. UZS

O‘zbekistonning eng yirik xususiy aviakompaniyasi va "Centrum Holding" xalqaro aviatsiya-logistika xoldingi tarkibiga kiruvchi Centrum Air 2026-yil bahor-yoz jadvali doirasida o‘zining ilk Yevropa yo‘nalishi — Frankfurtga muntazam reyslar yo‘lga qo‘yilishini e’lon qiladi. Yevropaga parvozlarning ochilishi kompaniya tarixidagi muhim voqea va xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirishdagi salmoqli qadamdir.
Centrum Air 2026-yil 30-martdan boshlab haftasiga ikki marta — dushanba va juma kunlari parvozlarni amalga oshiradi. Parvoz vaqti Toshkentdan Frankfurtga taxminan 7 soat 15 daqiqa, Frankfurtdan Toshkentga esa 5 soat 30 daqiqani tashkil etadi.
Reyslar shovqin darajasi pastligi, yoqilg‘i tejamkorligi va salonining yuqori qulayligi bilan ajralib turuvchi zamonaviy Airbus A321neo havo kemalarida bajariladi. Borish-qaytish chiptasining minimal narxi 6 200 000 so‘mdan boshlanadi va bu narx 23 kg gacha ro‘yxatdan o‘tgan bagajni o‘z ichiga oladi.
Frankfurt yo‘nalishining ishga tushirilishi Centrum Air tarmog‘ini kengaytirish bilan bir qatorda, Yevropa va O‘zbekiston o‘rtasidagi turistik hamda ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston — Buyuk Ipak yo‘li markazida joylashgan boy tarixiy va madaniy merosga ega mamlakatdir. Samarqand, Buxoro va Xiva kabi shaharlar YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, har yili dunyoning turli burchaklaridan minglab sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi.
Mamlakat madaniy turizm bilan bir qatorda, gastronomik sayohatlar, biznes turizmi va xalqaro tadbirlar o‘tkazish yo‘nalishi sifatida ham faol rivojlanmoqda. Mehmonlarga zamonaviy infratuzilma, yuqori darajadagi servis va an’anaviy sharqona mehmondo‘stlik taklif etiladi.
Centrum Holding asoschisi va bosh direktori Abdulaziz Abduraxmonov shunday dedi:
Centrum Air aviakompaniyasi 10-mart kuni Guanchjoudan qaytayotgan o‘zbekistonlik xokkeychilarni Toshkentga olib keldi. Sportchilar vatanga aviakompaniyaning muntazam reysi bilan yetib kelishdi. Poytaxt xalqaro aeroportida jamoani muxlislar, sport hamjamiyati vakillari va rasmiylar kutib oldi.Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi (U18) Gonkongda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida muvaffaqiyatli natijani qayd etishdi. Uchinchi divizion "A" guruhi turnirining hal qiluvchi o‘yinida o‘zbekistonlik xokkeychilar Isroil terma jamoasi ustidan 6:3 hisobida ishonchli g‘alaba qozonib, musobaqaning oltin medallarini qo‘lga kiritishdi. Turnir yakunlariga ko‘ra, terma jamoa 11 ochko jamg‘ardi va kelasi mavsumda jahon birinchiligining ikkinchi divizion "B" guruhida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.Aviakompaniya mamlakatda sportni rivojlantirishda izchil ishtirok etib kelmoqda. Sportchilarni qo‘llab-quvvatlash aviakompaniya ijtimoiy missiyasining bir qismi hisoblanadi. Xususan, Centrum Air O‘zbekiston basketbol federatsiyasining rasmiy hamkori, “Andijon” futbol klubining titul homiysi hisoblanadi. O‘tgan yili Centrum Air xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, vatanga qaytayotgan o‘zbekistonlik paralimpiyachilarnitashishni ta’minlagan edi.
10 Mart, 2026

8-mart kuni aviakompaniya Ar-Riyod – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha repatriatsiya reysini amalga oshirdi. Mazkur reys bilan 6-mart kuni Doha – Toshkent yo‘nalishida ucha olmagan yo‘lovchilarning qaytishi ta’minlandi. C63020 raqamli maxsus reys parvoz tashkil etilayotgan vaqtda Doha aeroporti yopiq bo‘lgani sababli Ar-Riyoddan bajarildi. Buning uchun yo‘lovchilar dastlab Saudiya Arabistoni poytaxtiga yetkazildi va u yerdan aviakompaniya ularning Toshkentga parvozini tashkil qildi.Aviakompaniya aviatsiya rasmiylari va aeroport xizmatlari bilan muvofiqlashtirilgan holda parvoz xavfsizligi va yo‘lovchilarning O‘zbekistonga qaytishini ta’minladi.Ushbu ishlarning davomi sifatida 10-mart kuni Ar-Riyod – Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha reys rejalashtirilgan:10-martC63020 Ar-Riyod 06:00 – Toshkent 14:00Mazkur reys O‘zbekiston Respublikasining Qatar Davlati va Saudiya Arabistoni Podshohligidagi elchixonalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashabbusi bilan mintaqadagi fuqarolarni olib chiqish uchun tashkil etildi. Yo‘lovchilarning bir qismi Qatarga boshqa aviakompaniya reyslari bilan kelgan bo‘lib, hozirda Centrum Air ko‘magida O‘zbekistonga qaytish imkoniyatini kutmoqda.Parvozlar xavfsizligi va kutilmagan vaziyatlarda yo‘lovchilarni qo‘llab-quvvatlash aviakompaniyaning ustuvor vazifasi bo‘lib qoladi.Centrum Air yo‘lovchilarga tushunganlari va ishonch uchun minnatdorchilik bildiradi.
7 Mart, 2026

Yaqin Sharqdagi joriy vaziyat munosabati bilan Centrum Air aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi aeroportlaridan Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar va Isroil aeroportlariga muntazam reyslarni amalga oshirishni vaqtincha to‘xtatadi. Hozirgi vaqtda aviakompaniya faqat 2026-yil 28-fevralga qadar uchib ketgan yo‘lovchilarni O‘zbekistonga qaytarish maqsadida reyslarni amalga oshirmoqda. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklar va moliyaviy xatarlarning oldini olish uchun faqat tekshirilgan ma’lumot manbalaridan foydalanishni hamda tekshirilmagan vositachilarga murojaat qilishdan tiyilishingizni qat’iy tavsiya qilamiz. Barcha masalalar bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling: ✉️ CUSTOMERCARE@centrum-air.com 📞 +998 55 518 88 88 Aviakompaniya vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etadi va barcha o‘zgarishlar haqida yo‘lovchilarga qo‘shimcha ma’lumot beradi.
3 Mart, 2026
© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan