MAXFIYLIK SIYOSATI
PDF yuklab olish"Centrum Air" savdo belgisi ostida faoliyat olib boruvchi "MY FREIGHTER" mas'uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o'rinlarda– Aviakompaniya) o'z mijozlarining maxfiylikka bo'lgan huquqlarini e'tirof etadi va himoyalaydi. Mazkur Maxfiylik siyosati Aviakompaniya tomonidan mijozlarning shaxsiy ma'lumotlarini to'plash va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. Maxfiylik siyosati shuningdek, Aviakompaniya tomonidan shaxsiy ma'lumotlarga ishlov berish shartlari va maqsadlarini yoritish orqali, shaxsiy ma'lumotlarni himoyalash choralarini qayd etadi. Ushbu Maxfiylik siyosati www.centrum-air.com rasmiy sayti orqali (aviachiptalar va qo'shimcha xizmatlar) xarid qilishda yoki aviakompaniya chiptalari va xizmatlari savdosini amalga oshiruvchi uchinchi shaxslar orqali xarid qilishda shaxsiy ma'lumotlar subyektlari tomonidan Aviakompaniya bilan tuzilgan havo transportida yo'lovchi va yuk tashishga doir barcha shartnomalarga yoki iste'molchilik tusidagi boshqa shartnomalarga nisbatan tatbiq etiladi.
Maxfiylik siyosati Aviakompaniya tomonidan to'plangan ma'lumotlargagina nisbatan qo'llaniladi.
Mijozlar va boshqa manfaatdor shaxslar ushbu Maxfiylik siyosati bilan tanishtirilgan bo'lishlari, va Aviakompaniya tomonidan olingan shaxsiy ma'lumotlar, ularni qo'llash bosqichlari va maqsadlari, hamda shaxsiy ma'lumotlarga nisbatan o'z huquqlari haqida xabardor qilingan bo'lishlari lozim. Shaxsiy ma'lumotlarni Aviakompaniyaga taqdim qilish orqali, mijoz ushbu Maxfiylik siyosatiga va ushbu Maxfiylik siyosatida ta'riflangan maqsadlarda uning shaxsiy ma'lumotlarini to'plash, qo'llash, oshkor qilish, kirish, almashish, uzatish, saqlash va ishlov berishga o'z roziligini beradi. Mijozning o'z shaxsiy ma'lumotlarini uzatishga roziligi Aviakompaniyaning korporativ veb-sayti, mobil ilovasi va sotuv ofislari, agentlari, kontakt-markazlari orqali xizmatlarni taqdim qilish, uchinchi shaxslarning xizmatlaridan foydalanish uchun zaruriy shart hisoblanadi.
Mijoz, uning shaxsiy ma'lumotlariga ishlov berilishiga rozi bo'lmagan taqdirda, Aviakompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlardan foydalanmaslik so'raladi.
Mazkur Maxfiylik siyosati Yevropa Ittifoqining 2016/679-sonli Qarori bilan tasdiqlangan "Shaxsiy ma'lumotlarni himoyalash bo'yicha umumiy reglamenti" (ShMHUR) hamda O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonuni talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Mijozning Aviakompaniya tomonidan to'planadigan Shaxsiy ma'lumotlarining ro'yxati quyidagilardan iborat:
- maqom va ismi sharifi
- tug'ilgan sanasi
- jinsi
- shaxsni tasdiqlovchi hujjat turi va raqami (pasport, ID), amal qilish muddati, ushbu hujjat taqdim etilgan davlat
- doimiy parvoz qiluvchi yo'lovchilar uchun dastur ma'lumotlari va ishtirokchi raqami
- elektron pochta manzili
- mobil telefon raqami
- istiqomat qilish manzili (davlat)
- yaqin qarindoshlari to'g'risida ma'lumot
Shaxsiy ma'lumotlarni to'plash maqsadida mijoz bilan shartnoma tuzish, Aviakompaniya tomonidan mijozga xizmatlarni taqdim etish va yuridik shartlarga rioya qilish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Aviakompaniya, shuningdek, o'z mijozlari haqida quyidagilar orqali ma'lumotlarni to'plashi mumkin:
- Aviakompaniya bilan shartnoma bo'yicha Aviakompaniya mijozlariga xizmatlarni taqdim etuvchi kompaniyalardan
- Aviakompaniyaning mijozi bilan tuzilgan tashish shartnomasini bajarishda jalb qilingan kompaniyalardan, shu jumladan, oldingi yoki keyingi reyslarini bajaruvchi aviakompaniyalardan, aeroportlarning tegishli operatorlaridan hamda bojxona va immigratsiya xizmatlaridan va hokazolardan.
