. UZS

Centrum Air Asterium bilan hamkorlikda kriptoekvayringni yoʻlga qoʻymoqda

Centrum Air Asterium bilan hamkorlikda kriptoekvayringni yoʻlga qoʻymoqda

13 Iyul, 2026

Centrum Air aviakompaniyasi oʻz rasmiy saytida Asterium platformasining innovatsion vositasi – kriptoekvayringni joriy etib, Markaziy Osiyoda bunday texnologik yangilikni taqdim qilgan ilk aviatashuvchiga aylandi va mintaqadagi texnologik yetakchilik maqomini mustahkamladi.


Ushbu yechim yoʻlovchilar uchun moliyaviy imkoniyatlarning mutlaqo yangi darajasini ochadi hamda odatiy toʻlov vositalari qatorini ilgʻor kriptotexnologiyalar hisobiga kengaytiradi.


Asterium kriptoekvayring tizimining integratsiyalashuvi anʼanaviy moliya va kriptoaktivlar oʻrtasidagi toʻsiqlarni butunlay yoʻq qilishga xizmat qildi. Natijada aviachiptalarni sotib olish jarayoni maksimal darajada soddalashtirildi va uzluksiz koʻrinishga keltirildi.


Aviakompaniyaning rasmiy saytida oddiy reysga band qilinganda (bron qilinganda), yoʻlovchi hisob-kitob birligi sifatida milliy valyuta (UZS)ni tanlaydi. Tranzaksiya Asterium kriptohamyoni orqali tasdiqlanganda, tizim zudlik bilan (orqa fonda) foydalanuvchining kriptoaktivlarini sotadi. Shundan soʻng mablagʻlar Centrum Air bank hisobraqamiga toʻgʻridan toʻgʻri va hech qanday kechikishlarsiz milliy valyutada kelib tushadi.


Sahifadagi integratsiyadan tashqari, ushbu hamkorlik Asterium kriptokartalari egalari uchun ham yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Mazkur fintex-yechimlar ham milliy Humo toʻlov tizimi, ham Visa va Mastercard kabi yirik xalqaro gigantlar bilan sinergiyada (oʻzaro uygʻunlikda) ishlaydi.


Chiptalarni centrum-air.com rasmiy saytida band qilish mumkin.




Barcha so'nggi yangiliklar bilan tanish bo'lish uchun bizning Instagram sahifamizga obuna bo'ling.

Boshqa yangiliklar:

Centrum Holding ta’sischisi Abdulaziz Abdurahmanov «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi

Centrum Holding ta’sischisi Abdulaziz Abdurahmanov «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Centrum Air va My Freighter aviakompaniyalarini o‘z ichiga oluvchi Centrum Holding transport-logistika kompaniyasi ta’sischisi Abdulaziz Abdurahmanovni davlat mukofoti — «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi.Ushbu yuksak mukofot Abdulaziz Abdurahmanovning O‘zbekiston Respublikasida aviatsiya, logistika, xalqaro transport aloqalari va iqtisodiyotni rivojlantirishga qo‘shgan hissasining e’tirofi bo‘ldi. A. Abdurahmanov rahbarligida Centrum Holding bir necha yil ichida Markaziy Osiyodagi eng yirik xususiy transport-logistika guruhlaridan biriga aylandi. Bugungi kunda holding tarkibiga Centrum Air yo‘lovchi aviakompaniyasi, My Freighter yuk aviakompaniyasi, shuningdek, logistika, turizm va multimodal tashuvlar sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar kiradi.So‘nggi yillarda Centrum Air yo‘nalishlar tarmog‘ini faol kengaytirib, yangi xalqaro yo‘nalishlarni ochgan holda O‘zbekistondagi eng yirik xususiy aviakompaniyaga aylandi. My Freighter ham xalqaro yuk tashish yo‘nalishlari va zamonaviy logistika yechimlarini rivojlantirib, Markaziy Osiyodagi eng yirik yuk aviakompaniyasi sifatidagi mavqeini mustahkamladi.«Men uchun bu mukofot nafaqat katta sharaf, balki oldinga intilishda davom etish uchun kuchli rag‘bat hamdir. Centrum Holding jamoasi bilan birgalikda O‘zbekiston aviatsiyasi, logistikasi va transport infratuzilmasini rivojlantirish, mamlakatimizning xalqaro integratsiyasini mustahkamlash hamda o‘sish uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lida ishlashda davom etamiz», — deya ta’kidladi Abdulaziz Abdurahmanov.

19 Avgust, 2026

Centrum Air iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlaydi: farg‘onalik Harvard talabasi uchun aviachiptalar

Centrum Air iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlaydi: farg‘onalik Harvard talabasi uchun aviachiptalar

Centrum Air aviakompaniyasi O‘zbekistonning iqtidorli yoshlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Kompaniya nufuzli Harvard universitetining biologiya fakultetiga o‘qishga kirgan farg‘onalik Dilafruz Sobirovani butun o‘qish davri davomida yiliga ikki marta aviachiptalar bilan ta’minlaydi.Dilafruz — Farg‘ona Prezident maktabi bitiruvchisi. U dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biriga o‘qishga kirish uchun IELTS va SAT xalqaro imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdi, A Level dasturini tamomladi, motivatsion esse yozdi va tanlov suhbatidan o‘tdi.Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash Centrum Air uchun shunchaki korporativ mas’uliyat emas, balki mamlakatimiz kelajagiga kiritilgan sarmoyadir. Biz ta’lim va iste’dodlarni rivojlantirish jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri ekaniga ishonamiz.Dilafruzning muvaffaqiyati qat’iyat, mehnat va bilim dunyoning eng yaxshi universitetlari eshiklarini ochishi mumkinligining yorqin namunasidir. Bunday talabalarni qo‘llab-quvvatlashni sharaf deb bilamiz, chunki ular — kelajak yetakchilari, olim va innovatorlari.Centrum Air dunyoning yetakchi universitetlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Har bir iste’dod o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga loyiq.

17 Avgust, 2026

Centrum Air uchta yangi yo‘nalishni ochadi: Yekaterinburg, Ufa va Perm

Centrum Air uchta yangi yo‘nalishni ochadi: Yekaterinburg, Ufa va Perm

Centrum Air aviakompaniyasi o‘z yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirmoqda va uchta yangi yo‘nalish — Yekaterinburg, Perm va Ufaga muntazam yo‘lovchi reyslari yo‘lga qo‘yilishini e’lon qiladi. Ushbu yo‘nalishlar O‘zbekistondan yo‘lovchilarga Ural va Volgabo‘yining sanoat hamda madaniy markazlariga tez va qulay yetib borish imkonini beradi.Toshkent–Yekaterinburg yo‘nalishidagi reyslar 2026-yil 4-sentyabrdan boshlanadi va haftasiga bir marta — juma kunlari amalga oshiriladi. Bir tomonga aviachiptalar narxi 1,8 mln so‘mdan boshlanadi.Yekaterinburg — Rossiyaning aholisi soni bo‘yicha to‘rtinchi yirik shahri, Uralning sanoat, biznes va madaniyat markazi. Shahar boy madaniy merosi bilan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi: bu yerda mashhur Ermitaj muzeyi filiali, qiziqarli muzeylar, jahon darajasidagi teatrlar mavjud, shuningdek, muntazam ravishda yirik festival va ko‘rgazmalar o‘tkaziladi.Ufaga reyslar 2026-yil 3-sentyabrdan boshlanadi va haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Toshkent–Ufa yo‘nalishidagi aviachiptalar 2,3 mln so‘mdan sotuvga chiqarilgan.Ufa — Boshqirdiston Respublikasi poytaxti va Volgabo‘yining yirik madaniy markazlaridan biri. Go‘zal Belaya daryosi bo‘yida joylashgan shahar boy tarixi va ko‘p millatli muhiti bilan sayohatchilarni o‘ziga jalb qiladi. Shahar an’anaviy boshqird madaniyatini asrab-avaylash markazi bo‘lib, butun Rossiyada e’tirof etilgan o‘ziga xos boshqird milliy taomlari bilan ham mashhur.Centrum Air, shuningdek, Toshkent–Perm yo‘nalishi ochilishini e’lon qiladi. Reyslar 7-sentyabrdan boshlanib, haftasiga bir marta — dushanba kunlari amalga oshiriladi. Bir tomonga aviachiptalar narxi 2,7 mln so‘mdan boshlanadi.Perm — Kama daryosining go‘zal sohillarida joylashgan Uralning yirik madaniy markazi. Shahar jo‘shqin madaniy hayoti va ijodiy muhiti bilan sayohatchilarni o‘ziga jalb qiladi. Shaharning tarixi, boy madaniy merosi va me’moriy yodgorliklari tarix va madaniyat ixlosmandlarida katta qiziqish uyg‘otadi.Barcha yangi yo‘nalishlardagi reyslar yuqori darajadagi qulaylik va xavfsizlik standartlarini ta’minlaydigan zamonaviy va ishonchli Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Muntazam parvozlar jadvali yo‘lovchilarga xizmat safari yoki sayohat maqsadlaridan kelib chiqib safarlarini qulay rejalashtirish imkonini beradi.Yekaterinburg, Perm va Ufaga reyslarning yo‘lga qo‘yilishi Centrum Air’ning O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aviaqatnovlarni yanada rivojlantirish strategiyasining bir qismidir. Yangi yo‘nalishlar ishbilarmon yo‘lovchilar, sayyohlar va boshqa safar qiluvchilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratib, savdo-sotiq, madaniy almashinuv hamda hududlararo aloqalarning rivojlanishiga xizmat qiladi.Yo‘lovchilar barcha yangi yo‘nalishlar uchun aviachiptalarni Centrum Air rasmiy sayti yoki mobil ilovasi (App store va Google Play’da mavjud) orqali xarid qilishlari mumkin.

14 Avgust, 2026

Centrum Air ilovasida
tarif narxidan 5% chegirma

App StoreGoogle Play Store
App screenshot
Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari