. UZS

Centrum Air aviakompaniyasi O‘zbekiston Basketbol federatsiyasi bilan rasmiy homiy sifatida hamkorlik boshlanganini e’lon qildi. Sportni qoʻllab-quvvatlash kompaniyaning sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va mamlakat yoshlarini rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli barqaror rivojlanish va ijtimoiy masʼuliyat (ESG) strategiyasining bir qismidir.

Centrum Air sport tashabbuslari va faol turmush tarzini ommalashtirishga izchil sarmoya kiritmoqda. Kompaniya uchun bu sport tashkilotlari bilan hamkorlikdagi birinchi tajribasi emas: avval ham aviakompaniya «Andijon» FK homiysi sifatida mintaqaviy futbol va mahalliy hamjamiyatlar rivojini qo‘llab-quvvatlagan edi. Shuningdek, kompaniya 2025-yilda Dubayda bo‘lib o‘tgan V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan va 35 davlat orasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan parapiyodachilarning parvozini ta’minladi. Bugun biz ham milliy darajaga chiqmoqdamiz hamda basketbolni rivojlantirish va yoshlar o‘rtasida faol turmush tarzini ommalashtirishga hissa qo‘shayotganimizdan mamnunmiz.


Federatsiya bilan yangi hamkorlik bu ishlarni milliy darajaga olib chiqadi. Hamkorlik doirasida qo‘shma imij va ijtimoiy loyihalarni, shuningdek, muxlislar hamda yo‘lovchilar orasida sportni targ‘ib qilishga qaratilgan maxsus tashabbuslarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Xususan, yaqinda Centrum Air taniqli fotosuratchi Gio Kardava muallifligida milliy terma jamoa basketbolchilari ishtirokida imij fotosessiyasi tashkil etildi.
Centrum Air uchun sportni qo‘llab-quvvatlash — bu mamlakat kelajagi, iqtidorlarni rivojlantirish va kuchli, hamjihat jamiyatni shakllantirishga qo‘shilgan hissadir.


Centrum Air aviakompaniyasi ayrim xalqaro yoʻnalishlarda yoqilgʻi yigʻimlariga tuzatishlar kiritilganini maʼlum qiladi. Mazkur qaror jahon bozorlarida aviatsiya yoqilgʻisi narxining sezilarli darajada oshishi munosabati bilan qabul qilindi.Oʻzgarishlar yoqilgʻi narxining dinamikasi operatsion xarajatlarga eng koʻp taʼsir koʻrsatgan bir qator muntazam yoʻnalishlarga tegishlidir. Yoqilgʻi yigʻimining korreksiyalanishi ortib borayotgan xarajatlarni qisman qoplash va parvozlar dasturining barqaror bajarilishini taʼminlashga qaratilgan.Shu bilan birga, aviachiptalarning bazaviy tariflari raqobatbardoshligicha qoladi, kiritilgan oʻzgarishlar esa cheklangan xarakterga ega boʻlib, faqat ayrim belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha qoʻllaniladi. Aviakompaniya xarajatlarni optimallashtirish va yoʻlovchilar uchun tashuvlar narxiga tashqi omillar taʼsirini minimallashtirish choralarini koʻrmoqda.Centrum Air taʼkidlashicha, ushbu qaror parvozlar jadvali barqarorligini saqlash, parvozlar xavfsizligining yuqori darajasini qoʻllab-quvvatlash va aviatsiya yoqilgʻisi narxlari oʻzgaruvchan boʻlgan sharoitda operatsion faoliyat uzluksizligini taʼminlash imkonini beradi.
3 Aprel, 2026

Centrum Air aviakompaniyasi 30-mart kuni Toshkent – Frankfurt yo‘nalishi bo‘yicha ilk muntazam parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirib, rasman o‘zining birinchi Yevropa yo‘nalishini ochdi. Reysning yo‘lga qo‘yilishi aviakompaniyaning xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish va Yevropa bozoriga chiqishida muhim bosqich bo‘ldi.Birinchi reys munosabati bilan aeroportda yo‘lovchilarni tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi: mehmonlar bayramona bezaklar, tort va shirinliklar bilan qarshi olindi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir yangi yo‘nalishning ahamiyatini ta’kidladi. Inauguratsiya marosimida O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayndagi Bosh konsuli Miranshoh Raupov, Fraport vakili – aviakompaniyalar bilan ishlash bo‘limi rahbari Kristina Morat, Swissport vakili Hikmet Karakelle, Sky Line Air Services – GSA Centrum Air vakili Mohamed Bayoumi, shuningdek, Centrum Air mintaqaviy vakolatxonalari va xorijiy idoralari koordinatori O‘tkur Alimov ishtirok etdi.Toshkent va Frankfurt o‘rtasidagi parvozlar haftasiga ikki marta zamonaviy Airbus A321neo havo kemalarida amalga oshiriladi. Yangi yo‘nalish O‘zbekiston va Yevropa o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlab, ishbilarmonlik va turistik safarlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
3 Aprel, 2026

31-mart kuni Centrum Air aviakompaniyasi yo‘nalishlar tarmog‘ining asosiy nuqtalaridan biri bo‘lgan Toshkent – Moskva (Sheremetyevo) yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar amalga oshirilishining bir yilligini nishonlamoqda.Parvozlar yo‘lga qo‘yilgan vaqtdan boshlab ushbu reys shunchaki muntazam aviayo‘nalish emas, balki O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi shaharlar, oilalar va ishbilarmonlik aloqalarini bog‘lovchi mustahkam havo ko‘priziga ham aylandi.Faoliyatning birinchi yili davomida aviakompaniya Sheremetyevoga 296 ta reys va 296 ta ortga qaytish parvozini amalga oshirib, parvozlar barqarorligi va muntazamligini ta’minladi. Yo‘nalish bo‘yicha umumiy yo‘lovchi oqimi har ikki tomonga 106 780 kishini tashkil etdi, osmondagi umumiy vaqt esa 2 678 soatga yetdi. Mazkur yo‘nalish yil davomida yuqori talabni saqlab qolib, ikki davlat o‘rtasidagi shaxsiy va xizmat safarlari uchun muhimligini tasdiqladi.Yil davomida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi. Yo‘nalishda Sheremetyevo aeroportida onlayn ro‘yxatdan o‘tish joriy etildi, qo‘shimcha bagaj sotib olish imkoniyatlari kengaytirildi, uy hayvonlarini tashish imkoniyati yaratildi, shuningdek, ustuvor ro‘yxatdan o‘tish (priority check-in) xizmati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur shart-sharoitlar Sheremetyevo aeroporti xizmatlari bilan samarali hamkorlik natijasida yaratildi va aviakompaniya bu qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildiradi.Bundan tashqari, bortdagi servis ham kengaytirildi. Yo‘lovchilar uchun chipta sotib olish jarayonida maxsus taomlarni tanlash (9 xil turdagi) imkoniyati yaratildi, shuningdek, parvoz vaqtida film ko‘rish, yangiliklar va jurnallar o‘qish, gazak va ichimliklar xarid qilish imkonini beruvchi tizim joriy etildi.Birinchi yil yakunlariga ko‘ra, mazkur yo‘nalish barqaror yo‘lovchi oqimini namoyon etib, Centrum Air xalqaro tarmog‘ining muhim qismiga aylandi.Aviakompaniya xizmat ko‘rsatish sifati, reyslar muntazamligi va yo‘lovchilar uchun imkoniyatlarni kengaytirishga ustuvor ahamiyat bergan holda yo‘nalishni yanada rivojlantirishda davom etmoqda.
31 Mart, 2026
© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan