blog

Joylar • 4 Iyun

Siz – Dubay markazidasiz

Dubayning qoq yuragiga xush kelibsiz - osmono‘par binolar bulutlarga tiralgan, sahro dengiz bilan tutashgan va har bir burchagida sarguzashtlar kutib turgan shahar. Barchasini bir vaqtning o‘zida sinab ko‘rishni xohlaysizmi: oltin parchalari solingan bir finjon qahvadan tortib qum tepaliklari bo‘ylab safarigacha? Unday bo‘lsa, Dubayga sayohatingizni chinakamiga o‘zgacha qiladigan unutilmas taassurotlar, joylar va ta’mlar kaliti bo‘lgan ushbu qo‘llanmani o‘zingizda saqlang!



Nimalar qilish mumkin?


1. Burj Khalifa minorasiga yoki The View at The Palm kuzatuv maydonchasiga chiqish



2. The Palm Fountain favvoralar shousini tomosha qilish




3. Dubai Miracle Gardenʼda gullardan bahra olish




4. Dubai Mall’da yil xaridini amalga oshirish va akvariumga nazar tashlash




5. Wild Wadi yoki Aquaventure akvaparklarida vaqtichogʻlik qilish 




6. IMG Worlds of Adventure, Legoland yoki Motiongate parklaridagi attraksionlarda zavqlanish




7. Ski Dubai togʻ-changʻi majmuasida chang‘i uchish




8. Dunyo yulduzlari konsertlariga kirish




9. Kelajak muzeyini (Museum of the Future) ziyorat qilish




10. Heritage Village’da mamlakat tarixi bilan tanishish




11. Zamonaviy tumanlarni tarixiy Al Bastakiya hududi bilan solishtirish




12. Dubai Design District hududidagi galereya va san’at obyektlari boʻylab sayr qilish 




13. Dubai Creek Harbour’da eng chiroyli suratlarga tushish




14. Oltin, ziravorlar va atir bozorlarini kezish




15. Dubai Marina ko‘rfazida an’anaviy dou kemalarida sayr qilish



16. Palm Jumeirah sun’iy orolini kashf qilish 




17. Global Village ko‘rgazmasida turli mamlakatlar madaniyati bilan tanishish




18. Ain Dubai tomosha charxpalagida 250 metr balandlikka koʻtarilish




19. Manzarali infinity-basseynda choʻmilish



20. Plyajlardan birida kunni o‘tkazish





Dubay tashqarisida yana 5 muhim ish


21. Sahrodagi qum tepaliklariga safari uyushtirish




22. Abu-Dabidagi Shayx Zayd masjidining ajoyib bezaklaridan hayratga tushish




23. Yas Waterworld va Ferrari World ko‘ngilochar parklarida adrenalinni his qilish




24. Abu-Dabidagi Emirates Park Zoo’da jirafalar bilan nonushta qilish




25. Abu-Dabidagi yangi Sea World Okeanariumida dunyodagi eng katta akvariumni ko‘rish





Nimalarni tatib ko‘rish kerak


- Haqiqiy Dubay shokoladi

- Oltinli qahva

- Tuya go‘shtidan tayyorlangan burger

- Arabcha maqbus palovi

- Xurmolar



Nimalarni olib kelish kerak


- An’anaviy arab atiri

- Oltin taqinchoqlar

- Bahur – agar daraxtidan xushbo‘y tutatqi

- "Dalla" arab qahva qaynatkichi

- Tuya sutidan Al Nassma Chocolate shokoladi