. UZS

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Centrum Air va My Freighter aviakompaniyalarini o‘z ichiga oluvchi Centrum Holding transport-logistika kompaniyasi ta’sischisi Abdulaziz Abdurahmanovni davlat mukofoti — «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi.
Ushbu yuksak mukofot Abdulaziz Abdurahmanovning O‘zbekiston Respublikasida aviatsiya, logistika, xalqaro transport aloqalari va iqtisodiyotni rivojlantirishga qo‘shgan hissasining e’tirofi bo‘ldi.
A. Abdurahmanov rahbarligida Centrum Holding bir necha yil ichida Markaziy Osiyodagi eng yirik xususiy transport-logistika guruhlaridan biriga aylandi. Bugungi kunda holding tarkibiga Centrum Air yo‘lovchi aviakompaniyasi, My Freighter yuk aviakompaniyasi, shuningdek, logistika, turizm va multimodal tashuvlar sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar kiradi.

So‘nggi yillarda Centrum Air yo‘nalishlar tarmog‘ini faol kengaytirib, yangi xalqaro yo‘nalishlarni ochgan holda O‘zbekistondagi eng yirik xususiy aviakompaniyaga aylandi. My Freighter ham xalqaro yuk tashish yo‘nalishlari va zamonaviy logistika yechimlarini rivojlantirib, Markaziy Osiyodagi eng yirik yuk aviakompaniyasi sifatidagi mavqeini mustahkamladi.
«Men uchun bu mukofot nafaqat katta sharaf, balki oldinga intilishda davom etish uchun kuchli rag‘bat hamdir. Centrum Holding jamoasi bilan birgalikda O‘zbekiston aviatsiyasi, logistikasi va transport infratuzilmasini rivojlantirish, mamlakatimizning xalqaro integratsiyasini mustahkamlash hamda o‘sish uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lida ishlashda davom etamiz», — deya ta’kidladi Abdulaziz Abdurahmanov.

Aviakompaniya Uralning yirik sanoat markaziga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ygan holda parvozlar geografiyasini yanada kengaytirdiCentrum Air aviakompaniyasi Toshkentdan Permga ilk tijorat reysini muvaffaqiyatli amalga oshirib, yo‘lovchilar uchun yangi yo‘nalishni ochdi.Kama daryosi bo‘yida joylashgan Perm Rossiyaning muhim sanoat va madaniyat markazlaridan biridir. Shahar xizmat safari bilan keluvchilar uchun ham, Uralning tarixi va diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishishni istagan sayyohlar uchun ham qiziqarli manzil hisoblanadi.Toshkent – Perm yo‘nalishidagi reyslar dushanba kunlari amalga oshiriladi. Qulay parvoz jadvali ham ishbilarmonlik, ham sayyohlik maqsadidagi safarlar uchun mos keladi. Aviachiptalarning minimal narxi 2,1 mln so‘mdan boshlanadi.Centrum Air mobil ilovasi orqali bron qilinganda tarifga 5% chegirma taqdim etiladi. Ilovani iOS uchun App Store va Android uchun Google Play platformalaridan yuklab olish mumkin.Toshkent – Perm yo‘nalishining ochilishi Centrum Air’ning parvozlar geografiyasini kengaytirish va yangi hududlarga hamyonbop aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish strategiyasining davomi hisoblanadi. Aviakompaniya yo‘lovchilarga o‘z ehtiyojlari va budjetiga mos xizmatlar to‘plamini shakllantirish imkonini yaratib, aviaqatnovlarni barcha uchun qulay qilish missiyasiga sodiq qolmoqda.Ilk reysning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi Centrum Air jamoasining yuqori operatsion tayyorgarligi va mahoratini tasdiqlaydi.
8 Sentabr, 2026

Maxsus aksiya sentyabr oyi oxirigacha parvoz qilishni rejalashtirayotgan sayohatchilar uchun amal qiladiCentrum Air aviakompaniyasi maxsus aksiya e’lon qiladi: Centrum Air mobil ilovasi (App Store va Google Play’da mavjud) orqali aviachiptalar xarid qilinganda 15% chegirma taqdim etiladi.Aksiya shartlari:Xarid muddati: 2026-yil 11–12-sentyabrParvozlar davri: 2026-yil 30-sentyabrga qadarMinimal narx: 233 810 so‘mdanAksiya xizmat safari yoki ta’tilga — dengizga, tog‘larga, oila bilan yoki yakka holda sayohat qilish imkonini beradi. Yo‘lovchilar Centrum Air yo‘nalishlar tarmog‘idagi barcha mavjud yo‘nalishlardan birini tanlab, aviachiptalarni sezilarli tejamkorlik bilan bron qilishlari mumkin.Centrum Air mobil ilovasini yuklab oling va aviachiptalarni maksimal foyda bilan bron qiling!Aksiya qoidalari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
8 Sentabr, 2026

Aviakompaniya Toshkent va Janubiy Hindistonning texnologik megapolisini muntazam aviaqatnovlar bilan bog‘laydiCentrum Air aviakompaniyasi 2026-yil 28-sentyabrdan boshlab Toshkent – Haydarobod yangi xalqaro yo‘nalishi ochilishini e’lon qiladi. To‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar zamonaviy Airbus A320neo havo kemalarida haftasiga ikki marta amalga oshiriladi. Haydarobod Dehlidan keyin aviakompaniyaning Hindistondagi ikkinchi yo‘nalishiga aylanadi.Yangi yo‘nalish O‘zbekiston poytaxtini Hindistonning jadal rivojlanayotgan shaharlaridan biri bilan bog‘laydi. Aviachiptaning minimal narxi bir o‘rin uchun 2 mln so‘mdan boshlanadi. Centrum Air mobil ilovasi orqali bron qilishda esa tarifga 5% maxsus chegirma taqdim etiladi (App store va Google Play).Haydarobod zamonaviyligi va innovatsiyalari bilan mashhur — shaharda yirik xalqaro texnologik korporatsiyalarning ko‘plab ofislari joylashgani sababli u ko‘pincha mahalliy «Kremniy vodiysi» deb ham ataladi. Shu bilan birga, megapolis boy tarixiy merosi va o‘ziga xosligini saqlab qolgan.Sayyohlar va ishbilarmonlik maqsadida safar qiluvchilar bu yerda ko‘plab diqqatga sazovor joylarni koʻrishlari mumkin: mahobatli Golkonda qal’asi, noyob eksponatlarga ega Salar Jung muzeyi, shuningdek, Ginnesning rekordlar kitobiga ko‘ra dunyodagi eng yirik kinostudiya — Ramoji Film City.Airbus A320neo samolyotlari zamonaviy qulayliklar bilan yoqimli parvozni ta’minlaydi. Centrum Air aviakompaniyasi har bir yo‘lovchiga o‘z ehtiyojlari va byudjetiga mos keladigan eng maqbul chipta variantini tanlash imkonini beruvchi moslashuvchan xizmatlar tizimini taklif etadi.
7 Sentabr, 2026
© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan