. UZS

Kirish talablari

Ba’zi mamlakatlarga kirishdagi alohida talablar

Xorijiy davlatlarning immigratsiya organlari tomonidan mamlakatga kirishni rad etish xavfini kamaytirish maqsadida Centrum Air yo‘lovchilariga borish mamlakatining vakolatli organlari talabiga binoan quyidagi ma’lumot va hujjatlarni taqdim etishga tayyor bo‘lish tavsiya etiladi:

  • tashrif maqsadining aniq ifodalanganligi;
  • borish mamlakatida bo‘lish uchun yetarli mablag‘ mavjudligining tasdig‘i;
  • qabul qiluvchi tomon haqida ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa);
  • turar joy tasdig‘i (manzil, mehmonxona bandlovi, taklifnoma va h.k.).

O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga muvofiq, yo‘lovchi o‘zi bilan birga jo‘nash, tranzit va borish mamlakati qonunchiligida nazarda tutilgan barcha haqiqiy sayohat hujjatlari, vizalar, tibbiy va boshqa hujjatlarga ega bo‘lishi shart.

Yo‘lovchining tranzit yoki borish mamlakatidan deportatsiya qilinishining oldini olish maqsadida tashuvchi zarur hujjatlarni taqdim etmagan yoki belgilangan talablarga javob bermaydigan hujjatlarni taqdim etgan yo‘lovchini tashishni rad etish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 103-moddasiga binoan, yo‘lovchi tomonidan jo‘nash, borish yoki tranzit mamlakati qonunchiligi bilan belgilangan bojxona, chegara, sanitariya-karantin va boshqa talablar buzilgan taqdirda, tashuvchi yo‘nalishning istalgan nuqtasida yo‘lovchi, bagaj yoki yukni havo orqali tashish shartnomasini bekor qilish huquqiga ega.

Yo‘lovchining javobgarligi

Yo‘lovchi quyidagilar uchun to‘liq javobgar hisoblanadi:

  • borish mamlakatining immigratsiya, viza va boshqa talablariga rioya qilish;
  • vakolatli organlar tomonidan so‘raladigan hujjat va ma’lumotlarning mavjudligi, haqiqiyligi hamda to‘g‘riligi.

Aviakompaniya xorijiy davlatlarning immigratsiya organlari qabul qilgan qarorlar, jumladan, mamlakatga kirish, tranzit yoki bo‘lishning rad etilishi uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi.

Tegishli davlat qonunchiligi talablariga rioya qilinmaganligi yoki zarur hujjatlar mavjud emasligi sababli mamlakatga kirish rad etilgan taqdirda, tashuvchi yo‘lovchini ortga qaytarish bilan bog‘liq xarajatlarni, shu jumladan, aviachiptaning foydalanilmagan qismi hisobidan undirish huquqiga ega.

Gruziyaga uchayotgan yo‘lovchilar uchun ma’lumot

Gruziya davlat organlari tomonidan mamlakatga kirish taqiqlanishining oldini olish uchun yo‘lovchilar quyidagilarga amal qilishlari zarur:

  1. Gruziya qonunchiligida mamlakatga kirish uchun nazarda tutilgan haqiqiy hujjatlarga ega bo‘lish.
  2. Safar maqsadi haqida to‘g‘ri ma’lumot berish.
  3. Gruziyada yashash va ortga qaytish uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘lish.
  4. Amaldagi tibbiy sug‘urta polisi yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tibbiy xarajatlarni qoplash uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘lish.
  5. Ilgari Gruziyaga kirishi taqiqlangan shaxslar ro‘yxatida bo‘lmaslik, shuningdek, migratsiya qonunchiligini buzganlik uchun to‘lanmagan jarimalarga ega bo‘lmaslik.

Ushbu talablarga rioya qilinmagan taqdirda, yo‘lovchi Gruziya qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladi va qo‘shimcha moliyaviy xarajatlarga duch kelishi mumkin.

Gruziya davlat organlarining majburiy talablariga rioya qilishingizni so‘raymiz.

Hindistonga uchayotgan yo‘lovchilar uchun ma’lumot

Elektron kirish kartasi (Disembarkation Card)

2025-yil 1-oktyabrdan boshlab Hindistonga tashrif buyuruvchi yo‘lovchilar yetib kelishidan kamida 72 soat oldin majburiy tartibda elektron kirish kartasini (Disembarkation Card) to‘ldirishlari shart.

Xorijiy fuqarolar elektron kartani rasmiy resurslar orqali onlayn to‘ldirishlari mumkin:

Birlashgan Arab Amirliklariga uchayotgan yo‘lovchilar uchun ma’lumot

Pasportning amal qilish muddatiga qo‘yiladigan talablar

Birlashgan Arab Amirliklariga kirishning immigratsiya talablariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatga kirgan sanadan boshlab amal qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmagan xorijga chiqish pasportiga ega bo‘lishlari shart.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun, agar bo‘lish muddati 30 kalendar kunidan oshmasa, BAAga kirish uchun viza talab qilinmaydi.

Batafsil va dolzarb ma’lumotlar BAA Tashqi ishlar vazirligining rasmiy portaliga joylashtirilgan

Turkiyaga kirishda pasportning amal qilish muddatiga qo‘yiladigan talablar

2015-yil 1-yanvardan boshlab 6458-sonli “Chet elliklar va xalqaro himoya to‘g‘risida”gi Qonunning 7.1(b)-moddasiga muvofiq, chet el fuqarolari ruxsat etilgan bo‘lish muddati tugaganidan keyin kamida 60 kun amal qiladigan xorijga chiqish pasportiga ega bo‘lishi shart:

  • viza;
  • elektron viza;
  • vizasiz rejim;
  • yashash ruxsatnomasi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun:

Turkiya Respublikasiga vizasiz kirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatga kirgan sanadan boshlab amal qilish muddati kamida 150 kun bo‘lgan xorijga chiqish pasportiga ega bo‘lishlari shart.

Qo‘shimcha ma’lumot

Borish yoki tranzit mamlakatlariga kirish uchun sayohat hujjatlariga qo‘yiladigan dolzarb talablar bilan IATA rasmiy resursida tanishishingiz mumkin: iatatravelcentre.com

Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari