. UZS

Centrum Air Toshkent aeroportida o‘zining birinchi aviakassasini ochdi

Centrum Air Toshkent aeroportida o‘zining birinchi aviakassasini ochdi

2 Fevral, 2026

Centrum Air aviakompaniyasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti hududida o‘zining birinchi aviakassasini ishga tushirdi. Bu yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish va oflayn qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Rasmiy tantanali ochilish marosimi 2026-yil 2-fevral kuni bo‘lib o‘tdi.


Mehmonlar va yo‘lovchilar uchun bayramona dastur tashkil etildi: ko‘ngilochar qism hamda aeroport va aviakompaniya vakillarining tantanali chiqishlari bo‘lib o‘tdi. Ayniqsa, Centrum Air’ning asosiy ramzlaridan biri — Sentrik maskoti alohida e’tiborni tortdi. U mehmonlarni kutib oldi, yo‘lovchilar bilan suratga tushdi va haqiqiy sayohat bayrami muhitini yaratdi.

Aviakassaning asosiy vazifasi aviachiptalarni sotish va yo‘lovchilarga tezkor qo‘llab-quvvatlashdan iborat: yordamlashish, maslahatlar berish va «shu yerda va hozir» xizmati.

Kassada quyidagilarni amalga oshirish mumkin:

  • chiptalarni rasmiylashtirish va almashtirish;

  • parvozni yanada qulay o‘tkazish uchun salondan qulay o‘rinlarni tanlash;

  • navbatda kutish vaqtini qisqartirish uchun ustuvor ro‘yxatdan o‘tish xizmatini xarid qilish;

  • me’yordan ortiq bagaj va qo‘l yuklari uchun to‘lash.

Shu tariqa, yo‘lovchilar parvozdan oldin aksariyat masalalarni tez va bir joyning o‘zida hal qilib, vaqtlarini tejash hamda safarlarini yanada xotirjam amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.


Kelajakda aviakassada sayohat uchun sug‘urta rasmiylashtirish va eSIM xarid qilish imkoniyati ham paydo bo‘ladi. Ushbu xizmatlar yo‘lovchilarga xorijda o‘zlarini yanada ishonchli his qilishlariga yordam beradi: sug‘urta kutilmagan holatlarda moliyaviy himoyani ta’minlaydi, eSIM esa mahalliy operatorlarni izlamasdan, yetib borish bilanoq aloqada qolish va internetdan foydalanish imkonini beradi.

Aviakompaniya sayohatlarni bosqichma-bosqich yanada qulay va hammabop qilib borar ekan, bir vaqtning o‘zida xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasi hamda individual yondashuvni ham saqlab qolmoqda. Yangi xizmat ko‘rsatish nuqtasi foydali tariflarni qo‘shimcha xizmatlar bilan uyg‘unlashtirish hamda yo‘lovchilarga chipta sotib olishdan to yetib borishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda yordam berishga, oddiy, tushunarli va qulay sayohat ekotizimini shakllantirishga xizmat qiladi.




Barcha so'nggi yangiliklar bilan tanish bo'lish uchun bizning Instagram sahifamizga obuna bo'ling.

Boshqa yangiliklar:

Centrum Air Jahon chempionatida g‘alabaga erishgan o‘zbekistonlik xokkeychilarini Toshkentga olib keldi

Centrum Air Jahon chempionatida g‘alabaga erishgan o‘zbekistonlik xokkeychilarini Toshkentga olib keldi

Centrum Air aviakompaniyasi 10-mart kuni Guanchjoudan qaytayotgan o‘zbekistonlik xokkeychilarni Toshkentga olib keldi. Sportchilar vatanga aviakompaniyaning muntazam reysi bilan yetib kelishdi. Poytaxt xalqaro aeroportida jamoani muxlislar, sport hamjamiyati vakillari va rasmiylar kutib oldi.Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi (U18) Gonkongda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida muvaffaqiyatli natijani qayd etishdi. Uchinchi divizion "A" guruhi turnirining hal qiluvchi o‘yinida o‘zbekistonlik xokkeychilar Isroil terma jamoasi ustidan 6:3 hisobida ishonchli g‘alaba qozonib, musobaqaning oltin medallarini qo‘lga kiritishdi. Turnir yakunlariga ko‘ra, terma jamoa 11 ochko jamg‘ardi va kelasi mavsumda jahon birinchiligining ikkinchi divizion "B" guruhida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.Aviakompaniya mamlakatda sportni rivojlantirishda izchil ishtirok etib kelmoqda. Sportchilarni qo‘llab-quvvatlash aviakompaniya ijtimoiy missiyasining bir qismi hisoblanadi. Xususan, Centrum Air O‘zbekiston basketbol federatsiyasining rasmiy hamkori, “Andijon” futbol klubining titul homiysi hisoblanadi. O‘tgan yili Centrum Air xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, vatanga qaytayotgan o‘zbekistonlik paralimpiyachilarnitashishni ta’minlagan edi.

10 Mart, 2026

Centrum Air repatriatsiya reyslarini amalga oshirishda davom etmoqda

Centrum Air repatriatsiya reyslarini amalga oshirishda davom etmoqda

8-mart kuni aviakompaniya Ar-Riyod – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha repatriatsiya reysini amalga oshirdi. Mazkur reys bilan 6-mart kuni Doha – Toshkent yo‘nalishida ucha olmagan yo‘lovchilarning qaytishi ta’minlandi. C63020 raqamli maxsus reys parvoz tashkil etilayotgan vaqtda Doha aeroporti yopiq bo‘lgani sababli Ar-Riyoddan bajarildi. Buning uchun yo‘lovchilar dastlab Saudiya Arabistoni poytaxtiga yetkazildi va u yerdan aviakompaniya ularning Toshkentga parvozini tashkil qildi.Aviakompaniya aviatsiya rasmiylari va aeroport xizmatlari bilan muvofiqlashtirilgan holda parvoz xavfsizligi va yo‘lovchilarning O‘zbekistonga qaytishini ta’minladi.Ushbu ishlarning davomi sifatida 10-mart kuni Ar-Riyod – Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha reys rejalashtirilgan:10-martC63020 Ar-Riyod 06:00 – Toshkent 14:00Mazkur reys O‘zbekiston Respublikasining Qatar Davlati va Saudiya Arabistoni Podshohligidagi elchixonalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashabbusi bilan mintaqadagi fuqarolarni olib chiqish uchun tashkil etildi. Yo‘lovchilarning bir qismi Qatarga boshqa aviakompaniya reyslari bilan kelgan bo‘lib, hozirda Centrum Air ko‘magida O‘zbekistonga qaytish imkoniyatini kutmoqda.Parvozlar xavfsizligi va kutilmagan vaziyatlarda yo‘lovchilarni qo‘llab-quvvatlash aviakompaniyaning ustuvor vazifasi bo‘lib qoladi.Centrum Air yo‘lovchilarga tushunganlari va ishonch uchun minnatdorchilik bildiradi.

7 Mart, 2026

Centrum Air aviakompaniyasining rasmiy xabari

Centrum Air aviakompaniyasining rasmiy xabari

Yaqin Sharqdagi joriy vaziyat munosabati bilan Centrum Air aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi aeroportlaridan Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar va Isroil aeroportlariga muntazam reyslarni amalga oshirishni vaqtincha to‘xtatadi. Hozirgi vaqtda aviakompaniya faqat 2026-yil 28-fevralga qadar uchib ketgan yo‘lovchilarni O‘zbekistonga qaytarish maqsadida reyslarni amalga oshirmoqda. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklar va moliyaviy xatarlarning oldini olish uchun faqat tekshirilgan ma’lumot manbalaridan foydalanishni hamda tekshirilmagan vositachilarga murojaat qilishdan tiyilishingizni qat’iy tavsiya qilamiz. Barcha masalalar bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling: ✉️ CUSTOMERCARE@centrum-air.com 📞 +998 55 518 88 88 Aviakompaniya vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etadi va barcha o‘zgarishlar haqida yo‘lovchilarga qo‘shimcha ma’lumot beradi.

3 Mart, 2026

Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari