. UZS

Centrum Air aviakompaniyasining rasmiy xabari

Centrum Air aviakompaniyasining rasmiy xabari

3 Mart, 2026

Yaqin Sharqdagi joriy vaziyat munosabati bilan Centrum Air aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi aeroportlaridan Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar va Isroil aeroportlariga muntazam reyslarni amalga oshirishni vaqtincha to‘xtatadi.


Hozirgi vaqtda aviakompaniya faqat 2026-yil 28-fevralga qadar uchib ketgan yo‘lovchilarni O‘zbekistonga qaytarish maqsadida reyslarni amalga oshirmoqda.


Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklar va moliyaviy xatarlarning oldini olish uchun faqat tekshirilgan ma’lumot manbalaridan foydalanishni hamda tekshirilmagan vositachilarga murojaat qilishdan tiyilishingizni qat’iy tavsiya qilamiz.


Barcha masalalar bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling:

✉️ CUSTOMERCARE@centrum-air.com

📞 +998 55 518 88 88


Aviakompaniya vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etadi va barcha o‘zgarishlar haqida yo‘lovchilarga qo‘shimcha ma’lumot beradi.

Barcha so'nggi yangiliklar bilan tanish bo'lish uchun bizning Instagram sahifamizga obuna bo'ling.

Boshqa yangiliklar:

Centrum Air Jahon chempionatida g‘alabaga erishgan o‘zbekistonlik xokkeychilarini Toshkentga olib keldi

Centrum Air Jahon chempionatida g‘alabaga erishgan o‘zbekistonlik xokkeychilarini Toshkentga olib keldi

Centrum Air aviakompaniyasi 10-mart kuni Guanchjoudan qaytayotgan o‘zbekistonlik xokkeychilarni Toshkentga olib keldi. Sportchilar vatanga aviakompaniyaning muntazam reysi bilan yetib kelishdi. Poytaxt xalqaro aeroportida jamoani muxlislar, sport hamjamiyati vakillari va rasmiylar kutib oldi.Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi (U18) Gonkongda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida muvaffaqiyatli natijani qayd etishdi. Uchinchi divizion "A" guruhi turnirining hal qiluvchi o‘yinida o‘zbekistonlik xokkeychilar Isroil terma jamoasi ustidan 6:3 hisobida ishonchli g‘alaba qozonib, musobaqaning oltin medallarini qo‘lga kiritishdi. Turnir yakunlariga ko‘ra, terma jamoa 11 ochko jamg‘ardi va kelasi mavsumda jahon birinchiligining ikkinchi divizion "B" guruhida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.Aviakompaniya mamlakatda sportni rivojlantirishda izchil ishtirok etib kelmoqda. Sportchilarni qo‘llab-quvvatlash aviakompaniya ijtimoiy missiyasining bir qismi hisoblanadi. Xususan, Centrum Air O‘zbekiston basketbol federatsiyasining rasmiy hamkori, “Andijon” futbol klubining titul homiysi hisoblanadi. O‘tgan yili Centrum Air xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, vatanga qaytayotgan o‘zbekistonlik paralimpiyachilarnitashishni ta’minlagan edi.

10 Mart, 2026

Centrum Air repatriatsiya reyslarini amalga oshirishda davom etmoqda

Centrum Air repatriatsiya reyslarini amalga oshirishda davom etmoqda

8-mart kuni aviakompaniya Ar-Riyod – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha repatriatsiya reysini amalga oshirdi. Mazkur reys bilan 6-mart kuni Doha – Toshkent yo‘nalishida ucha olmagan yo‘lovchilarning qaytishi ta’minlandi. C63020 raqamli maxsus reys parvoz tashkil etilayotgan vaqtda Doha aeroporti yopiq bo‘lgani sababli Ar-Riyoddan bajarildi. Buning uchun yo‘lovchilar dastlab Saudiya Arabistoni poytaxtiga yetkazildi va u yerdan aviakompaniya ularning Toshkentga parvozini tashkil qildi.Aviakompaniya aviatsiya rasmiylari va aeroport xizmatlari bilan muvofiqlashtirilgan holda parvoz xavfsizligi va yo‘lovchilarning O‘zbekistonga qaytishini ta’minladi.Ushbu ishlarning davomi sifatida 10-mart kuni Ar-Riyod – Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha reys rejalashtirilgan:10-martC63020 Ar-Riyod 06:00 – Toshkent 14:00Mazkur reys O‘zbekiston Respublikasining Qatar Davlati va Saudiya Arabistoni Podshohligidagi elchixonalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashabbusi bilan mintaqadagi fuqarolarni olib chiqish uchun tashkil etildi. Yo‘lovchilarning bir qismi Qatarga boshqa aviakompaniya reyslari bilan kelgan bo‘lib, hozirda Centrum Air ko‘magida O‘zbekistonga qaytish imkoniyatini kutmoqda.Parvozlar xavfsizligi va kutilmagan vaziyatlarda yo‘lovchilarni qo‘llab-quvvatlash aviakompaniyaning ustuvor vazifasi bo‘lib qoladi.Centrum Air yo‘lovchilarga tushunganlari va ishonch uchun minnatdorchilik bildiradi.

7 Mart, 2026

Centrum Air aviakompaniyasining rasmiy xabari

Centrum Air aviakompaniyasining rasmiy xabari

4 va 6-mart kunlari Dubaydan (4-mart) C6352 va Dohadan (6-mart) C63342 vatanga qaytarish reyslari Toshkentga amalga oshiriladi. 4-mart (mahalliy vaqt bilan) C6352 Dubay 10:25 — Toshkent 15:20 6-mart (mahalliy vaqt bilan) C63342 Doha 10:00 — Toshkent 15:15 Dubaydan reys faqat 28-fevral va 1-mart kunlari quyidagi reyslar bilan uchib keta olmagan yo‘lovchilarni olib chiqish uchun tashkil etilgan: 28-fevral C6322 Dubay — Toshkent C6358 Dubay — Samarqand 1-mart C6352 Dubay — Toshkent Call-markaz mutaxassislari yo‘lovchilar bilan bog‘lanib, zarur ma’lumotlarni taqdim etadi. Barcha masalalar bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling: ✉️ CUSTOMERCARE@centrum-air.com 📞 +998 55 518 88 88 Centrum Air ehtimoliy noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va yo‘lovchilarga tushunganlari uchun minnatdorchilik bildiradi.

3 Mart, 2026

Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari