. UZS

Chiptani xarid qilishdan oldin, 'Kirish' tugmasini bosib saytdan ro'yhatdan o'ting (Bu sizga chiptangizga o'zgartirish kirgizishga imkon beradi).

blog

Madaniyat02 September, 2025

Ducati: tezlik, uslub va mukammallik

Yildan-yilga tobora ko‘proq insonlar mototsikllarni asosiy transport vositasi sifatida tanlay boshlashmoqda. Bunga ko‘plab sabablar bor. Bir tomondan, shaharda tirbandlik ortmoqda va ikki g‘ildirakli transportda harakatlanish esa tezroq va arzonroq.Ikkinchi tomondan, mototsikllarga bo‘lgan qiziqish global madaniy, sport va ijtimoiy maqomga ega bo‘ldi: mototsikllar erkinlik, o‘ziga xos turmush tarzi va chinakam mustaqillikni anglatadi. Eng muhimi, texnologik taraqqiyot tufayli mototsikllar bugun 30-40 yil avvalgiga qaraganda ancha xavfsiz bo‘lib qolgan va ular haqidagi eski qarashlar asta-sekin o‘tmishga aylanmoqda.


DUCATI kompaniyasi yuqori texnologiyali mototsikllar olamidagi italyan hashamati yaqinda Toshkentda (O‘zbekiston) rasmiy dilerlik markazining ochilganini e’lon qildi. Bu markaz 3S markazi deb ataladi: Ducati brendining keng assortimentdagi mototsikllari va ekipirovkasi, ehtiyot qismlar va xalqaro standartlarga mos servis xizmatlari bitta tom ostida jamlangan. O‘zbekistonda motomadaniyatning rivojlanishi, yuqori sifatli mototsikllar ishlab chiqarish sohasidagi ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalar, shuningdek, kompaniyaning mamlakatdagi rejalari haqida biz Ducati Uzbekistan brend-direktori Sergey Novik bilan suhbatlashdik.




– Ducati Toshkent City’dagi shou-rumda qanday modellardagi mototsikllar taqdim etilgan?


– Bizda Ducati’ning klassik modellari taqdim etilgan, ular orasida:

  Panigale – yuqori unumdorlikka ega sportbayklar, motopoyga olamida va havaskorlar orasida allaqachon o‘zini ajoyib tarzda namoyon etgan;

●  Streetfighter – quvvati va texnologiyasi jihatidan Panigale bilan barobar boradigan, ammo kuzovsizdek ko‘ringan yanada dadil dizaynga ega bo‘lgan neykedlar;

  Multistrada – uzoq masofalarga mo‘ljallangan, yuqori darajada qulaylikka ega sayohat mototsikllari;

●  Diavel V4 – kuchli dvigatel, brutal dizayn va ilg‘or texnologiyalar uyg‘unligi bo‘lgan kruizer;

  Monster – Ducati’ning “Street” sinfidagi mashhur modeli bo‘lib, asosan shahar bo‘ylab sayohat qilishni afzal ko‘radigan boshlovchilar yoki sayohatchilar uchun juda mos keladi;

  Hypermotard Mono RVE – ekstremal, epchil va shiddatkor model;

●  DesertX – sarguzashtlarga, off-road va uzoq yo‘llarga mo‘ljallangan Adventure-bayk.


Bundan tashqari, shou-rumda alohida o‘rin tutuvchi subbrend – Ducati Scrambler ham bor. Bu CafeRacer, road & off-road sinfiga mansub mototsikllar bo‘lib, 1970-yillardagi retro uslubini eslatadi. Tashqi ko‘rinishi klassik bo‘lsa-da, u eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan va hayot tarzi rang-barang, ofisga ham, shahar tashqarisiga asfaltlanmagan yo‘llar bo‘ylab safar qilishga ham tayyor bo‘lishini talab qiladigan raiderlar uchun mo‘ljallangan. Ducati premium mototsikl markasi hisoblanadi, ammo Scrambler seriyasi tufayli Ducati texnologiyalari yanada arzonlashadi.



– Mototsiklga texnik xizmat ko‘rsatishni nega aynan sizlarda otkazish kerak?


– Ducati Tashkent City, xuddi dunyoning boshqa joylaridagi Ducati dilerlik markazlari kabi o’z ichiga bevosita zavodda malaka oshirgan mutaxassislarga ega zamonaviy servis markazini oladi. Markaz eng yangi ixtisoslashgan asbob-uskunalar va Ducati Diagnosis System 3.0 aniq diagnostika tizimi bilan jihozlangan. Aytish joizki, O‘zbekistonda mototsikllarga to‘liq texnik xizmat ko‘rsatish endi-endi shakllanmoqda, ammo bizda allaqachon dunyo standartlariga mos texnik xizmat, qo‘shimcha aksessuarlar bilan jihozlash va tuning xizmatlarini olish mumkin. Bu xizmatlar ikki yillik kafolat bilan taqdim etiladi va rasmiy to‘lov asosida amalga oshiriladi.


Shuningdek, bizda original ehtiyot qismlar va aksessuarlar mavjud bo‘lib, ularni sotib olish yoki buyurtma qilish mumkin. Bularning barchasi mototsikl egalariga ishonch beradi, ular o‘z mototsikllarining parvarishi va texnik xizmat ko‘rsatishini o‘z sohasining mutaxassislariga ishonib topshirib, o‘zlarini xotirjam his qilishlariga hamda mototsikllarini qo‘shimcha jihozlash bo‘yicha har qanday istaklarini oson va qulay tarzda amalga oshirishlariga imkon yaratadi.




– Ducati motosikllarining egalari kimlar?


– Mototsikllarimizning har bir seriyasi ma’lum bir auditoriyaga mo‘ljallangan. Umuman olganda, bu – yuqori daromadga ega, sifatli tovar va xizmatlarni, obro‘-e’tiborni, eksklyuzivlik va asosiy funksionallikdan tashqari qo‘shimcha qadriyatlarni, jumladan alohida maqomni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lgan insonlar. Ular nozik didli va kompaniyamiz qadriyatlarini chuqur anglaydigan shaxslardir. Bizning mijozlarimiz orasida tadbirkorlar, siyosatchilar, taniqli shaxslar va tajribali sayohatchilar bor.



– Mototsikllarga qiziqishni faqat erkaklarga xos, deb hisoblash mumkinmi?


– Haqiqatan ham, mijozlarimiz orasida erkaklar ko’pchilikni tashkil qiladi. Ammo, yil sayin ayollar orasida ham mototsikllarga bo’lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda, go’zal jins vakillari har qanday sinfga mansub mototsikllarni ishonch bilan boshqarib, maxsus musobaqalarda ham nufuzli o‘rinlarni egallashmoqda. Bizning shou-rumga tashrif buyuruvchilar va mijozlarimiz orasida mototsikl haydashni endi o‘rganayotgan, ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan mototsiklchi ayollar ham oz emas. Hattoki, ham eri, ham xotini mototsikl haydaydigan “motooilalar” ham tobora ko‘paymoqda – ular uchun bu shunchaki A nuqtadan B nuqtaga yetib olish imkonini beruvchi transport vositasi emas, balki alohida hayot tarzi, birgalikda vaqt o‘tkazish va hordiq chiqarish uchun asos bo‘lib, o‘zaro munosabatlarni mustahkamlaydi.




– Shunday bo‘lsa-da, juftliklardan biri ikkinchisining mototsiklga bo‘lgan qiziqishiga qarshi chiqadigan vaziyatlar ham tez-tez uchrab tursa kerak?


– To‘g‘ri. O‘zbekistonda motomadaniyat yildan-yilga rivojlanmoqda: turli sinfdagi zamonaviy mototsikllar keltirilmoqda, raiderlar soni ortmoqda, ular jamiyatlarga, klublarga birlashmoqda; motofestivallar va kustom kulture ommalashmoqda. Motosport esa tobora ko‘proq muxlislarni o‘ziga jalb etib, yoshlarni ilhomlantirmoqda.


Shunga qaramay, jamiyatning ayrim qatlamlarida hanuzgacha stereotiplar mavjud: go‘yoki mototsikllar xavfli, ular faqat marginal odamlar va “qaroqchilar” uchun yaratilgan, shuningdek, oilaviy qadriyatlarga mutlaqo zid. Xayriyatki, bu fikrlar allaqachon o‘z kuchini yo‘qotgan va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.


Gap faqat mototsiklni boshqarish sifatiga va uning har qanday ob-havoda hamda yo‘l qoplamalarida tormozlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan texnologiyalarda, xavfsizlikka oid ko‘plab elektron tizimlar bilan jihozlanganligida emas, balki yangi davr yangi qadriyatlarni ham olib kelayotganida: Insonlar o‘z salomatligi va xavfsizligiga, yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilishga yanada mas’uliyatliroq yondashmoqda, ular mototsikl tanlashda sifatli ekipirovkani nazardan qochirmaydilar, yo‘llarda esa, yanada ehtiyotkorroq bo‘lishmoqda.



Ducati – bu uslub, texnologiya

va uni boshqarishdan zavq olishga sodiqlik



Ducati mototsikllaridagi dasturiy ta’minot ham qulaylik va xavfsizlikni oshirishga xizmat qiladi. Ducati mototsikllari Ducati Safety Pack (DSP) deb nomlangan elektron tizimlar majmuasi va boshqa firma yechimlari – ABS (burchaklarda ham tormozlanishda g‘ildiraklar bloklanishining oldini oluvchi), Traction Control (tortish kuchini nazorat qilish), Wheelie Control (old g‘ildirak ko‘tarilishini boshqarish), Slide Control (sirpanishni nazorat qilish) kabi ilg‘or tizimlar bilan jihozlangan.


Kompaniya xavfsizlik bo‘yicha eng yangi yechimlarni izlash bilan bir vaqtda mototsiklda oilaviy sayr qilish, birgalikdagi sayohatlar va yangi manzillarni o‘rganish, yaqinlar va do‘stlar bilan birgalikda yangi taassurotlar olish muhimligiga ahamiyat berish va ommalashtirishni e’tibordan chetda qoldirmaydi.


Bugungi mototsiklistlar – o‘tmishdagi “rokchilar” yoki jinoiy guruhlar emas. Endilikda mototsikllar yetuk, muvaffaqiyatli insonlar – tadbirkorlar, shifokorlar, huquqshunoslar, muhandislar, uchuvchilar, arxitektorlar, bankirlar va diplomatlar tomonidan hayot tarzi sifatida tanlanmoqda.



– O‘zbekistonda Ducati qanday kutib olindi?


– Toshkent, Farg‘ona, Xiva, Samarqand va boshqa shaharlarda Ducati brendiga sodiq muxlislar avvaldan borligi ma’lum bo‘ldi. Ular brend mototsikllarini va mototsikllarga xizmat ko‘rsatishni yanada qulayroq qilgan shou-rum ochilishini katta xursandchilik bilan kutib olidilar. Ko‘pchiligi yaqinda bo‘lib o‘tgan yangi Panigale V4 S yettinchi avlod mototsiklining taqdimotiga mamnuniyat bilan tashrif buyurdi.


Ammo Ducati – bu shunchaki mototexnika va servis emas. Bu – mototsikl egalari uchun do‘stona oila, ularni birlashtiruvchi qiziqishlar klubi, muloqot va birgalikdagi vaqt o‘tkazish nuqtasi. Ijtimoiy imtiyozlar nuqtayi nazaridan, Ducati Community‘ni golf o‘yiniga qiyoslash mumkin.




O‘zbekistonda Ducati rasmiy importchisi:

Toshkent, Zarqar ko‘chasi, 4 (Toshkent City) 

+998(77) 343-01-03

+998(77) 343-01-03


Ish vaqti:

Shou-rum: 

dushanbadan shanbagacha – 10:00 dan 20:00 gacha;

yakshanba – 10:00 dan 16:00 gacha


Servis:

dushanbadan jumagacha – 09:00 dan 18:00 gacha


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar:

Facebook: @DucatiUzbekistan 

Instagram: @ducatiuz

YouTube: @DucatiUz
Telegram: @DucatiUzbekistan