. UZS

Centrum Air aviakompaniyasi cheklangan aksiya ishga tushirilganini e’lon qiladi, uning doirasida yo‘lovchilar uchun 100 ta aviachipta maxsus narxda – bor-yo‘g‘i 12 000 so‘mdan taqdim etiladi.
Faqat 28-yanvar kuni chiptalarni aksiya tarifi bo‘yicha aviakompaniyaning rasmiy centrum-air.com sayti orqali xarid qilish mumkin bo‘ladi. Taklif parvozlar geografiyasi bo‘yicha cheklovlarsiz yo‘nalishlar tarmog‘idagi barcha muntazam qatnovlar uchun amal qiladi.
Maxsus tarif parvoz yo‘nalishi va sanasi tanlanganda qidiruv natijalarida avtomat ravishda aks etadi. Chiptalar soni qat’iy cheklangan, shu sababli taklifdan eng tezkor va e’tiborli yo‘lovchilar foydalanishlari mumkin.
Aksiya yakunlari 2026-yil 29-yanvar kuni sarhisob qilinadi, aviakompaniya maxsus narxdagi chiptalar mavjud bo‘lgan yo‘nalishlar ro‘yxatini e’lon qiladi.
Centrum Air parvozlar hamyonbopligini oshirish va sayohatlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan tashabbuslarni rivojlantirishda davom etib, aviatashuvlarni keng aholi qatlami uchun yanada ochiq qilmoqda.
Shaffoflikni va ishtirok etish uchun teng sharoitlarni ta’minlash maqsadida ushbu taklif aviakompaniya xodimlari hamda unga aloqador shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Centrum Air aviakompaniyasi 10-mart kuni Guanchjoudan qaytayotgan o‘zbekistonlik xokkeychilarni Toshkentga olib keldi. Sportchilar vatanga aviakompaniyaning muntazam reysi bilan yetib kelishdi. Poytaxt xalqaro aeroportida jamoani muxlislar, sport hamjamiyati vakillari va rasmiylar kutib oldi.Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi (U18) Gonkongda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida muvaffaqiyatli natijani qayd etishdi. Uchinchi divizion "A" guruhi turnirining hal qiluvchi o‘yinida o‘zbekistonlik xokkeychilar Isroil terma jamoasi ustidan 6:3 hisobida ishonchli g‘alaba qozonib, musobaqaning oltin medallarini qo‘lga kiritishdi. Turnir yakunlariga ko‘ra, terma jamoa 11 ochko jamg‘ardi va kelasi mavsumda jahon birinchiligining ikkinchi divizion "B" guruhida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.Aviakompaniya mamlakatda sportni rivojlantirishda izchil ishtirok etib kelmoqda. Sportchilarni qo‘llab-quvvatlash aviakompaniya ijtimoiy missiyasining bir qismi hisoblanadi. Xususan, Centrum Air O‘zbekiston basketbol federatsiyasining rasmiy hamkori, “Andijon” futbol klubining titul homiysi hisoblanadi. O‘tgan yili Centrum Air xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, vatanga qaytayotgan o‘zbekistonlik paralimpiyachilarnitashishni ta’minlagan edi.
10 Mart, 2026

8-mart kuni aviakompaniya Ar-Riyod – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha repatriatsiya reysini amalga oshirdi. Mazkur reys bilan 6-mart kuni Doha – Toshkent yo‘nalishida ucha olmagan yo‘lovchilarning qaytishi ta’minlandi. C63020 raqamli maxsus reys parvoz tashkil etilayotgan vaqtda Doha aeroporti yopiq bo‘lgani sababli Ar-Riyoddan bajarildi. Buning uchun yo‘lovchilar dastlab Saudiya Arabistoni poytaxtiga yetkazildi va u yerdan aviakompaniya ularning Toshkentga parvozini tashkil qildi.Aviakompaniya aviatsiya rasmiylari va aeroport xizmatlari bilan muvofiqlashtirilgan holda parvoz xavfsizligi va yo‘lovchilarning O‘zbekistonga qaytishini ta’minladi.Ushbu ishlarning davomi sifatida 10-mart kuni Ar-Riyod – Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha reys rejalashtirilgan:10-martC63020 Ar-Riyod 06:00 – Toshkent 14:00Mazkur reys O‘zbekiston Respublikasining Qatar Davlati va Saudiya Arabistoni Podshohligidagi elchixonalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashabbusi bilan mintaqadagi fuqarolarni olib chiqish uchun tashkil etildi. Yo‘lovchilarning bir qismi Qatarga boshqa aviakompaniya reyslari bilan kelgan bo‘lib, hozirda Centrum Air ko‘magida O‘zbekistonga qaytish imkoniyatini kutmoqda.Parvozlar xavfsizligi va kutilmagan vaziyatlarda yo‘lovchilarni qo‘llab-quvvatlash aviakompaniyaning ustuvor vazifasi bo‘lib qoladi.Centrum Air yo‘lovchilarga tushunganlari va ishonch uchun minnatdorchilik bildiradi.
7 Mart, 2026

Yaqin Sharqdagi joriy vaziyat munosabati bilan Centrum Air aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi aeroportlaridan Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar va Isroil aeroportlariga muntazam reyslarni amalga oshirishni vaqtincha to‘xtatadi. Hozirgi vaqtda aviakompaniya faqat 2026-yil 28-fevralga qadar uchib ketgan yo‘lovchilarni O‘zbekistonga qaytarish maqsadida reyslarni amalga oshirmoqda. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklar va moliyaviy xatarlarning oldini olish uchun faqat tekshirilgan ma’lumot manbalaridan foydalanishni hamda tekshirilmagan vositachilarga murojaat qilishdan tiyilishingizni qat’iy tavsiya qilamiz. Barcha masalalar bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling: ✉️ CUSTOMERCARE@centrum-air.com 📞 +998 55 518 88 88 Aviakompaniya vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etadi va barcha o‘zgarishlar haqida yo‘lovchilarga qo‘shimcha ma’lumot beradi.
3 Mart, 2026
© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan