. UZS

31-mart kuni Centrum Air aviakompaniyasi yo‘nalishlar tarmog‘ining asosiy nuqtalaridan biri bo‘lgan Toshkent – Moskva (Sheremetyevo) yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar amalga oshirilishining bir yilligini nishonlamoqda.
Parvozlar yo‘lga qo‘yilgan vaqtdan boshlab ushbu reys shunchaki muntazam aviayo‘nalish emas, balki O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi shaharlar, oilalar va ishbilarmonlik aloqalarini bog‘lovchi mustahkam havo ko‘priziga ham aylandi.
Faoliyatning birinchi yili davomida aviakompaniya Sheremetyevoga 296 ta reys va 296 ta ortga qaytish parvozini amalga oshirib, parvozlar barqarorligi va muntazamligini ta’minladi. Yo‘nalish bo‘yicha umumiy yo‘lovchi oqimi har ikki tomonga 106 780 kishini tashkil etdi, osmondagi umumiy vaqt esa 2 678 soatga yetdi. Mazkur yo‘nalish yil davomida yuqori talabni saqlab qolib, ikki davlat o‘rtasidagi shaxsiy va xizmat safarlari uchun muhimligini tasdiqladi.
Yil davomida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi. Yo‘nalishda Sheremetyevo aeroportida onlayn ro‘yxatdan o‘tish joriy etildi, qo‘shimcha bagaj sotib olish imkoniyatlari kengaytirildi, uy hayvonlarini tashish imkoniyati yaratildi, shuningdek, ustuvor ro‘yxatdan o‘tish (priority check-in) xizmati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur shart-sharoitlar Sheremetyevo aeroporti xizmatlari bilan samarali hamkorlik natijasida yaratildi va aviakompaniya bu qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildiradi.
Bundan tashqari, bortdagi servis ham kengaytirildi. Yo‘lovchilar uchun chipta sotib olish jarayonida maxsus taomlarni tanlash (9 xil turdagi) imkoniyati yaratildi, shuningdek, parvoz vaqtida film ko‘rish, yangiliklar va jurnallar o‘qish, gazak va ichimliklar xarid qilish imkonini beruvchi tizim joriy etildi.
Birinchi yil yakunlariga ko‘ra, mazkur yo‘nalish barqaror yo‘lovchi oqimini namoyon etib, Centrum Air xalqaro tarmog‘ining muhim qismiga aylandi.
Aviakompaniya xizmat ko‘rsatish sifati, reyslar muntazamligi va yo‘lovchilar uchun imkoniyatlarni kengaytirishga ustuvor ahamiyat bergan holda yo‘nalishni yanada rivojlantirishda davom etmoqda.

Centrum Air aviakompaniyasi ikkita mashhur yo‘nalish: Toshkent – Bangkok va Toshkent – Phuket bo‘yicha aviachiptalarga maxsus aksiya boshlanganini e’lon qiladi.Aksiya shartlari:Toshkent – Bangkok va Toshkent – Phuket yo‘nalishlarida barcha yo‘lovchilar uchun aviachiptalarga 25% chegirma amal qiladi.2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan yosh sayohatchilar uchun esa kengaytirilgan – 45% gacha chegirma taqdim etiladi.Chegirmalar ham bir tomonga, ham borish-kelish chiptalariga amal qiladi.Aksiya muddati:– Chiptalarni sotib olish davri: 2026-yil 11 – 31-may.– Parvoz qilish davri: 2026-yil 11-maydan 31-iyulgacha.Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida sotib olishingiz mumkin: centrum-air.com
13 May, 2026

Pokistonning yirik sayyohlik agentliklari vakillari, yetakchi kompaniya raislari va bosh direktorlari Centrum Air aviakompaniyasining Toshkentdagi idorasiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad — hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish hamda Pokistondan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini ko‘paytirishdan iborat.Pokiston delegatsiyasiga KPK sayyohlik agentliklari uyushmasi raisi janob Abid Ud Din boshchilik qildi. Uchrashuv davomida tomonlar Centrum Air yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirish, Toshkent orqali qulay tranzit reyslarini yo‘lga qo‘yish hamda ikki davlat o‘rtasidagi sayyohlik aloqalarini yanada mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qildilar.Pokiston fuqarolarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganiga alohida e’tibor qaratildi. Boy madaniy meros, tarixiy shaharlar va an’anaviy mehmondo‘stlik tufayli O‘zbekiston mintaqadagi eng jozibador sayyohlik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, tomonlar turizmning alohida yo‘nalishlari: ayollar guruhlari, ziyorat turizmi, oilaviy va madaniy-ma’rifiy sayohatlarni rivojlantirish masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.Eslatib o‘tamiz, Centrum Air aviakompaniyasi 2026-yil 21-apreldan buyon Toshkent – Lahor – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirib kelmoqda. Reyslar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari bajarilmoqda.Centrum Air turizm sohasini rivojlantirish va xalqaro aloqalarni kengaytirish, sayyohlik tarmog‘i vakillari bilan sheriklik aloqalarini o‘rnatish hamda sayohatchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga faol hissa qo‘shishda davom etmoqda.
11 May, 2026

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Centrum Air aviakompaniyasining parvoz ekipajlari va xodimlari Toshkentdagi Mustaqillik maydonida joylashgan Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘ydilar.Ushbu sana – tinchlik yo‘lida jon fido qilgan barcha insonlarga bo‘lgan cheksiz hurmat ramzidir. Biz uchun bu xotirani asrab-avaylash va uni kelajak avlodlarga yetkazish g‘oyat muhim.Centrum Air qahramonlar jasoratini qadrlaydi va o‘sha suronli yillarni boshidan kechirgan barcha insonlar oldida ta’zim qiladi.
9 May, 2026
© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan