. UZS

blog

Joylar9 Iyun, 2025

Siz – Istanbul markazidasiz

Istanbul – bu butun bir olam: bu yerda har bir ko‘cha tarix nafasi bilan yashaydi, havoda esa turfa ziravorlar va yangi pishgan simit ifori taralib turadi. Bu yerda zamonaviy tramvaylar qadimiy masjidlar yonidan shitob bilan o‘tadi, Bosfor to‘lqinlari esa minglab tabassumlarni qarshi oladi. Rang-barang tovushlar, lazzatlar va taassurotlar kaledoskopiga sho‘ng‘ing: bizning yo‘riqnomamiz ushbu yorqin va ko‘p qirrali shaharda o‘tkazib yubormaslik kerak bo‘lgan barcha mo‘jizalarni Sizga namoyon etadi. 



Nimalar qilish mumkin? 


1. Bosfor bo‘ylab kemada sayr qilish va chagʻalaylarga non tashlash.




2. Istiqlol ko‘chasi boʻylab qizil tramvayda sayr qilish.




3. Galata minorasini ziyorat qilish va Galata ko‘prigining betakror muhitini his qilish.




4. Moviy masjid, Ayya Sofiya yoki Sulaymaniye kabi mashhur masjidlarga tashrif buyurish.




5. Yer osti suv omborlariga tushish: eng mashhurlaridan – Yerebatan va Nakkash.




6. Istanbuldagi eng katta yangi masjid – Chamlija masjidini ziyorat qilish.




7. Grand Bazar bozorida xarid qilish.




8. Topkapı yoki Dolmabahçe saroylariga tashrif buyurish.




9. Gulhane bog‘ida sayr qilish – ayniqsa bahorda, lolalar festivali paytida.




10. Miniturk bog‘ida mashhur obidalar nusxalarini tomosha qilish.




11. Istiqlol koʻchasi yaqinidagi Mandabatmaz yoki Grand Bazardagi Ethem Tezçakar Kahveci kabi tarixiy qahvaxonalarga nazar tashlash.




12. Chamlija tepaligida (Çamlica Hill) yoki boshqa manzarali joylarda quyosh botishini tomosha qilish.




13. Tarixiy liboslarda chagʻalaylar bilan tomlardan birida Bosfor manzarasida fotosessiya tashkil etish.




14. Shahzoda orollariga bir yoki ikki kunlik sayohat uyushtirish.




15. Hordiq chiqarish uchun hammomga borish.




16. Salajak yoki Uskudar sohillarida sayr qilish.




17. Zamonaviy san’at makonlari, masalan, SALT Galata bilan tanishish.




18. Mahallalarining ichkarisiga sho‘ng‘ish va faqat mahalliy aholi uchun tayyorlanadigan eng sara milliy taomlarni "lokanta"larda tatib ko‘rish.




19. Faqat markazdagi emas, boshqa: Fanar, Balat, Kadikoy, Kuzgunchuk mahallalarini ham kashf qilish.




20. Mahalliy, masalan Kadikoʻyda ko‘cha san’ati namunalari bilan tanishish.




Nimalarni tatib ko‘rish kerak


- Turkcha nonushta;

- Hafız Mustafa shirinliklari, Baylan’dagi rahat-lokum, KOSKA shirinliklari;

- Simit – kunjutli teshikkulcha;

- Balık ekmek – qovurilgan baliqli sendvich;

- Dondurma – cho‘ziluvchan turkcha muzqaymoq.



Nimalarni olib kelish kerak


- Hafız Mustafa do‘konlaridan sharqona shirinliklar;

- Turk choyi;

- Vanna uchun ipakdan tayyorlangan kese piling qo‘lqopi;

- Tekstil, masalan, sochiqlar;

- Nazar tegishiga qarshi bonjuk koʻzmunchoqlari.



Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari