. UZS

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Centrum Air aviakompaniya xodimlarining farzandlari uchun o‘z eshiklarini ochdi. Ushbu kun jajji mehmonlar va ularning ota-onalari uchun haqiqiy bayramga aylandi.
Bolajonlar uchun maxsus dastur tayyorlandi, aviakompaniya bosh direktori va asoschisi Abdulaziz Abdurahmonov esa bolalarni shaxsan tabriklab, ularga sovg‘alar topshirdi. Tadbir samimiy va do‘stona muhitda o‘tib, bolajonlarga olam-olam quvonch va unutilmas taassurotlar ulashdi.
Ularning ko‘pchiligi uchun bu erda bo‘lish, ota-onalarining ish joyini ko‘rish hamda ularning har kungi faoliyati bilan yaqindan tanishish uchun birinchi imkoniyat bo‘ldi.
Xodimlar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash Centrum Air korporativ madaniyatining muhim qismidir. Kompaniya nafaqat professional yutuqlar, balki oilaviy qadriyatlar ham yuksak qadrlanadigan qulay va mehmondo‘st muhit yaratishga intiladi.
Centrum Air barcha bolajonlarni va ota-onalarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklab, ularga baxtli bolalik, yorqin taassurotlar va eng ezgu tilaklar ro‘yobini tilab qoladi.

13-iyun kuni Centrum Air aviakompaniyasi Toshkent – Qoʻstanay yoʻnalishi boʻyicha ilk reysni amalga oshirdi. Yangi yoʻnalish ochilishi munosabati bilan aeroportda tantanali tadbir tashkil etildi: samolyot an’anaviy suv arkasi bilan kutib olindi, birinchi reys yoʻlovchilariga esa aviakompaniya tomonidan esdalik sovgʻalari va shirinliklar taqdim etildi.Qoʻstanay Centrum Air’ning Qozogʻistondagi beshinchi yoʻnalishiga aylandi va bu aviakompaniyaning ikki mamlakat oʻrtasidagi transport hamda turizm aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan strategiyasini yaqqol aks ettiradi.Reyslar har hafta shanba kunlari qulay Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.Chiptalar narxi ikki tomonga 1 883 819 soʻmdan boshlanadi.Chiptalar centrum-air.com saytida
12 Iyun, 2026

Centrum Air yo‘lovchilari endilikda aviachiptalar uchun toʻlovlarni Apple Pay va Google Pay orqali amalga oshirishlari mumkin — har ikki xizmat aviakompaniya rasmiy saytida allaqachon ishga tushirildi.Yangi to‘lov usuli karta ma’lumotlarini qo‘lda kiritishni talab qilmaydi: tranzaksiya qurilmaning ichki xavfsizlik mexanizmlari yordamida bitta tugmacha orqali tasdiqlanadi. Bu esa bron qilish jarayonini, ayniqsa mobil telefon orqali, yanada tez va qulay qiladi.Apple Pay va Google Pay xizmatlarining joriy etilishi Centrum Air’ning yo‘lovchilar uchun raqamli xizmatlarni kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi qadami bo‘ldi.Bundan tashqari, aviakompaniya saytida endi korporativ kartalar orqali to‘lov qilish imkoniyati ham mavjud. Bu xizmat safari bilan parvoz qiluvchilar va xodimlariga aviachipta xarid qiluvchi kompaniyalar uchun qulay yechim hisoblanadi.Chiptalarni centrum-air.com rasmiy sayti orqali bron qilish mumkin.
11 Iyun, 2026

Centrum Air aviakompaniyasi yangi yo‘nalishni ochmoqda: 17-iyundan boshlab Toshkentdan Krasnodarga muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Parvozlar chorshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.Krasnodar Rossiyaning Janubiy federal okrugidagi eng yirik iqtisodiy va madaniy markazlardan biri bo‘lib, Forbes jurnali tomonidan uch marta mamlakatda biznes yuritish uchun eng yaxshi shahar deb topilgan. Shahar ishbilarmonlar uchun ham, sayyohlar uchun ham jozibador: bu yerda Rossiyaning eng chiroyli bog‘laridan biri bo‘lgan Galitskiy bog‘i joylashgan, Qora va Azov dengizlari sohillarigacha esa atigi yuz kilometrdan sal ko‘proq masofa bor.Yangi yo‘nalish bo‘yicha chiptalar bir tomonga 1 600 000 so‘mdan boshlab sotuvga chiqarilgan.Ularni centrum-air.com rasmiy sayti, shuningdek, Centrum Air mobil ilovasi (App Store va Google Play) orqali xarid qilish mumkin.
11 Iyun, 2026
© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan