. UZS

Centrum Air eng ommabop xalqaro yo‘nalishlardan biri bo‘yicha biznes-klass o‘rinlariga maxsus taklifni taqdim etadi. 2026-yil 27-iyundan 31-iyulgacha yo‘lovchilar biznes-klass aviachiptalarini 35% chegirma bilan — 6 200 000 so‘mdan boshlab sotib olishlari mumkin.
Aksiya har ikki yo‘nalish: Toshkent – Istanbul va Istanbul – Toshkent reyslariga tatbiq etiladi. Maxsus tarif iyul oyi davomida amal qiladi, 3-iyul kungi reys bundan mustasno.
Istanbul – Toshkent yo‘nalishida parvoz qilayotgan yo‘lovchilar uchun alohida qulaylik ham taqdim etilgan. Biznes tarifiga har biri 32 kg gacha bo‘lgan 3 ta bagaj o‘rni kiradi. Bu uzoq safardan qaytayotgan yoki ko‘p yuk bilan sayohat qilayotgan yo‘lovchilar uchun katta afzallikdir.
Mazkur yo‘nalishdagi Centrum Air biznes-klassi parvozning ilk daqiqalaridanoq yuqori darajadagi qulaylik va xizmatni taqdim etadi. Shu bois ushbu taklif xizmat sifatini qadrlaydigan ishbilarmon yo‘lovchilari hamda sayyohlar uchun ayniqsa jozibador hisoblanadi.
Maxsus tarif bo‘yicha chiptalarni mobil ilova hamda Centrum Air rasmiy saytidan xarid qilish mumkin.
Taklif 2026-yil 27-iyundan 31-iyulgacha bo‘lgan reyslarga amal qiladi, 3-iyuldagi reys bundan mustasno. Maxsus tarifdagi joylar soni cheklangan.

Centrum Air o‘zining eng shov-shuvli promoaksiyalaridan biri — “chipta ovi” qaytayotganini e'lon qiladi. Bu gal yo‘lovchilarni istalgan yo‘nalish bo‘yicha, jumladan, ommabop xalqaro marshrutlar uchun 12 000 so‘mdan 100 ta aviachipta kutmoqda.2026-yil 5-iyul kuni aviakompaniyaning mobil ilovasida 100 ta 12 000 so‘mlik aviachipta “yashiriladi” — yo‘nalish bo‘yicha cheklovlarsiz. Yo‘nalishlar orasida — Maldiv orollari, Phuket, Moskva, Dubay va boshqalar ham bor. Chiptalar birinchi bo‘lib topgan va band qilgan yo‘lovchilarga nasib etadi.Aksiyada qatnashish juda oson: foydalanuvchi mobil ilovani (App store yoki Google Play) o‘rnatishi, istalgan yo‘nalish va sanani tanlashi hamda 12 000 so‘m narxni topsa, xaridni darhol yakunlashi kerak. Qidiruv urinishlari soni cheklanmagan.Aksiya 2026-yil 5-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 dan 23:59 gacha davom etadi. 12 000 so‘mlik aviachiptalar 2026-yil 30-noyabrgacha bo‘lgan reyslar uchun amal qiladi.6-iyul kuni Centrum Air “omadli chiptalar” qaysi yo‘nalishlarga yashirilganini e’lon qiladi.Diqqat! Aksiya qoidalari bilan bu yerda tanishing.
3 Iyul, 2026

2026-yil 21-iyun kuni Centrum Air aviakompaniyasi quvonchli voqea — M.V. Lomonosov nomidagi Domodedovo xalqaro aeroportiga muntazam parvozlar boshlanganining roppa-rosa bir yilligini nishonladi. Ushbu davr mobaynida ikki tomon hamkorligining mustahkam strategik ittifoqqa aylangani erishilgan natijalarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda: 600 dan ortiq amalga oshirilgan reyslar va 100 000 dan ziyod mamnun yo‘lovchilar.Centrum Air aviakompaniyasi Domodedovo aeroportidagi faoliyatining birinchi kunidanoq Moskvani O‘zbekiston Respublikasining asosiy hududlari bilan bog‘ladi. Parvozlar mamlakatimizning Samarqand, Urganch, Farg‘ona, Nukus va boshqa shaharlaridan amalga oshirilib, ikki davlat o‘rtasida qulay hamda shinam havo qatnovini ta’minladi. Aviakompaniyaning ushbu yo‘nalishlardagi muntazam ishtiroki yo‘lovchilarga xizmat safarlari, sayohatlar va yaqinlari bilan uchrashuvlar uchun ishonchli hamda barqaror marshrutga ega bo‘lish imkonini berdi.12 oylik qo‘shma faoliyat davomida Centrum Air va Domodedovo aeroporti salmoqli natijalarga erishdi:· Har ikki yo‘nalishda 600 dan ortiq reyslar amalga oshirildi — bu yuqori operatsion ishonchlilik va intizomning yaqqol namunasidir.· 100 000 dan ziyod yo‘lovchilar o‘z vaqti, qulayligi va xavfsizligini bizga ishongan holda aviakompaniyamiz xizmatlaridan foydalandilar.· O‘zbekistonning bir nechta shaharlari Rossiyaning eng yirik aviatsiya xablaridan biriga qulay transport imkoniyatiga ega bo‘ldi.Centrum Air aviakompaniyasi M.V. Lomonosov nomidagi Domodedovo xalqaro aeroportining butun jamoasiga professionallik, ochiqlik va doimiy yuqori darajadagi hamkorlik uchun samimiy va chuqur minnatdorchilik bildiradi. Aeroport yerusti xizmatlarining ahil va samarali mehnati tufayli parvozlarning uzluksiz bajarilishini, xavfsizlik standartlariga rioya etilishini hamda yo‘lovchilarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlashga muvaffaq bo‘ldik.Centrum Air erishilgan natijalarni saqlab qolish bilan birga, yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish, parvozlar chastotasini oshirish va har bir yo‘lovchi uchun xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashni maqsad qilgan. Domodedovo aeroporti bilan qo‘shma faoliyatimiz yangi ufqlarni ochib berishiga hamda kelgusi yillarda yanada ulkan natijalarga erishish uchun asos bo‘lishiga ishonamiz.
20 Iyun, 2026

17-iyun kuni Centrum Air Toshkent — Krasnodar yo‘nalishi bo‘yicha ilk reysni amalga oshirdi. Yangi yo‘nalish aviakompaniya marshrutlar tarmog‘ini rivojlantirishdagi muhim qadam bo‘lib, O‘zbekiston va Rossiyaning janubidagi eng yirik shaharlardan biri o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.Krasnodar aeroportida ilk reys yangi yo‘nalish boshlanishining ramzi sifatida aviatsiyaning eng yaxshi an’analari — tantanali suv arkasi, shuningdek mehmonlar uchun esdalik sovg‘alari va shirinliklar bilan kutib olindi.Reyslar chorshanba kunlari qulay Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.Krasnodar jadal rivojlanayotgan shahar bo‘lib, Forbes tomonidan uch marta Rossiyada biznes yuritish uchun eng yaxshi shahar deb e’tirof etilgan. U ishbilarmonlar va sayyohlar uchun birdek qiziqarli: bu yerda mashhur Galitskiy bog‘i joylashgan, Qora dengiz va Azov dengizi sohillarigacha esa yuz kilometrdan sal ko‘proq masofa bor.Aviachiptalar narxi bir tomonga 1 600 000 so‘mdan boshlanadi.Chiptalarni quyidagi manzillardan xarid qilish mumkin: – rasmiy centrum-air.com sayti– Centrum Air mobil ilovasi (App Store va Google Play)
16 Iyun, 2026
© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan