. UZS

blog

Joylar5 Iyun, 2025

Siz – Bangkok markazidasiz

Tailandning eng yorqin va ko‘p qirrali maskani – Bangkokka xush kelibsiz! Bu qadimiy ibodatxonalar zamonaviy osmono‘par binolar bilan tutashib ketgan, gavjum bozorlar esa ko‘cha taomlarining xushbo‘y ifori bilan sizni sehrlaydigan kontrastlar shahridir. Sayohatga tayyormisiz? Kanallar bo‘ylab sayr, orollar, saroylar va shohona taomlar sizni kutmoqda. Bizning yo‘riqnomamizga amal qiling – va Bangkokdagi hordig‘ingiz haqiqiy kashfiyotga aylanadi!



Nimalar qilish mumkin? 


1. Qirollik saroyi va Vat Pxra Keo (Zumrad Budda ibodatxonasi) go‘zalligidan hayratga tushish.






2. Ulkan Oltin Budda haykalini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish.




3. Vat Arun (Tong ibodatxonasi), Yotgan Budda va Oltin tog‘ ibodatxonalariga tashrif buyurish.




4. Mashhur Kaosan Roud (Khaosan Road) ko‘chasida tuni bilan sayr qilish va uning jo‘shqin hayotidan bahra olish.




5. Oqshomni "Asiatique The Riverfront"da o‘tkazish - shopping qilish va "Asiatique Sky" charxpalagida uchish.




6. Chaynataunning (Xitoy kvartali) sirli ko‘chalarida "adashib" qolish.




7. Panoramali maydonchaning yuksak balandligidan quyosh botishini tomosha qilish.




8. Benjakiti yoki Lyumpini bog‘larining yashil tabiatida sayr qilish.




9. Bangkok ichidagi mo‘jazgina Ko Kret oroliga qayiqda suzib borish.




10. Bangkok Milliy muzeyida mamlakatning boy tarixi bilan yaqindan tanishish.




11. Tailand ipak sanoatini qayta tiklagan Jim Tompsonning g‘ayritabiiy uy-muzeyiga mo‘ralab o‘tish




12. Chao Praya daryosi bo‘ylab unutilmas kruiz sayohatiga yo‘l olish.




13. Suzuvchi bozorlarning haqiqiy ekzotikasini his etish.




14. Mashhur tay massajidan bahra olib, tanaga orom berish.




15. Rang-barang va o‘ziga xos tuk-tuklarda sayr qilish.




16. Siam Paragon va Iconsiam savdo markazlarining ulkan olamida sayohat qilish.




17. Muang Boran muzeyida Tailandning barcha tarixiy obidalarining maketlarini ko‘rish.




18. Eravan Milliy bog‘idagi go‘zal sharsharalardan zavqlanish.




19. Bangkokning qadimiy poytaxti – Ayuttaya (Ayutthaya) shahriga tashrif buyurish.





20. Safari World hayvonot bog‘idagi barcha jonivorlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish.





Nimalarni tatib ko‘rish kerak?


- Som Tam – yashil papayadan tayyorlangan salat;

- Pad Tay – qovurilgan guruchli vermisheldan milliy taom;

- Tom Yam Gung – qisqichbaqali milliy sho‘rva;

- Tovuq va baliqdan kabobchalar;

- Mango-stiki-rays – kokos suti va mango sousli guruch.



Nimalarni xarid qilish kerak?


- Tay ipaklari;

- Maz va balzamlar;

- Parvarishlovchi kosmetika;

- Marvaridli taqinchoqlar;

- Tay shirinliklari va mevalari.



Bilasizmi…


Bangkok ko‘cha taomlari bo‘yicha dunyodagi eng mazali ovqatlar reytingida bir necha bor birinchi o‘rinni egallagan.

Bangkok “Osiyo ibodatxonalar poytaxti” va “Sharq Venetsiya” deb ataladi, chunki u yerda juda ko‘p kanallar mavjud.



Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari