Priority
Bu ro'yxatdan o'tish va bortga chiqishni tez hamda navbatlarsiz amalga oshirish imkoniyatidır.

Xizmat tarkibiga nimalar kiradi
Ustuvor ro'yxatdan o'tish
Yo'lovchi alohida peshtaxta yoki maxsus navbatdan foydalangan holda ro'yxatdan tezroq o'tadi.

Ustuvor bortga chiqish
Yo'lovchi bortga birinchilardan bo'lib chiqish, qulay joy tanlash va shoshilmasdan joylashib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Bagajni imtiyozli topshirish
Bagajingizga ustuvor ishlov berish uchun belgi qo'yiladi, natijada u birinchi bo'lib yuklanadi va topshirish joyiga tezroq yetkaziladi.

Nima uchun tanlash kerak
Alohida navbat / ro'yxatdan o'tish peshtaxtasi
Bortga chiqish talonini tezkor rasmiylashtirish
Bagajni imtiyozli topshirish
Vaqtni tejash va qulaylik
Parvoz oldidan stressni kamaytirish
Bolalar bilan sayohat qilishda qulaylik
Qanday rasmiylashtiriladi
1
Chipta sotib olayotganda sana, yo'nalish va tarifni tanlang.
2
Yo'lovchi yoki yo'lovchilar haqidagi ma'lumotlarni to'ldiring.
3
Qo'shimcha xizmatlarni tanlash bosqichida sahifaning chap qismidagi «Qo'shimcha xizmatlar» bo'limiga o'ting va Priority xizmatini tanlang.
4
«Qo'shish» tugmasini bosib, Priority xizmatini qo'shing, so'ng rasmiylashtirishning keyingi bosqichiga o'tish uchun «Davom etish» tugmasini bosing.
Eng ko‘p beriladigan savollar
Qanday qilib chipta band qilish mumkin?
Chipta band qilishning quyidagi usullari mavjud:
- rasmiy saytimiz orqali;
- qo‘llab-quvvatlash xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib;
- rasmiy hamkorlar va agentliklar orqali.
Chipta xarid qilishdan oldin albatta saytimizda ro‘yxatdan o‘ting. Ro‘yxatdan o‘tgach, kerakli sana, yo‘nalish va xizmat sinfini tanlang, keyin bosqichma-bosqich ko‘rsatmalarga amal qilib, bandlovni yakunlang.
Chiptani qanday o‘zgartirish yoki bekor qilish mumkin?
Chipta faqat u xarid qilingan joyda o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi. Agarda saytimiz orqali xarid qilgan bo‘lsangiz, shaxsiy kabinet orqali yoki qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilib, o‘zgartirish kiritishingiz mumkin. Qaytarish va o‘zgarishlar shartlari tanlangan tarifga bog‘liq.
Qo‘llab-quvvatlash xizmatiga qanday bog‘lanish mumkin?
Siz bizning qo‘llab-quvvatlash xizmatimiz bilan +998 55 518 88 88 telefon raqami orqali bog‘lanishingiz mumkin. Bizning jamoamiz har doim sizga yordam berishga va barcha savollaringizga javob berishga tayyor.