Bepul bagaj tashish me’yori
Ushbu sahifada qo‘l yuki va bagajni bepul tashish qoidalari tarif va parvoz yo‘nalishiga ko‘ra keltirilgan.

Base ta’rifi
Base ta’rifi bo‘yicha bagaj – pulli
Optimal ta’rifi
Bepul bagaj – 23 kg gacha
Comfort ta’rifi
Bepul bagaj – 32 kg gacha
Bepul bagaj me’yori tarif sinfi va yo‘nalishga bog‘liq. Yo‘lovchilarga odatda quyidagilarni tashishga ruxsat beriladi:
Ro‘yxatdan o‘tgan bagaj (bagaj bo‘limiga):
Belgilangan miqdordagi ro‘yxatdan o‘tgan sumkalar (masalan, 1 yoki 2 o‘rin), har biri 23 kg / 32 kg gacha (tashish me’yori yo‘nalishga bog‘liq) va 158 sm gacha (uzunlik + kenglik + balandlik yig‘indisi)
Qo‘l yuki (salonga):
8 kg gacha va 115 sm gacha (55х35х25 sm) bo‘lgan bitta qo‘l yuki joyi bu uzunlik + kenglik + balandlikning yig‘indisidir. U aeroportdagi maxsus ramkada tekshiriladi — barcha qo‘l yuki unga bemalol sig‘ishi kerak.
Yo‘lovchi ko‘рsatilgan 1 dona qo‘l yukidan tashqari, o‘zi bilan birga shaxsiy buyumlar uchun ayollar sumkasi yoki erkaklar sumkasi (o‘lchami 30х40х20 sm dan oshmagan, og‘irligi 3 kg gacha), choyshab, o‘qish uchun materiallar, bolalar taomi, soyabon, hassa yoki boj olinmaydigan savdo do‘konidan (duty-free) xarid qilingan bitta paketni tashish huquqiga ega, u faqat ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng duty-free hududida xarid qilingan bo‘lishi va duty-free qoidalariga muvofiq rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak. Kompaniya ushbu tovar xarid qilinganini tasdiqlovchi chekni taqdim etishni so‘rash huquqiga ega.
Qo‘shimcha buyum samolyot o‘rindig‘i ostiga sig‘ishi kerak.
Eng ko‘p beriladigan savollar
Qanday qilib chipta band qilish mumkin?
Chipta band qilishning quyidagi usullari mavjud:
- rasmiy saytimiz orqali;
- qo‘llab-quvvatlash xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib;
- rasmiy hamkorlar va agentliklar orqali.
Chipta xarid qilishdan oldin albatta saytimizda ro‘yxatdan o‘ting. Ro‘yxatdan o‘tgach, kerakli sana, yo‘nalish va xizmat sinfini tanlang, keyin bosqichma-bosqich ko‘rsatmalarga amal qilib, bandlovni yakunlang.
Chiptani qanday o‘zgartirish yoki bekor qilish mumkin?
Chipta faqat u xarid qilingan joyda o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi. Agarda saytimiz orqali xarid qilgan bo‘lsangiz, shaxsiy kabinet orqali yoki qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilib, o‘zgartirish kiritishingiz mumkin. Qaytarish va o‘zgarishlar shartlari tanlangan tarifga bog‘liq.
Qo‘llab-quvvatlash xizmatiga qanday bog‘lanish mumkin?
Siz bizning qo‘llab-quvvatlash xizmatimiz bilan +998 55 518 88 88 telefon raqami orqali bog‘lanishingiz mumkin. Bizning jamoamiz har doim sizga yordam berishga va barcha savollaringizga javob berishga tayyor.