
Joylar • 23 Mart, 2026
Siz – Ostona markazidasiz
Astana – bu yo‘nalishlar shahri. Bu yerda kun ssenariy kabi quriladi: avval Bayterekdan manzara, keyin xiyobonlar bo‘ylab sayr, Turan ko‘chasida tushlik va kechqurun Yesil bo‘yida dam olish. Hammasi yaqin va bir-biri bilan bog‘langan. Biz Astana safarini boshidan oxirigacha yagona tajribaga aylantiradigan chek-list tayyorladik.
Shahardagi TOP mashg‘ulotlar
1. Ostona ramzi bo‘lgan «Bayterek» minorasining 100 metrdan balandroq nuqtasidagi oltin sharga ko‘tarilish.

2. Ulkan chodir ko‘rinishida barpo etilgan «Xan Shatir» savdo ko‘ngilochar markazida shopping qilish.

3. Mustaqillik maydoni va Doira maydonida (Krugloye) millionlab suratlar olish.

4. Mamlakat mustaqilligi va birligi ramzlari – «Mangilik El» zafar arkasi, «Qazaq eli» va «Uli Dala Eli» monumentlarini suratlarga muhrlash.

5. Me’mor Norman Foster tomonidan piramida shaklida qurilgan noyob «Tinchlik va totuvlik saroyi»ni ko‘rish.

6. Shaharning bosh piyodalar ko‘chasi – favvoralar, instalyatsiyalar va esdalik sovg‘alari do‘konlari bilan to‘la Nurjol bulvari bo‘ylab sayr qilish.

7. Restoranlar xiyoboni deb ataladigan Turon prospektida tushlik qilish.
8. Ertaknamo sharqona saroyni eslatuvchi «Hazrat Sulton», oppoq Abu Nosir al-Forobiy yoki Markaziy masjidlarida ibodat qilish.

9. Qozog‘istondagi eng baland (65 metr) Ailand tomosha charxpalagida aylanish.

10. Okeanlardan eng uzoq masofada joylashgan Ailand okeanariumida «check-in» qilish.

11. Ostonaning tungi chiroqlar yog‘dusida fantastik ko‘rinishga ega ekaniga ishonch hosil qilish.

12. Esil daryosi bo‘ylab kemada sayr qilish hamda shahar panoramasi va quyosh botishidan zavqlanish.

13. Strit-art yoki shaharning me’moriy ramzlari bo‘ylab ekskursiyaga chiqish.

14. Shahar aholisi va mehmonlarining eng sevimli dam olish maskani – Markaziy parkni kashf qilish.

15. Qozog‘iston Respublikasi Milliy muzeyida mamlakat tarixi bilan tanishish.

16. Markaziy Osiyodagi eng yirik opera teatri – «Astana Opera»ga tashrif buyurishni rejalashtirish.

17. Erkali Raxmadiyev nomidagi Davlat akademik filarmoniyasida mahalliy jamoalarning chiqishlarini tinglash.

18. Kulanshi Art Space zamonaviy san’at markazida ko‘rgazma yoki mahorat darslariga tashrif buyurish.

Shahar tashqarisidagi TOP mashg‘ulotlar 19. «Qozog‘iston Shveysariyasi» deb ataladigan Burabay milliy bog‘ida hordiq chiqarish. 20. Qorgaljin qo‘riqxonasida qushlarning 350 dan ortiq turi, jumladan, pushti flamingolarni tabiiy muhitda ko‘rish. Nimalarni tatib ko‘rish mumkin - Beshbarmoq; - Ot go‘shtidan delikateslar; - Baursak; - Palov; - Ayron. Nimalarni olib kelish mumkin - Milliy kigiz shippaklar; - Quroq ko‘rpa-yostiqlar; - Ot go‘shtidan delikateslar; - Milliy uslubdagi kumush taqinchoqlar.
