozorlardan biri sanaladi. Bozorning nomi uning tuzilish xususiyatidan kelib chiqqan: forscha "Chorsu" to‘rt yo‘l va gumbazsimon binoga kirish mumkin bo‘lgan shuncha kirish joyi degan ma’noni anglatadi.





Toshkent metropoliteni 1977-yilda ochilgan va uzoq vaqt davomida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan. Murakkab va noyob seysmotektonik, geologik va iqlim sharoitlari tufayli, qurilishda sobiq SSSR ning oltita shahri va Yaponiya tajribasi qo‘llanilgan. Ko‘plab stansiyalarni bezatishda Nurota, G‘ozg‘on marmarlari va o‘zbek granitidan foydalanilgan.



 


Hisor tizmasi – O‘zbekistonning eng baland nuqtasi. Hazrati Sulton tog‘i tizmaning cho‘qqisida joylashgan bo’lib, uning dengiz sathidan balandligi 4643 metrga yetadi. 

Tog‘ tizmasining janubi-g‘arbida Hisor davlat qo‘riqxonasi joylashgan, u yerda yo‘qolib borayotgan hayvonlar va qushlar muhofaza qilinadi: Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i, oq tirnoqli ayiq, qor qoploni, Turkiston silovsini, O‘rta Osiyo suvsarlari, O‘rta Osiyo kobrasi, qoraburgut, qor tasmasimon qushi, burgut, oq boshli qumoy, qora tasma, itolg‘i, mitti burgut va boshqalar.




 

Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetida arab, fors va turk tillaridagi o‘rta asr qo‘lyozmalarining eng yirik to‘plamlaridan biri – 25 000 dan ortiq nusxasi saqlanadi. Bu haqiqiy xazinalar kutubxonasi bo‘lib, uzoq o‘tmishga nazar tashlash imkonini beradi.


 

O‘zbekiston – televideniyening vatani. Aynan shu yerda 1928-yil 26-iyulda birinchi marta masofadan turib tasvir uzatilgan.




 

Asakadagi UzAuto Motors zavodi – Markaziy Osiyodagi yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchisi, u yiliga 250 000 dan ortiq avtomobil ishlab chiqaradi.




 

Tuyamo‘yin suv ombori – Markaziy Osiyodagi eng katta sun’iy ko‘l bo‘lib, O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida joylashgan.





O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng uzun tezyurar temir yo‘l tarmog‘iga ega. "Afrosiyob" poyezdlari mamlakatning asosiy shaharlarini bog‘laydi va tirbandlik hamda kechikishlarni unutish imkonini beradigan tezligi bilan maqtana oladi.





Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng baland teleminora joylashgan bo‘lib, u balandligi bo‘yicha dunyoda 11-o‘rinni egallaydi. Uning kuzatish maydonchasidan bu balandlikka chiqishga arzigulik ajoyib manzaralar ko’rinib turadi.



 


O‘zbekiston hududining qariyb 20 foizini tog‘lar egallaydi, ular ajoyib manzaralar va faol dam olish uchun imkoniyatlarni taklif etadi.



 


Oltin zaxiralari bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda faqat Janubiy Afrika, AQSH va Rossiyadan keyin to‘rtinchi o‘rinda, oltin qazib olish bo‘yicha esa MDH davlatlari orasida Rossiyadan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Qizilqum cho‘lidagi Muruntov koni sayyoramizdagi eng yirik konlardan biridir.