. UZS

blog

Joylar16 Iyun, 2026

Siz – Krasnoyarsk markazidasiz

Agar Sibir bir kun kelib taassurotlar poytaxtini tanlashga qaror qilsa, Krasnoyarsk birinchi nomzodlar qatoridan joy olardi. Shahar dunyodagi eng yirik daryolardan biri bo‘lgan qudratli Yenisey bo‘yida joylashgan, uning tashqarisida esa qoyalar, cheksiz tayga va dunyoning turli burchaklaridan sayohatchilarni o‘ziga tortadigan marshrutlar boshlanadi. Ushbu chek-list sizni “ko‘lam” so‘zining ma’nosini mutlaqo boshqacha his qildira oladigan maskanlar bilan tanishtiradi.



Shaharda nimalar qilsa boʻladi?


1. Qorovul tog‘idan shaharni suratga olish va uning ramzlaridan biri bo‘lgan Paraskeva Pyatnisa kichik ibodatxonasini ko‘rish.




2. Shaharning eng yaxshi kuzatuv maydonchasi – Nikolayev tepaligiga chiqish.




3. Misr ibodatxonasi shaklida qurilgan o‘lkashunoslik muzeyida tarix bilan tanishish.




4. Sharqiy Sibirdagi eng yirik zamonaviy san’at ko‘rgazmasi «Tinchlik maydoni»ga borish va tungi ekskursiyada bino tomiga chiqish.




5. Krasnoyarskda tug‘ilib o‘sgan rassom Vasiliy Surikovning uy-muzeyiga tashrif buyurish.




6. Markaziy tarixiy ko‘cha bo‘lmish Tinchlik shohko‘chasi (Prospekt Mira) bo‘ylab sayr qilish.




7. Yeniseyning Markaziy (chap) qirg‘og‘i bo‘ylab sayr qilish.




8. XIX asrda qurilgan «Svyatitel Nikolay» paroxod-muzeyiga tashrif buyurib, o‘tmishga sayohat qilish.




9. Tarixiy mahallada qadimiy yog‘och uylarni tomosha qilish.




10. D.A. Xvorostovskiy nomidagi opera va balet teatrida spektakl tomosha qilish.




11. Tatishev orolida bog‘ bo‘ylab sayr qilish va yumronqoziqlarni ovqatlantirishdan zavq olish.




12. «Royev ruchey» flora va fauna bog‘ida hayvonlarni kuzatish.




13. «Gremyachaya griva» eko-parkining toza havosi va go‘zal o‘rmonidan bahramand bo‘lish.




Shahar tashqarisida nimalar qilsa bo‘ladi? 


14. Torgashin tizmasiga olib chiquvchi 1683 ta zinapoyadan ko‘tarilib, go‘zal manzaradan zavqlanish.




15. G‘aroyib shakldagi qoyalari bo‘lgan «Krasnoyarsk ustunlari» (Krasnoyarskiye Stolbi) milliy bog‘ida tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish.




16. Ekskursiya tarkibida Krasnoyarsk GES to‘g‘onining eng yuqori nuqtasiga chiqish.




17. Krasnoyarsk dengizi (Krasnoyarsk suv ombori) bo‘yida hordiq chiqarish.




18. Kruiz kemasida go‘zal qirg‘oqlar bo‘ylab Divnogorsk shahriga sayohat qilish.




19. Mana daryosining qoyalar oralab oqib o‘tishidan hosil bo‘lgan «Mana halqasi» (Manskaya petlya) go‘zalligiga mahliyo bo‘lish.




20. Tayga o‘rmonlariga borish, baliq ovlash yoki qo‘ziqorin terish.




Nimalarni tatib ko‘rish kerak?


- Xarius balig‘i ikrasi;

- Noyob balig‘ turlaridan: muksun, nelma va tugun;

- Ov mahsulotlari: bug‘u, kiyik va qarqur (gluxar) go‘shtidan tayyorlangan taomlar;

- Go‘sht yoki baliq qiymali mahalliy chuchvaralar (pelmeni);

- Minusinsk (Krasnoyarsk o‘lkasi) pomidorlari.



Nima olib kelish mumkin?


- “Kraskon” qandolat fabrikasining kedr yong‘oqli konfetlari;

- Tabiiy asal;

- Tayga shifobaxsh giyohlari yig‘masi;

- Mahalliy rezavorlar yoki ninabargli daraxt g‘uddalaridan (shishka) tayyorlangan murabbo.


Centrum Air ilovasida
tarif narxidan 5% chegirma

App StoreGoogle Play Store
App screenshot
Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari