blog

Joylar • 5 Iyun

Siz – Bangkok markazidasiz

Tailandning eng yorqin va serqirra qismiga - qadimiy ibodatxonalar zamonaviy osmono‘par binolar bilan yonma-yon joylashgan, gavjum bozorlarning ko‘cha taomlaridan taralayotgan xushbo‘y hidlar maftun etadigan ziddiyatlar shahri Bangkokka xush kelibsiz. Sarguzashtlarga tayyormisiz? Sizni kanallar bo‘ylab sayrlar, orollar, saroylar va pazandalik durdonalari kutmoqda. Bizning yo‘riqnomamizga amal qiling - shunda Bangkokdagi dam olishingiz haqiqiy kashfiyotga aylanadi!



Nimalar qilish mumkin? 


1. Qirollik saroyi va Vat Pxra Keo (Zumrad Budda ibodatxonasi) go‘zalligidan bahra olish. 




2. Ulkan Oltin Buddani ko‘rish.




3. Vat Arun, Yotgan Budda va Oltin Tog‘ ibodatxonalariga tashrif buyurish.




4. Kaosan Road asosiy ko‘chasida tun bo‘yi sayr qilish.




5. Asiatique The Riverfront’da oqshomni o‘tkazish – shopping qilish va Asiatique Sky tomosha charxpalagida uchish.




6. Xitoy mahallasi bagʻriga shoʻngʻish.




7. Panoramali maydonchadan quyosh botishini tomosha qilish.




8. Benjakiti yoki Lumpini bog‘larida sayr qilish.




9. Bangkok ichidagi Ko Kret oroliga suzib borish.




10. Bangkok Milliy muzeyida mamlakat tarixini o‘rganish.




11. Jim Tompsonning noodatiy Uy-muzeyiga tashrif – u tay ipagi sanoatiga asos solgan. 




12. Chao Prayya daryosi boʻylab kruiz sayriga chiqish.




13. Suzuvchi bozorda ekzotik muhitni his qilish.




14. Tay massajini sinab ko‘rish.




15. Rang-barang tuk-tuklarga minish.




16. Siam Paragon va Iconsiam savdo markazlarida adashib qolish.




17. Muang Boran muzeyida barcha mashhur tarixiy inshootlarning maketlarini ko‘rish.




18. Erawan milliy bog‘idagi sharsharalarni tomosha qilish.




19. Qadimgi Bangkok poytaxti – Ayuttayya shahriga tashrif buyurish.




20. Safari World hayvonot bog‘ida barcha hayvonlarni sanash.




Nimalarni tatib ko‘rish kerak?


- Som Tam – yashil papayadan tayyorlangan salat;

- Pad Tay – qovurilgan guruchli vermisheldan milliy taom;

- Tom Yam Gung – qisqichbaqali milliy sho‘rva;

- Tovuq va baliqdan kabobchalar;

- Mango-stiki-rays – kokos suti va mango sousli guruch.



Nimalarni xarid qilish kerak?


- Tay ipaklari;

- Maz va balzamlar;

- Parvarishlovchi kosmetika;

- Marvaridli taqinchoqlar;

- Tay shirinliklari va mevalari.



Bilasizmi…


Bangkok ko‘cha taomlari bo‘yicha dunyodagi eng mazali ovqatlar reytingida bir necha bor birinchi o‘rinni egallagan.

Bangkok “Osiyo ibodatxonalar poytaxti” va “Sharq Venetsiya” deb ataladi, chunki u yerda juda ko‘p kanallar mavjud.