. UZS

Chiptani xarid qilishdan oldin, 'Kirish' tugmasini bosib saytdan ro'yhatdan o'ting (Bu sizga chiptangizga o'zgartirish kirgizishga imkon beradi).

blog

Joylar28 August, 2025

Siz – Phuket markazidasiz

Havo dengiz, iliq qum va mango bilan tayyorlangan shirali guruch hidiga to‘la. Issiq asfalt ustida shalpillagan shippaklar, uzoqdan eshitilayotgan ko‘cha musiqachisining kuylari va tropik chigirtkalarining shovqini – bularning bari sizni o‘ziga tortadi. Bu – Phuket, kunlar kokos suti kabi oqib o‘tadigan, tunlar esa neonga o‘xshab yaltiraydigan orol. Bu yerda yo‘qolishingiz – va o‘zingizni qaytadan topishingiz mumkin. Buddaning ko‘zlariga boqish, Tom Yam sho‘rvasini ichib quyosh botishini qarshilash, sho‘x maymunlardan himoyalanish va foto kadrga samolyotni tushirish – parvozda emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri plyajda. Phuket – bu ta’mlar, ranglar va his-tuyg‘ularning tuganmas oqimi bo‘lib, u uzoq vaqtgacha siz bilan qoladi.



1. Orolning ko‘plab qirg‘oqlarini o‘rganish – Kata, Karon, Patong, Nay Xarn va boshqalar.



2. Tungi bozorlarga tashrif buyurish – ular har bir yirik plyajda va Phuket Taunda mavjud.



3. Phuketdagi eng yirik buddaviy ibodatxona Vat Chalongga tashrif buyurish.



4. Phuket shahrining XVIII-XX asrlarga oid xitoy-portugal me’morchiligiga ega Eski shahrini ziyorat qilish.



5. Maymunlar tog‘ida dumli maymunlarga aldanib qolmaslik.



6. Fillar fermasida ulkan shalpang quloqlarni oziqlantirish yoki Yo‘lbarslar qirolligida katta mushuklarni silab ko‘rish.



7. Promtep ko‘rfazida eng go‘zal quyosh botishini tomosha qilish.



8. Mashhur Karon Viewpoint maydoni ("Uch qirg‘oq tepaligi")ga ko‘tarilish.



9. Ma Doo Bua kafesida ulkan nilufar gullar bilan suratga tushish.



10. Eng quvnoq ko‘cha – barlar va klublar joylashgan Bangla Roudda vaqt o‘tkazish.



11. Ravai baliq bozoridan dengiz mahsulotlarini xarid qilib, darhol yaqin atrofdagi kafelarning birida iste’mol qilish.



12. Mashhur tuk-tukda sayr qilish.



13. Uzun dumli tailand qayig‘ida dengiz sayrini uyushtirish.



14. May Kxao qirg‘og‘i ustidan uchib o‘tayotgan samolyotni suratga olish.



15. Andamanda Phuket yoki Splash Jungle Waterpark (tanaffusdan so‘ng 1-oktyabrda ochiladi) akvaparkidagi suv sirpanchiqlaridan zavqlanish.



16. Balandligi deyarli 30 metr bo‘lgan ulkan Yotgan Buddani ko‘rib hayratlanish. Katta Budda esa hozirda ziyorat uchun yopiq.



17. Quyidagi tomoshalardan biriga tashrif buyurish: Siam Niramit, FantaSea, Karnaval sehri yoki Muay-tay boks musobaqasiga borish.




Oroldan tashqaridagi TOP mashg‘ulotlar


18. Phi-Phi orollariga yoki Ko Tapu oroliga (Jeyms Bond oroli) sayrga chiqish.



19. Similan orollarini sayyohlar oqimisiz tong pallasida tomosha qilish.



20. Kao Lak milliy bog‘ida bambuk solida oqim bo‘ylab suzish.




Nimalarni tatib ko‘rish kerak


- Kokos suti va krevetkalardan tayyorlangan Tom Yam sho‘rvasi;

- Kxao Pad – qovurilgan guruch;

- Pad Tay – krevetka va boshqa masalliqlar bilan qovurilgan guruch ugra;

- Som Tam – yashil papayya salati;

- Mango Stiki Rays deserti – kokos suti va yangi uzilgan mango bilan tayyorlangan shirin yopishqoq guruch.



Nimalarni olib kelish mumkin


- Marvariddan yasalgan taqinchoqlar;

- Kokos moyi asosidagi tabiiy kosmetika mahsulotlari;

- Mahalliy mevalar: mango, lichi, marakuyya, papayya va boshqa noyob mevalar;

- Shirinliklar: shirin loviyadan tayyorlangan konfetlar, mevali tsukatlar;

- Keshyu yong‘oqlari – Phuketda plantatsiyalari mavjud.