. UZS

2026-yil 24-iyul kuni Centrum Air ajoyib sana — Sochi xalqaro aeroportiga muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yilganiga roppa-rosa bir yil to‘lganini nishonladi. Shu davr mobaynida ikki tomon hamkorligi mustahkam strategik sheriklikka aylandi. Natijalar buning yaqqol isboti: 200 dan ortiq amalga oshirilgan reys va 30 mingdan ziyod tashilgan yo‘lovchi.
Sochi aeroportidagi faoliyatining ilk kunidan boshlab Centrum Air Rossiyaning mashhur kurort shahrini O‘zbekiston poytaxti Toshkent bilan bog‘ladi. Mazkur reyslar ikki davlat o‘rtasida qulay va ishonchli havo qatnovini ta’minlab, xizmat safarlari, sayohatlar hamda yaqinlar bilan uchrashuvlar uchun barqaror yo‘nalishga aylandi. Toshkent va Sochi o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov O‘zbekiston sayyohlariga Krasnodar o‘lkasining mashhur kurortlarini ziyorat qilish, rossiyalik mehmonlarga esa O‘zbekistonning boy madaniyati va tarixini yaqindan kashf etish imkonini yaratdi.

12 oylik hamkorlik yakunlari:
Toshkent va Sochi o‘rtasida 200 dan ortiq reys muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu aviakompaniyaning yuqori operatsion ishonchliligi va qat’iy intizomini tasdiqlaydi.
30 mingdan ortiq yo‘lovchi Centrum Air xizmatlarini tanlab, o‘z vaqti, qulayligi va xavfsizliklarini bizga ishonib topshirdi.
Ikki davlat o‘rtasida turizm va biznes aloqalarini mustahkamlaydigan barqaror hamda qulay havo qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Centrum Air Sochi xalqaro aeroporti jamoasiga professional yondashuvi, ochiq hamkorligi va doimo yuqori darajadagi o‘zaro hamjihatligi uchun samimiy minnatdorlik bildiradi. Aeroportning yer usti xizmatlari jamoasi bilan uyg‘un va samarali hamkorlik tufayli reyslarning uzluksiz bajarilishi, xavfsizlik standartlariga rioya etilishi hamda yo‘lovchilarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish ta’minlandi.

Sochi aeroporti bilan hamkorlik kelgusida yanada keng imkoniyatlar ochishiga va oldimizga qo‘yilgan yanada ulkan maqsadlarga erishishda mustahkam poydevor bo‘lishiga ishonamiz.

Aviakompaniya Uralning yirik sanoat markaziga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ygan holda parvozlar geografiyasini yanada kengaytirdiCentrum Air aviakompaniyasi Toshkentdan Permga ilk tijorat reysini muvaffaqiyatli amalga oshirib, yo‘lovchilar uchun yangi yo‘nalishni ochdi.Kama daryosi bo‘yida joylashgan Perm Rossiyaning muhim sanoat va madaniyat markazlaridan biridir. Shahar xizmat safari bilan keluvchilar uchun ham, Uralning tarixi va diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishishni istagan sayyohlar uchun ham qiziqarli manzil hisoblanadi.Toshkent – Perm yo‘nalishidagi reyslar dushanba kunlari amalga oshiriladi. Qulay parvoz jadvali ham ishbilarmonlik, ham sayyohlik maqsadidagi safarlar uchun mos keladi. Aviachiptalarning minimal narxi 2,1 mln so‘mdan boshlanadi.Centrum Air mobil ilovasi orqali bron qilinganda tarifga 5% chegirma taqdim etiladi. Ilovani iOS uchun App Store va Android uchun Google Play platformalaridan yuklab olish mumkin.Toshkent – Perm yo‘nalishining ochilishi Centrum Air’ning parvozlar geografiyasini kengaytirish va yangi hududlarga hamyonbop aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish strategiyasining davomi hisoblanadi. Aviakompaniya yo‘lovchilarga o‘z ehtiyojlari va budjetiga mos xizmatlar to‘plamini shakllantirish imkonini yaratib, aviaqatnovlarni barcha uchun qulay qilish missiyasiga sodiq qolmoqda.Ilk reysning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi Centrum Air jamoasining yuqori operatsion tayyorgarligi va mahoratini tasdiqlaydi.
8 Sentabr, 2026

Maxsus aksiya sentyabr oyi oxirigacha parvoz qilishni rejalashtirayotgan sayohatchilar uchun amal qiladiCentrum Air aviakompaniyasi maxsus aksiya e’lon qiladi: Centrum Air mobil ilovasi (App Store va Google Play’da mavjud) orqali aviachiptalar xarid qilinganda 15% chegirma taqdim etiladi.Aksiya shartlari:Xarid muddati: 2026-yil 11–12-sentyabrParvozlar davri: 2026-yil 30-sentyabrga qadarMinimal narx: 233 810 so‘mdanAksiya xizmat safari yoki ta’tilga — dengizga, tog‘larga, oila bilan yoki yakka holda sayohat qilish imkonini beradi. Yo‘lovchilar Centrum Air yo‘nalishlar tarmog‘idagi barcha mavjud yo‘nalishlardan birini tanlab, aviachiptalarni sezilarli tejamkorlik bilan bron qilishlari mumkin.Centrum Air mobil ilovasini yuklab oling va aviachiptalarni maksimal foyda bilan bron qiling!Aksiya qoidalari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
8 Sentabr, 2026

Aviakompaniya Toshkent va Janubiy Hindistonning texnologik megapolisini muntazam aviaqatnovlar bilan bog‘laydiCentrum Air aviakompaniyasi 2026-yil 28-sentyabrdan boshlab Toshkent – Haydarobod yangi xalqaro yo‘nalishi ochilishini e’lon qiladi. To‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar zamonaviy Airbus A320neo havo kemalarida haftasiga ikki marta amalga oshiriladi. Haydarobod Dehlidan keyin aviakompaniyaning Hindistondagi ikkinchi yo‘nalishiga aylanadi.Yangi yo‘nalish O‘zbekiston poytaxtini Hindistonning jadal rivojlanayotgan shaharlaridan biri bilan bog‘laydi. Aviachiptaning minimal narxi bir o‘rin uchun 2 mln so‘mdan boshlanadi. Centrum Air mobil ilovasi orqali bron qilishda esa tarifga 5% maxsus chegirma taqdim etiladi (App store va Google Play).Haydarobod zamonaviyligi va innovatsiyalari bilan mashhur — shaharda yirik xalqaro texnologik korporatsiyalarning ko‘plab ofislari joylashgani sababli u ko‘pincha mahalliy «Kremniy vodiysi» deb ham ataladi. Shu bilan birga, megapolis boy tarixiy merosi va o‘ziga xosligini saqlab qolgan.Sayyohlar va ishbilarmonlik maqsadida safar qiluvchilar bu yerda ko‘plab diqqatga sazovor joylarni koʻrishlari mumkin: mahobatli Golkonda qal’asi, noyob eksponatlarga ega Salar Jung muzeyi, shuningdek, Ginnesning rekordlar kitobiga ko‘ra dunyodagi eng yirik kinostudiya — Ramoji Film City.Airbus A320neo samolyotlari zamonaviy qulayliklar bilan yoqimli parvozni ta’minlaydi. Centrum Air aviakompaniyasi har bir yo‘lovchiga o‘z ehtiyojlari va byudjetiga mos keladigan eng maqbul chipta variantini tanlash imkonini beruvchi moslashuvchan xizmatlar tizimini taklif etadi.
7 Sentabr, 2026
© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan