Biznes-klass
Butun sayohat davomida yuqori darajadagi xizmat.



Qulayligingiz — ustuvor vazifamiz
Biznes-klass — bu dam olish uchun ko‘proq joy, yuqori darajadagi xizmat hamda aeroportda va samolyot bortida har bir jihatga alohida e’tibor demakdir.

To‘liq yotoq holatiga keltiriladigan o‘rindiq parvoz vaqtida maksimal qulaylik va maroqli hordiqni ta’minlaydi.

Bagajingizga Priority yorlig‘i biriktiriladi va u parvozdan so‘ng bagaj tasmasiga birinchilardan bo‘lib chiqariladi.

Alohida ro‘yxatdan o‘tish peshtaxtasi va ustuvor chiqish — aeroportda tezkor va qulay xizmat uchun.

Parvoz vaqtida alohida qulaylik yaratish uchun chinni idishlarda restoran uslubida tortiq etiladigan laziz taomlar.
32 kg gacha bagaj olib ketish imkoniyati, qo‘l yuki uchun ko‘proq joy va qo‘shimcha bagaj bo‘yicha maxsus takliflar.

O‘rindiqlarning imkoniyatlari
Salonda to‘liq yotoq holatiga keltiriladigan jami 18 ta o‘rindiq mavjud. Bu parvoz uzoqroq davom etishini istab qolasiz!
Biz mehr bilan tayyorlagan sifatli kontentdan bahramand bo‘ling.
Boshqalarga xalaqit bermasdan kitoblar va Centrum Travel Magazine jurnalimizni o‘qing.
O‘rindiqning egilish burchagini sozlang va kunning istalgan vaqtida balandlikda hordiq chiqaring.
Kengaytirilgan stolcha ham ishlash, ham premium taomlardan bahramand bo‘lish uchun qulay.
Yuksak diddagi ta’m
Samolyot bortidagi premium menyuni kashf eting.
Sovuq gazaklar, salat va somsadan iborat premium to‘plam go‘shtli va pishloqli assorti bilan to‘ldirilgan. Asosiy taom sifatida grilda pishirilgan losos, «Smak» tovuq go‘shti yoki garnir va grilda pishirilgan sabzavotlar bilan mol go‘shti medalyonlaridan birini tanlashingiz mumkin. Shuningdek, to‘plamga yangi pishiriqlar, desert, quruq meva va yong‘oqlar, konfitur, sariyog‘ hamda ziravorlar kiradi.


Biznes-klassdagi sayohat aeroportdan boshlanadi

Parvozga ustuvor tartibda ro‘yxatdan o‘tish

Bagajni birinchilar qatorida rasmiylashtirish va olish

Samolyotga ustuvor tartibda chiqish

Biznes-klassda qulay parvoz
Muhim narsalar uchun ko‘proq joy

Biznes-klassda har biri 32 kg gacha bo‘lgan 2 ta bagaj olib ketishingiz mumkin — safar uchun zarur barcha buyumlar yoningizda bo‘ladi.

Biznes-klassda 10 kg gacha qo‘l yuki olib ketishingiz mumkin, shu bois muhim shaxsiy buyumlaringiz butun parvoz davomida doimo yoningizda bo‘ladi.