Aviakompaniya tomonidan olinuvchi shaxsiy ma'lumotlarning hajmi tashish va ular bilan bog'liq xizmatlarni amalga oshirish shartnomalarini bajarish hamda shunday shartnomalarni va qo'shimcha xizmatlarni bajarishda taqdim etiluvchi xizmatlar sifatini oshirish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar bilan cheklanadi.
Aviakompaniya mijozlar tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma'lumotlardan foydalanadi va ularga quyidagi maqsadlar uchun avtomatik tarzda yoki mutaxassislar orqali ishlov beradi:
- aviakompaniya yoki aviakompaniya resurslari orqali mijoz xaridlarini bronlash va/yoki turizm xizmatlariga ishlov berish va boshqarish
- aviachiptani rasmiylashtirish maqsadida (xarid qilish, qayta rasmiylashtirish, qaytarish va hokazo)
- yo'lovchilarni ro'yxatdan o'tkazish va yo'lovchilar ro'yxatiga ishlov berish jarayonini boshqarish
- parvozlar jadvalidagi o'zgarishlar va tashish shartnomalarining bajarilishi to'g'risida ma'lumot berish
- mijozni bronlash va/yoki yo'lovchi tashish bo'yicha Aviakompaniya xizmatlaridan foydalanishga ishlov berish va boshqarish
- mijoz tomonidan Aviakompaniyaning har qanday rasmiy saytlarida va/yoki boshqa o'zaro aloqa kanallarida erishimli bo'lgan onlayn-xizmatlardan foydalanish
- Aviakompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida (Facebook, Instagram va boshqalarda) ma'lumotlar bilan almashish
- Aviakompaniyaning korporativ veb-saytida va ishtirokchining onlayn shaxsiy kabinetida ma'lumotlar bilan almashish va savollarga javoblarni taqdim etish
- mijozga kerak bo'lishi mumkin bo'lgan sertifikatlangan xizmatlarni amalga oshirish
- mijozga taqdim etilishi mumkin bo'lgan har qanday xizmatlar yoki mahsulotlar tufayli identifikatsiya qilish va tekshirish uchun
- mijoz bilan uning so'rovlari bo'yicha aloqalar
- taqdim etilayotgan xizmatlar, mijozning qoniqish darajasini bilish, shikoyatlarga ishlov berish bo'yicha so'rov o'tkazish
- doimiy parvoz qiluvchi yo'lovchilar bo'yicha Aviakompaniya dasturi va soatlar va millar miqdorini hisoblash uchun
- Aviakompaniya yoki uning nomidan o'tkaziladigan konkurslar va lotereyalarni boshqarish
- O'zbekiston Respublikasi hududida yoki uning hududidan tashqarida joylashishi mumkin bo'lgan sud, hukumat organi yoki har qanday yurisdiksiyadagi davlat organining har qanday qonunlari, yuridik talablari, buyruqlari, ko'rsatmalari yoki so'rovlariga rioya qilish uchun uchinchi shaxslarga oshkor qilish
- aviatsiya xavfsizligi va parvozlar xavfsizligini ta'minlash
- Aviakompaniya yoki uning sho'ba kompaniyalari, assotsiatsiyalangan kompaniyalari va/yoki ishbilarmon hamkorlari tomonidan taqdim etiladigan xizmatlarni to'lashda yordam ko'rsatish
- firibgarlik xataridan himoyalash uchun aviakompaniyaning xavsizligini, shu jumladan kredit kartalar orqali to'lovlarga ishlov berishga nisbatan xavfsizligini oshirish, jumladan ruxsatsiz tranzaksiyalarning ma'lumotlar bazasi bilan qiyoslash tartibini o'tkazish
- aeroport va turistik sayohatlar bilan bog'liq boshqa xizmatlarni taqdim etish
- yuk bo'yicha har qanday e'tirozlarga va boshqa masalalarga ishlov berish.
Aviakompaniya mijozni saytning boshqa foydalanuvchilaridan farqlash uchun cookie fayllaridan foydalanadi. Mijozning Aviakompaniya veb-saytidan qanday foydalanishini tahlil qilish mijozga eng yaxshi xizmatni taqdim etish va veb sahifa ustida mijoz istaklarini inobatga olgan holda ishlashga zamin yaratadi. Aviakompaniya cookie-fayllardan mijoz veb-saytga kirgan davlat yurisdiksayigaga muvofiq foydalanadi. Biroq, mijoz istalgan vaqt cookie-fayllaridan foydalanishdan bosh tortishi mumkin hisoblanadi. Aviakompaniyaning korporativ veb-sayti veb-saytning texnik imkoniyatlari uchun zarur bo'lgan cookie-fayllarnigina yuklaydi. Cookie-fayllar yordamida to'plangan shaxsiy ma'lumotlarga ushbu maxfiylik siyosati talablariga muvofiq ishlov beriladi, u mijozga cookie-fayllardan foydalanish to'g'risida aniq va dolzarb ma'lumotlarni beradi.
Cookie-fayllar – bu Aviakompaniya platformalarining ishlashi uchun zarur bo'lgan fayllar hisoblanadi. Ular qatoriga, jumladan, Aviakompaniya saytlarining yopiq sahifalariga kirish (www.centrum-air.com veb-server kabi), bronlashni davom ettirish yoki yakunlash, shuningdek boshqa onlayn-servislardan foydalanish imkonini beruvchi cookie-fayllar kiradi. Bularga, shu bilan bir qatorda, foydalanuvchilar Aviakompaniya saytidan qanday foydalanayotganligini tushunishga yordam beruvchi cookie-fayllar kiradi, ular yordamida Aviakompaniya mijoz yoki har bir foydalanuvchini alohida identifikatsiya qilish imkoniga ega bo'lmasdanoq o'zining umumiy baholashini amalga oshiradi. Agar mijoz ushbu cookie-fayllarni o'chirib qo'ysa, u holda u Aviakompaniya platformalarini qisman yoki to'liq ishlatish imkoniga ega bo'lmaydi. Aviakompaniya veb-sayti turli maqsadlar uchun xizmat qiladigan cookie-fayllarning har xil turlaridan foydalanadi.
Maqsadlarga muvofiq ravishda, cookie-fayllarni quyidagi toifalardan biriga kiritish mumkin:
- "Majburiy cookie-fayllar", ya'ni, Aviakompaniyaning korporativ saytida xarid qilish va bronlash uchun qat'iy zarur bo'lgan cookie-fayllar
- "Funksional cookie-fayllar" – mijoz Aviakompaniya platformalariga qaytgan vaqtda uni tanib olishga imkon beradigan turdagi cookie-fayllar hisoblanadi. Ular yordamida Aviakompaniya mijozga personallashtirilgan materiallarni taklif qilishi, uni ismi sharifi qayd etilgan holda identifikatsiyalashi, Aviakompaniya dasturlarida ishtirok etishda mijoz to'g'risidagi ma'lumotlarni xabar qilishi (agar u ro'yxatdan o'tgan bo'lsa), mijozning sozlamalarini eslab qolishi va u bronlashni yakunlamaganligini aniqlashi (unga bu haqda xabar berish va yordam ko'rsatish uchun) mumkin
- "Tahliliy/statistik cookie-fayllar", veb-saytning unumdorligini yaxshilash va uni foydalanuvchilar uchun yanada qulay qilishda yordam beruvchi fayllar. Tahliliy cookie-fayllar orqali xizmatlar sifati va/yoki samaradorligi haqidagi ma'lumotlar chiqarib olinadi.
Cookie-fayllar doimiy yoki session bo'lishi mumkin. Doimiy cookie-fayllar brauzer tomonidan saqlanadi va saqlash muddati shartlari yakunlangunga qadar amalda bo'ladi:
- seans yakunida (masalan, brauzer yopilayotganda);
- muddat tugashining ko'rsatilgan sanasigacha, saqlash muddati tugaganda;
- foydalanuvchining so'rovi bo'yicha cookie-fayllarning brauzerdan o'chirib yuborilishi;
- Session cookie-fayllar ularning amal qilish muddati yakunlanishi bilan avtomatik tarzda yopiladi.
Aviakompaniyaning https://www.centrum-air.com korporativ veb-sayti va uning barcha kichik domenlari session cookie-fayllardan ham, doimiy cookies-fayllardan ham foydalanadi.
Aviakompaniya shaxsiy ma'lumotlarga ishlov berish bilan bog'liq bo'lgan butun faoliyatini tashkillashtirilishini va nazoratini ta'minlaydi. Shaxsiy ma'lumotlarga ularni yig'ish, yozish, tizimlashtirish, to'plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o'zgartirish), olish, foydalanish, uzatish (taqdim etish, kirish huquqini berish), o'chirish, yo'q qilish orqali qo'lda yoki avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda ishlov beriladi. Aviakompaniya xodimlarining shaxsiy ma'lumotlarini to'plash, ishlov berish va saqlash operatsiyalariga kirishi Aviakompaniyaning lavozim vakolatlari va tashkiliy-ma'muriy reglamentlari bilan qat'iy muvofiqlikda amalga oshiriladi.
Aviakompaniya mijozlarining shaxsiy ma'lumotlariga ishlov berish va ularni saqlash, jumladan, Aviakompaniyaning tijorat va ishlab chiqarish faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun ixtisoslashtirilgan dasturiy yechimlarni taqdim etuvchi uning hamkorlari hamda to'lovlarga ishlov berish xizmatlarini taqdim etuvchi moliyaviy tashkilotlarining avtomatlashtirilgan tizimlari orqali ta'minlanadi. Shu o'rinda, Aviakompaniyaning hamkorlari ham mijozlarning shaxsiy ma'lumotlarini ishonchli to'plash, ishlov berish va saqlashning muvofiq darajasini ta'minlash majburiyatlarini o'z zimmasiga oladi.
Aviakompaniyaning korporativ veb-saytidan foydalanuvchilar tashqi havolalar bo'yicha begona veb-saytlarga (jumladan, to'lov tizimlari resurslariga) o'tgan holatlarda Aviakompaniya begona veb-saytlar shaxsiy ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlashi yuzasidan javobgar bo'lmaydi.
Shaxsiy ma'lumotlarni saqlash muddati va ulardan foydalanish davri amaldagi qonunchilik, Aviakompaniya foydalanadigan avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanish reglamentlari, tashish shartnomalari bajarilishini ta'minlovchi va shaxsiy ma'lumotlarni saqlovchi yozuvlarni rasmiylashtirish, ishlov berish va saqlash tartibini belgilab beruvchi xalqaro standartlar hamda Aviakompaniyaning texnologik hujjatlari bilan belgilab berilgan.
Aviakompaniya tegishli qonunchilikka rioya qilgan holda mijozlarning shaxsiy ma'lumotlarini (ismlari, pasport raqamlari, sayohatlar haqidagi ma'lumotlari va hokazolarni) O'zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning vakolatlangan davlat va huquq-tartibot va boshqa organlariga uzatishi mumkin. Shaxsiy ma'lumotlarning xorijiy davlatlarga uzatilgan holatlarda shaxsiy ma'lumotlarga ishlov berish tartibi muvofiq davlatning qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
O'z mijozlariga ba'zi xizmatlarni taqdim etishni tashkillashtirishda yordam berish uchun Aviakompaniya shaxsiy ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga, shu jumladan boshqa aviakompaniyalarga, aeroportlarga va qo'shimcha xizmatlar yetkazib beruvchilariga uzatishi mumkin.
Aviakompaniya vaqti-vaqti bilan ushbu Maxfiylik siyosatini qayta ko'rib chiqish va uni yangilash huquqini doimiy saqlab qoladi. Agar Maxfiylik siyosatiga biror bir ahamiyatli o'zgartirishlar kiritiladigan bo'lsa, Aviakompaniya o'zgarishlar kuchga kirgunga qadar Aviakompaniya saytlari orqali mijozni xabardor qiladi (umumiy xabarnomalar ko'rinishida) va qonun talab qiladigan har qanday boshqa harakatlarni amalga oshiradi.
Aviakompaniyaning mijozlari va hamkorlari ularning shaxsiy ma'lumotlariga ishlov berishga nisbatan o'z shikoyatlarini taqdim etishga yoki shaxsiy ma'lumotlarni taqdim etishda o'z roziliklarini chaqirib olish tartibini tashabbuslashga haqli.
Aviakompaniya uning axborot tizimlarida va resurslarida shaxsiy ma'lumotlarning noqonuniy oshkor etilishi, tarqatilishi, o'g'irlanishi, yo'qotilishi, bloklanishi va qalbakilashtirilishi hamda boshqa turdagi ruxsatsiz kirishlar uchun javobgar bo'lmaydi, ammo bunday holatlar aniqlanishida o'z vaqtida tegishli choralarni ko'radi.
Ushbu Maxfiylik siyosati bo'yicha biror bir savollar yuzaga kelgan taqdirda, quyidagi manzilga murojaat qilish lozim: Centrum Air Aviakompaniyasi, O'zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent shahri, Buyuk Ipak yo'li ko'chasi, 262-uy.