Yordam berish – oson
Centrum Air ko'zi ojizlar kutubxonalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy loyiha boshlamoqda. Biz adabiyotlarning bir qismini va jihozlarni topshirdik, ammo loyiha rivoji uchun har bir kishining ishtiroki muhim. Siz kitob tanlab, uni xarid qilishingiz va kutubxonaga topshirishingiz mumkin — hatto kichik hissa ham katta ahamiyatga ega.
Yordamga tayyormanBizning maqsadimiz
Ko'rish qobiliyati cheklangan insonlar uchun bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish va kutubxona fondini zarur adabiyotlar bilan to'ldirishga yordam berish.
Ushbu loyihani yolg'iz amalga oshirib bo'lmaydi — shuning uchun barchani safimizga qo'shilishga taklif qilamiz.
Biz ilk qadamni tashladik

Adabiyotlarni topshirdik
Zarur kitoblarning bir qismi kutubxonaga topshirildi

Jihozlarni topshirdik
Ish faoliyati uchun qo'shimcha resurslar bilan ta'minladik

Imkoniyatlarni kengaytirdik
Bilim olish imkoniyatini yanada qulay qildik
Fotogalereya
Siz qanday yordam berishingiz mumkin?

Uni o'zingizga qulay istalgan do'kondan xarid qiling

Kitobni kutubxonaga topshiring
*Ko'plab kitoblar 12 000 so'mdan boshlanadigan narxlarda mavjud
Kitoblarni qayerdan sotib olish mumkin?
Qidiruvni osonlashtirish uchun
biz zarur asarlar mavjud bo'lgan do'konlarni to'pladik.


Qayerga olib borish kerak?
Kitoblarni to'g'ridan-to'g'ri quyidagi manzildagi
kutubxonaga topshirishingiz mumkin:
Toshkent sh., Uchtepa tumani,
Chilonzor massivi, 22-mavze, 13
