. UZS

Chiptani xarid qilishdan oldin, 'Kirish' tugmasini bosib saytdan ro'yhatdan o'ting (Bu sizga chiptangizga o'zgartirish kirgizishga imkon beradi).

blog

Joylar18 August, 2025

Siz – Kopengagen markazidasiz

Tasavvur qiling, tong issiq "ven"cha bulkalarning hidi bilan boshlanadi, kun qirollik saroylari va kanallar orasida o‘tadi, kech esa Nyuhavn ko‘chasidagi chiroqlar ostida tugaydi. Bu yerda Suv parisi rostdan ham mavjuddek tuyuladi, LEGO esa plastikdan emas, bolalik orzularidan yaralgandek. Xush kelibsiz Kopengagenda – tafsilotlar muhim bo‘lgan yagona shaharga!



1. Rang-barang uychali Nyuxavn (Nyhavn) bandargohi bo‘ylab sayr qilish.




2. Yevropadagi eng uzun piyodalar ko‘chasi – Stroget (Strøget) bo‘ylab yurish.




3. Shahar tarixi boshlangan Slotsholmen orolini kashf qilish.




4. Yumaloq minora (Rundetårn) kuzatuv maydoniga aylanma pandus orqali ko‘tarilish.




5. Kristiansborg (Christiansborg Slot) qirollik saroyi hashamatidan hayratga tushish.




6. Shahar bo‘ylab velosipedda aylanish: bu yerda velosipedlar soni aholidan ko‘p.




7. Suv parisi bronza haykaliga maftun bo‘lish.




8. Tivoli bog‘idagi attraksionlarda zavqlanish.




9. Amalienborg qirollik saroyida tush paytidagi qorovullar almashinuvini kuzatish.




10. Ko‘rkam Rosenborg qasrida son-sanoqsiz fotosuratlar olish.




11. Qirollik kutubxonasining tarixiy binosi va qora kub shaklidagi «Qora olmos» (Den Sorte Diamant) binosidagi boyliklarni ko’rish.




12. «Karlsbergning yangi Gliptotekasi» (Ny Carlsberg Glyptotek) muzeyini ziyorat qilish.




13. Eski shahar qalbi – Kristiansxavn (Christianshavn) tumanidagi kanallar va suzuvchi uylarni tomosha qilish.




14. Ratusha maydonidagi (Radhuspladsen) meriyada joylashgan dunyodagi eng aniq astronomik soatni ko‘rish.




15. «Davlat ichidagi davlat» – erkin shahar Xristianiya (Christiania)ni ziyorat qilish.




16. Milliy galereyada san’at olamiga sho‘ng‘ish.




17. Opera teatrida tomoshaga borish.




18. Torvehallerne bozorida ustritsa yoki boshqa mahalliy taomlarni tatib ko‘rish.




19. Shahar bo‘ylab qayiqda sayr qilish.




20. Botanika bog‘ida tabiat olamiga sho‘ng‘ish va Palm House issiqxonasini albatta ko‘rish.




Nimalarni tatib koʻrish kerak 


- Bolalar buterbrodlari – smyorrebryodlar;

- Kødboller – teftellar;

- Kokt torsk – qaynatilgan treska;

- Marinadlangan seld;

- Mahalliy insonlar «Wienerbrød» deb ataydigan «Danish» bulochkasi.



Nimalarni olib kelish kerak 


- LEGO to‘plami: Daniya – konstruktor vatani;

- Royal Copenhagen chinnisi;

- Mahalliy shirinliklar: qizilmiya, Sømods Bolchers brendi konfetlari yoki zefirga o‘xshash Flødeboller nomli shirinlik;

- Suv parisi haykali yoki Hans Kristian Andersenning ertak kitoblari.