. UZS

blog

Aeroportlar13 Yanvar, 2026

Samarqand xalqaro aeroporti: yulduzlarga intilgan

Samarqand doimo osmonga boqib yashagan – Ulug‘bek rasadxonasidan tortib zamonaviy havo yo‘nalishlarigacha. Xalqaro aeroportning yangi terminali bu an’anani davom ettiradi: ilm-fandan ilhomlangan me’morchilik, kelajak texnologiyalari va qadimiy shaharni dunyo bilan bog‘lovchi parvozlar. Bu yerda sayohat parvozdan oldin boshlanadi.



Samarqand xalqaro aeroporti – O‘zbekistonda bandli darajasi bo‘yicha ikkinchi aeroport (Toshkentdan keyin).



Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminal binosi:

- Foydalanishga topshirilgan yil: 2022;
- Maydoni: 40 ming m² dan ortiq;
- Joriy yo‘lovchi oqimi (2025-yil): 1,5 mln dan ortiq yo‘lovchi;
- Shahar markazidan masofa: taxminan 8 km.



Terminal binosi buyuk olim Mirzo Ulug‘bekning «Kuragoniy yangi astronomik jadvali» asarini ramziy ma’noda ifodalovchi ochiq kitob shaklida qurilgan.




Uchib keluvchi va ketuvchi yo‘lovchilar uchun bonus – terminal tomida yaltirab turgan yulduz turkumlari bo‘lib, ularni kechki va tungi paytlarda kuzatish mumkin. Ularni bilasizmi?




Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminali ketma-ket uchinchi yildirki xalqaro World Airport Awards (SKYTRAX) aeroportlar reytingida Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha mintaqaviy yetakchilar o‘ntaligiga kirmoqda.



Yangi terminalda:


- 29 ta ro‘yxatdan o‘tish peshtaxtasi;
- 8 ta bortga chiqish yo‘lagi;
- 4 ta teleskopik trap;
- 6 ta E-gate – uchib ketayotgan yo‘lovchilarga chegara xodimlari ishtirokisiz nazoratdan o‘tish imkonini beruvchi avtomat pasport nazorati tizimlari;
- Duty Free do‘konlari mavjud.




Yuqori qulaylik darajasidagi zallar: VIP va CIP lounge’lar


Xalqaro reyslar yo‘lovchilari uchun mo‘ljallangan CIP-zal ochiq makon (open space) uslubida loyihalashtirilgan bo‘lib, terminalning eng yuqori qavatidan eng yaxshi panoramali manzarani ta’minlaydi.




Ikki qavatli, qulay VIP-zal esa mehmonlarning shaxsiy transporti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zal kirishigacha kelish imkonini beradi. VIP-zalda shaxsiy kuzatuv, pasport va bojxona nazoratidan individual o‘tish, alohida bortga chiqish yo‘lagi hamda samolyotgacha maxsus transfer xizmati mavjud.




Air Marakanda – O‘zbekiston aviatsiyasi tarixidagi birinchi xususiy kompaniya bo‘lib, u Samarqand xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaradi.




Tanishing, bu – Barsik, jamoaning to‘laqonli a’zosi va aeroport talismani. Aytgancha, qanotli bars Air Marakandakompaniyasining bosh ramzi hisoblanadi.




Bir yilda ikki marta professional spotterlar va aviatsiya ixlosmandlari ishtirokida rasmiy spotting tadbirlari o‘tkaziladi.



Centrum Air’ning Samarqanddan muntazam reyslari:


- Moskva (Domodedovo);

- Sankt-Peterburg;

- Kazan;

- Vladivostok;

- Sochi;

- Xabarovsk;

- Istanbul;

- Tel-Aviv.



Materialni tayyorlashda ko‘mak bergani uchun Samarqand xalqaro aeroportiga minnatdorchilik bildiramiz.


Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari