Olmaota – tog‘lar darhol uylar ortidan boshlanadigan shahar. Bu yerda bir kunda dor yo‘lida sayr qilish, yog‘och ibodatxonani tomosha qilish, botanika bog‘ida olmaxonni boqish va koreys oshxonasi taomlaridan tanovul qilish mumkin. Biz sizga Almatani turli tomonlardan - faol, gastronomik, madaniy va ilhomlantiruvchi jihatdan o‘rganishga yordam beradigan 20 ta g‘oyani to‘pladik.
Nimalar qilish mumkin?
1) Kok-Tobe tog‘iga o‘sma yo‘l orqali ko‘tarilish.
2) Markaziy madaniyat va istirohat bog‘idagi attraksionlarda uchish.
3) Mahalliy Arbat – Jibek Joli ko‘chasini kezish.
4) Milliy muzeyda mamont qoldiqlari, Qozog‘iston ramzi bo‘lgan “Oltin odam” nusxasi va ikkita oltin zalni ko‘rish.
5) Voznesenskiy sobori go‘zalligidan bahra olish.
6) Yashil bozordan sovg‘alar xarid qilish.
7) Botanika bog‘ida olmaxonlarga yem berish, sazan baliqlarini suratga olish yoki rasmga tushish.
8) Xalq musiqa asboblari muzeyida mamlakat anʼanalari bilan tanishish.
9) Shahardagi favvoralarni sanab chiqish, eng chiroylilaridan biri – “Sharq taqvimi” favvorasini ko‘rish.
10) “Qozog‘iston” mehmonxonasidagi “toj”ni suratga olish – bu Olmaotadagi ilk osmono‘par bino.
11) “Shimbulak” tog‘ kurortini kashf qilish.
12) Dunyoning eng baland tog‘ muz maydoni – Medeuda konkida uchish.
13) Tog‘ sayriga chiqish: Gorelnik darasi, Turist cho‘qqisi yoki Bogdanovich muzligiga.
14) Eski Yapon yo‘li muhitini his qilish.
15) Olmaota ko‘lining zumrad rangdan ko‘kka o‘zgarishini kuzatish.
16) 2500 metr balandlikdagi “Osmon arg‘imchoqlari”da uchish.
17) “Alma-Arasan”dagi termal buloqlarda dam olish.
18) Saxa (saka) hammomida cho‘milish.
19) Charin kanyonini to‘liq kezib chiqish.
20) Tabiatga sayohat: Kolsay ko‘llari, Kayindi ko‘li, Tuzkol ko‘li yoki Assi platosiga borish.
Bilasizmi:
Olmaota – shaffof kutubxonasi, mozaikalari va dunyodagi eng noodatiy sirklardan biri bilan sovet modernizmi poytaxti hisoblanadi.
Olmaotada dunyodagi balandligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi yog‘och sobor – Voznesenskiy kafedral sobori joylashgan.
Nimalarni tatib ko‘rish kerak?
- “Aport” navli olma – Olmaotaning ramzi;
- Beshbarmoq;
- Qozoqcha palov (palaw) va manti;
- Qazi, qimiz va boshqa ot go‘shtidan tayyorlangan taomlar;
- Koreys taomlari.
Nimalarni olib kelish kerak?
- “LOTTE Raxat” fabrikasining shirinliklari;
- Tuya butasidan olingan asal;
- Mahalliy Arba Wine sharoblari;
- Jun va toshdan tayyorlangan suvenirlar;
- Kase – choy ichish uchun keramik piyolalar.